Biokimyo pmd


Oqsillarning to‘rtlamchi strukturasi


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Oqsillarning to‘rtlamchi strukturasi
Ba’zi oqsil molekulalari bir necha polipeptid zanjirdan iborat bo‘lib,
ular subbirliklar yoki protomerlar deb nomlanadi. Har bir protomer
o‘ziga xos birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi strukturalariga ega.
Protomerlar va ular qismlarining bir-biriga nisbatan fazoda
joylashuvi oqsil molekulasining to‘rtlamchi strukturasi deb nomlanadi.


28
Ayrim oqsillar to‘rtlamchi strukturasida protomerlar globulyar
ko‘rinishda bo‘ladi.
8-rasm. Gemoglobin modeli (Perutts bo‘ycha) 
α-zanjinlar;
β-zanjinlar qora
Masalan: gemoglobin oqsili molekulasida polipeptid spirallari
vintsimon simmetrik holda birlashgan bo‘ladi (8-rasm).
To‘rtlamchi strukturaga gemoglobin, tamaki virusi oqsili, RNK-
polimeraza, laktatdegidrogenaza, katalaza va boshqalar ega bo‘ladi.
Demak, birgina polipeptid zanjiridan iborat bo‘lgan oqsil molekulasi
to‘rtlamchi strukturaga ega bo‘la olmaydi.
To‘rtlamchi strukturaga ega bo‘lgan oqsil molekulasiga oligomer
oqsil deyiladi. Masalan: gemoglobin molekulasi (M=64500) 4ta
subbirlikdan yoki polipeptid zanjirlaridan tashkil topgan. Bu
polipeptidlarning har biri birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi
strukturaga egadir.
To’rtta polipeptid zanjirining har ikkitasi bir xil birlamchi strukturaga
ega, shuning uchun ikkita 
α va ikkita β -polipeptidlar gemoglobin
molekulasini to’rtlamchi strukturasini hosil qiladi. 
α -polipeptid
zanjirida 141, 
β−polipeptid zanjirida esa 146 ta aminokislotalar qoldig’i
joylashgan. Gemoglobin oqsili globulyar konfiguratsiyada bo’ladi.
Oqsillarning to‘rtlamchi strukturasining hosil bo‘lishi
Turli subbirliklarni o‘zaro tutashib turishini aminokislotalar
qoldiqlarini qutbli guruhlari ta’minlaydi. Qutbli guruhlar orasida ionli,
vodorodli, ayrim vaqtlarda disulfidli bog‘lar hosil bo‘lib, subbirliklar


29
o‘zaro mustahkam bog‘lanadi. Vodorod bog‘ini uzuvchi moddalar
ta’sirida, disulfid bog‘larini qaytaruvchi moddalar ta’sirida
protomerlar dezagregatsiyaga uchraydi va oqsilning to‘rtlamchi
strukturasi buziladi. Oqsil multimerlari (oligomerlari) ko‘pincha juft
sonli protomerlardan tuziladi. (2 dan 4 gacha oz miqdorda, 6 dan 8
gacha, 10, 12 gacha va hk.). Natijada massasi har xil bo‘lgan
molekulalar hosil bo‘lib bir necha ming, hattoki 100000 Dga teng
bo‘ladi.
To‘rtlamchi strukturaga ega bo‘lgan gemoglobin 4 subbirlikdan,
piruvatdegidrogenaza kompleksi 72 subbirlikdan, RNK-polimeraza
5 subbirlikdan, LDG – 4 subbirlikdan iborat bo‘ladi.
Ikkilamchi, uchlamchi va to‘rtlamchi strukturalar birlashib
makrostruktura yoki oqsillarning konformatsiyasi, oqsillarning fazoviy
strukturasini tashkil etadi.

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling