Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mazkur darslik tibbiyot oliy o‘quv yurtlari uchun mo‘ljallangan lotin grafikasida birinchi o‘quv adabiyoti bo‘lib, umumamaliyot shifokorlar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’IM VAZIRLIGI R.A. Sobirova, O.A. Abrorov F.X. Inoyatova, A.N.Aripov BIOLOGIK KIMYO O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik sifatida tasdiqlangan Toshkent «Yangi asr avlodi» 2006 A.A. XODJIMETOV, TTA bioorganik va biologik kimyo kafedrasi mudiri,biologiya fanlari doktori, professor R.S. SALIHOV, O‘zR FAga qarashli biokimyo instituti Hujayra biologiyasi laboratoriyasining mudiri. Xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, biologiya fanlari doktori, professor Mazkur darslik tibbiyot oliy o‘quv yurtlari uchun mo‘ljallangan lotin grafikasida birinchi o‘quv adabiyoti bo‘lib, umumamaliyot shifokorlar tayyorlashning zamonaviy konsepsiyasiga tayanilgan va biologik kimyo fanining yangi rejasi asosida yozilgan. Darslikda oqsillar, nuklein kislotalar, karbon suvlar va yog‘larning struktura va funksiyasi to‘g‘risida hamda fanga oid bir qator yangi ma’lumotlar kiritilgan. Biokimyo fanining nazariy va amaliy tibbiyotdagi ahamiyatini e’tiborga olib, darslikda karbon suvlar, yog‘lar, oqsillar va aminokislotalar almashinuvini buzilishida nasliy va orttirilgan kasalliklar asoslari ko‘rib chiqilgan. Darslik sog‘liqni saqlash ta’limi tizimida tahsil olayotgan bakalavr, magistr va aspirantlar, o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, shuningdek, barcha yo‘nalishdagi shifokorlar uchun mo‘ljallangan. ISBN 978-9943-08-010-2 © R.A. Sobirova, O.A. Abrorov, F.X. Inoyatova, A.N. Aripov, «Biologik kimyo». «Yangi asr avlodi», 2006 yil 3 KIRISH Biologik kimyo – tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi moddalarning kimyoviy tabiati, ularning o‘zgarishi, shuningdek, bu jarayonlarni a’zo va to‘qimalar faoliyati bilan bog‘liq holda o‘rganadigan fan. Tahlil etilayotgan obyektga bog‘liq holda, shartli ravishda, odam va hayvon, o‘simliklar mikroorganizmlar biokimyosi va h.k. bo‘limlariga bo‘linadi. Modda almashinuvi va metabolizm – organizmda kechadigan barcha kimyoviy reaksiyalar yig‘indisidir. Ular tirik sistemaning turg‘unligi va o‘z-o‘zini hosil qilishga yo‘naltirilgandir. Hayvonlar organizmi, shuningdek, odam organizmi ovqat mahsulotlari qabul qilishga muhtojdir. Ular suv va mineral komponentlardan tashqari murakkab organik tarkibga ega bo‘lgan oqsil, yog‘, uglevodlarni qabul qilishi kerak. Biologik kimyoning asosiy vazifasi molekulyar darajadagi zaminiy, umumbiologik masalalarni hal etishdan iborat. Insonning ekosistemaga bog‘liqlik muammosini hal etishi, ularni nafaqat bilishi, balki ulardan muhofaza bo‘lishi va foydalana olishi kerak. Biokimyo fani 3 bo‘limdan iborat: 1. Statik biokimyo. 2. Dinamik biokimyo. 3. Funksional biokimyo. Statik biokimyo tirik organizm tarkibiga kiruvchi moddalarning kimyoviy tarkibi va xususiyatlarini o‘rganadi. Bu bo‘limning asosiy masalalari bioorganik kimyo tomonidan o‘rganiladi. Dinamik biokimyo organizmga moddalarning qabul qilinishidan boshlab oxirgi mahsulotlar shaklida chiqarib yuborilishigacha bo‘lgan barcha o‘zgarishlarni tahlil qiladi. Funksional biokimyo a’zo va to‘qima funksiyalariga bog‘liq ravishda, ularda kechadigan kimyoviy jarayonlarni tadqiq qiladi. Biologik kimyoning barcha bo‘limlari o‘zaro uzviy bog‘langan va zamonaviy biokimyoning qismlari hisoblanadi. Agarda ilgari biologik kimyo o‘z ichiga to‘qima, a’zo va butun organizm masalalarini olgan bo‘lsa, hozirda bu fan molekula va submolekulyar tahlillar darajasida o‘rganiladi. Biologik kimyoning yo‘nalishlari quyidagi muammolarni hal etishga qaratilgan bo‘lishi kerak: yuqori organizmlar hujayralarining differensirovkasi, genom faolligining mexanizmi, irsiy kasalliklar rivojlanishining molekulyar asoslari va boshqalar. Tibbiyot institutlarida klinik biokimyo alohida o‘rin tutadi. Bo‘lajak umumamaliyot shifokori patologik jarayon rivojlanishining mexanizmlarini to‘liq o‘zlashtirishi muhim ahamiyatga ega. Turli kasalliklar asosida metabolik jarayonlarning buzilishi yotadi. Sog‘lom organizmda katabolizm va anabolizm jarayonlari uzviy bog‘langan. Bu jarayonlar muvozanatining buzilishi kasallikning rivojlanishiga olib keladi. Masalan, agarda organizmda katabolizm jarayonlari pasaysa, u yoki bu moddalarning to‘planishiga olib keladi va o‘z navbatida to‘planish kasalliklarini rivojlantiradi (glikogenoz, sfingolipidoz va boshqalar). Irsiy kasalliklar alohida o‘rinni egallaydi, chunki ularda, hujayra genetik apparatida u yoki bu moddalar sintez nazoratining buzilishi mavjud. Shuning uchun, bo‘lajak shifokor, tirik organizmda ularning rivojlanish mexanizmini tushunish uchun biokimyoviy jarayonlarni yaxshi bilishi kerak. So‘nggi paytlarda klinik biokimyo jadal rivojlanmoqda, klinik laboratoriyalarda kasalliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lib, tashxis usullari takomillashtirilmoqda. I BOB Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling