1-Ma’ruza. Biokimyo va molekulyar biologiya fanining predmeti va vazifasi. Reja


 Biokimyo fanining rivojlanish tarixi


Download 435.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana19.02.2023
Hajmi435.38 Kb.
#1214069
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-MA\'RUZA

1.2. Biokimyo fanining rivojlanish tarixi. 
Biokimiyoning rivojlanish tarixi - bu yerda hayotning paydo bo’lishi 
haqidagi tushunchaning rivojlanish tarixidir. Shuning uchun bioximiya fanidagi ikki 
xil dunyoqarash – materializm hamda idealizmning keskin kurash maydoni bo’ldi. 
Aynan bioximiya inkor qilib bo’lmaydigan dalillar bilan biologiya fanini idealistik 
erinchoqlardan tozaladi. hayotiy faoliyat protsesslariga birinchi bo’lib materialistik 


qarashni asoslab bergan, materiya va energiyaning saqlanish qonunini ochgan ulug’ 
rus olimi M.V.Lomonosov edi. A. Lavuaz’e ishlarida bu qonun amaliy jihatdan 
isbotlandi. 
Keyingi yillarda jahondagi ko‘pgina olimlarning samarali mexnatlari tufayli 
ilmiy kashfiyotlar qilindi, ular biokimyoning rivojlanishiga imkon berdiF. Vyoler 
1828 yili anorganik moddalardan mochevinani olib, organik birikmalarni sun’iy yo’l 
bilan sintez qilish mumkinligini isbotladi. F. Vyolering tekshirish natijalari xilma xil 
organik moddalarni undan keyin sun’iy yo’l bilan olinishiga nazariy asos bo’ldi. 
Masalan, N. I. Zinin anilinni, M. Bertlo yog’larni, A. M. Butlerov uglevodlarni, A. 
Ya. Danilevskiy va Ye. Fisher peptidsimon moddalar va peptidlarni, V. Ingrem 
birinchi oqsil insulin gormonini oldi. 
Keyingi yillarda kimyo, fizika, matematika fanlarining rivojlanishi munosabati bilan 
biokimyo fani rivojlana boshladi. J. Somner va J. Nortrop birinchi bo’lib ureaza va 
pepsin fermentlarini ajratib oldilar. F. Misher nuklein kislotalarni, N. I. Lunin va K. 
Funk vitaminlarni ochdilar. O. Varburg va A. Sent–Dperdi organizmda
energiyaning ajralib chiqish jarayonlari asosini ochdilar. L. Poling va V. Kori sodda 
oqsillarning tuzilishini, J. Uotson va F. Krik yesa DNK tuzilishini aniqladilar. S. 
Ochao, A. KoRNKberg va Ye. Chargaff genetik kodni ochish uchun ko’p ish qildilar 
va o’akozo. 
Fanning ijodkorlari orasida rus olimlaridan A. Ya. Danilevskiy biologik kimyo 
fanining asoschilaridan edi. Uning me’nati tufayli 1862 yilda Qozon universitetida 
birinchi marta tibbiyot kimyosi kafedrasi yaratildi. M. M. Manasseina, K. S. Kirxgof, 
A. I. Lebedev ishlari fermentlar haqidagi ta’limotning asosini tashkil qildi. I. ‘. 
‘avlovning xazm qilishning fermentativ va gumoral mexanizmlari, A. N. Bax va V. I. 
‘alladinning biologik oksidlanish, V. A. Yengel’gardtning muskul qisqarishida ATF 
ning ahamiyati haqidagi ishlari, A. I. Harinning hayotni kelib chiqishiga doir uyg’un 
sistema yaratishi, S. E. Severinning uglevodlar almashinuvini o’rganish, A. E. 
Braunshteynning qayta aminlanish jarayonini kashf yetish bo’yicha asarlari va boshqa 
ko’pgina ishlar bilan biokimyoning shu masalalari yuzasidan jahon olimlari o’rtasida 
birinchi o’rinlarni egallashga sazovor bo’lingan. 


Ko’pgina biokimyoviy olimlar, masalan, S. E. Severin, A. E. Braunshteyn, A. L. 
Harin, V. A. Yengel’gardt, A. V. ‘alladiya, V. N. Orexovich, A. S. Shirin, Yu. N. 
Ovchinnikov va boshqalarning nomi jahonga mashxurdir. 
Biologik kimyo fanining rivojlanishida o’z hissalarini qo’shgan o’zbek 
donishmandlaridan ko’p qirrali bilim shibi Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot shasidagi 
kashfiyotlarida kasalliklar sabablarini aniqlab, ularni bartaraf qilish kerak degan 
fikrni ilgari surganki, bu g’oya hozirgi zamon tibbiyotining asosini tashkil etadi.
Bundan tashqari qandli diabet kasalligida bemorning siydigi shirin bo’lishi, uni 
qaynatganda cho’kma hosil bo’lishini ham ibn Sino kashf qilgan. 
Xivalik tabib Muhammad SHarif Oxun Mahmudxo’ja o’g’li (Mashrif Oxun) 1859 
yilda Qo’shko’pir mavzesining Izgaldi qishlog’ida tug’ilgan, Muhammad Rahimxon 
davrida SHeroziyxon madrasasida tahsil olgan. Mashrif Oxun bemorlarga tashxis 
qo’yib kasalni aniqlashga usta edi. U bosh barmoqning tirnog’iga bosib, kamqonlik 
va sil kasalliklarini aniqlay olgan. Mashrif Oxun teri kasalliklari, pes, sariq kasal
yurak va buyrak kasalliklariga tashhis qo’yib davolagan. 
Kadrlar tayyorlashni yaxshilash va ko’paytirish maqsadida 1931 yilda 
Toshkent Davlat Tibbiyot instituti tashkil etildi. O’tgan davr ichida bu institutni 
minglab shifokorlar bitirib chiqdilar. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, akademik 
Yo. o’. To’raqulov va R. K. Islombekovlar hamkorlikda 1964 yili bo’qoq kasalligini 
radioaktiv yod bilan davolash usulini dunyoda birinchi bo’lib kashf etdilar. Hozir bu 
usul butun dunyo tabobatida keng qo’llanilmoqda. Bu kashfiyot uchun ikkala olim 
ham Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan edilar. 
Kimyo fanlari doktori, professor, O’zbekiston Fanlar akademiyasining 
akademigi, marhum O. S. Sodiqov boshchiligida bir guruh o’zbek olimlari (X. A. 
Aslanov, Yo’ldoshev) va ayni vaqtda O’z RFA «Bioorganik kimyo» instituti 
xodimlari, oqsillar va umuman, tabiiy organik birikmalar kimyosi bilan shug’ullanib 
samarali natijalarga erishganlar. 
O’zbekiston Milliy Universitetida professor O’. N. Musaev boshchiligidagi bir guruh 
olimlar jamoasi jarrohlikda tirik organizm ichki a’zolarini protezlashda keng 


ishlatiladigan tayyor polimer mahsulotlarning tibbiy–biologik xususiyatlarini 
yaxshilash borasida  izlanishlar olib bormoqdalar. 
O’z RFA akademigi S. SH. Rashidova rahbarligida olimlar jamoasi faol polimer 
dorivor moddalarning tibbiy–biologik xossalari hamda biokimyo va gematologik 
jarayonlarga ta’sirini, buyrak, jigar va boshqa hayotiy muhim bo’lgan a’zoga ta’sirini, 
bu moddalarning organizmdagi taqsimotini, organizmdan chiqarib yuborish yo’llari, 
shuningdek bu moddalarni uzoq vaqt qo’llanganda organizmda yig’ilib qolish 
ehtimolligini o’rgandilar. 
Bundan tashqari respublikamizdagi olimlar: T. S. Soatov, M. M. Mahkamova, K. S. 
Kazakov, SH. X. Karimov, A. N. Aripov, B. A. Nurmatov, A. N. Yunusxo’jaev, B. 
O. Toshmuhammedov, M. N. Valixonov va boshqalar biokimyo fanining 
rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shganlar. 
Biokimyo o’simlik va hayvonlarning organ hamda to’qimalarining kimyoviy 
tarkibini, ularning hayot faoliyati asosida yotadigan kimyoviy jarayonlarni 
o’rganadigan fandir. Biokimyo donning unib chiqishidan tortib, oliy nerv faoliyatiga 
qadar bo’lgan hayotning barcha ko’rinishlarini o’rganadi. Organizm bilan tashqi 
mu’it o’rtasida yaqin bog’lanish mavjud. Tashqi mu’it organizmni ozuqa moddalar 
bilan asosiy ta’minlovchidir, u organizmda parchalanib bu jarayon davomida ajralib 
chiquvchi energiya hisobiga hujayra va to’qimalarning qurilishi uchun zarur bo’lgan 
moddalarning manbai bo’lib xizmat qiladi. Biokimyo fani bir necha qismga bo’lib 
o’rganiladi: 

Download 435.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling