Biokimyo pmd
Oqsillarning denaturatsiyasi. Qaytar va qaytmas denaturatsiya
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Oqsillarning denaturatsiyasi. Qaytar va qaytmas denaturatsiya
Oqsillarni tabiiy xossalarini (eruvchanlik, elektroforez harakati, fermentativ, gormonal, immunofaollik) turli fizik va kimyoviy ta’sirlar natijasida buzilishiga (yo‘qolishiga) denaturatsiya deyiladi. Denaturatsiya natijasida oqsil molekulasining fazoviy konformatsiyasi, ya’ni ikkilamchi, uchlamchi va to‘rtlamchi strukturasi buziladi, ammo birlamchi strukturasi saqlanib qoladi. Denaturatsiya natijasida oqsilning peptid zanjiri uzilmaydi, asosan disulfid va vodorod bog‘lari uziladi. Denaturatsiya o‘z yo‘nalishiga binoan ikki xilga bo‘linadi: qaytar va qaytmas. Qaytmas denaturatsiya ta’sir etuvchi omil ta’siridan so‘ng oqsil o‘z nativ strukturasini tiklay olmaydi. Masalan: tuxum oqsili qaynatilgandan so‘ng, kuchli kislota yoki ishqor ta’sir etilganda sodir bo‘ladi. Qaytar denaturatsiya deb ta’sir etuvchi omil ta’sirini to‘xtatgan holatimizda oqsil o‘z tabiiy xususiyatlarini tiklaydi. Masalan: neytral tuzlar ta’sirida oqsil eruvchanligi yo‘qolib cho‘kmaga tushadi. So‘ng dializ usulidan foydalanib tuzni yo‘qotsak, oqsil qayta xossalarini tiklab, eruchanligi tiklanadi. Oqsillarni denaturatsiyalovchi omillar ikkiga bo‘linadi: 1. Fizik omillar: qizdirish (t 0 -50-60 0 C dan yuqori) bosim, muzlatish, ultratovush va boshqalar. 30 2. Kimeviy omillar: a) H + ,OH - ionlari ta’siri odatda moddalarning pH 4 dan past, 10 dan yuqori bo‘lganda oqsil denaturatsiyasi kuzatiladi: a) organik erituvchilar (spirt, atseton, xloroform); b) siydikchil va og‘ir metallar tuzlari ta’sirida; c) xona haroratida oqsillar quritilganda ular denaturatsiyaga uchraydi. Denaturatsiya natijasida oqsil molekulasi dumaloq, koptoksimon shakldan cho‘zilib ipsimon shaklga aylanadi va agregatsiyaga uchraydi. Agregatlar o‘zaro birikib, katta agregatga aylanib cho‘kmaga tushadi. Denaturatsiyalovchi omilning ta’siri to‘xtatilsa ba’zi oqsillar qisman yoki umuman o‘z tabiiy holatiga (nativ holatiga) qaytadi. Bunday holat oqsilning renaturatsiyasi deyiladi. Buni ribonukleaza oqsili misolida kuzatish mumkin. Denaturatsiyadan keyin ma’lum vaqt o‘tishi bilan ribonukleaza fermenti kislorod ta’sirida o‘zining boshlang‘ich faolligiga ega bo‘ladi va bunda disulfid bog‘lari o‘z holiga qaytadi. Oqsil denaturatsiyasining oldini olish uchun fermentlarni ajratib olish va saqlash past temperaturada olib boriladi (0 0 -4 0 C). Oqsillarni denaturatsiyaga uchrashdan saqlash uchun turli kimyoviy moddalar qo‘llaniladi (oddiy shakar, glitserin, organik moddalar). Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling