1-Ma’ruza: Bolalar adabiyoti faniga kirish. Bolalar folklori. Alisher Navoiy ijodi. Gulxaniy ijodi. Reja
Download 144.99 Kb.
|
1-Maruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
1-Ma’ruza: Bolalar adabiyoti faniga kirish. Bolalar folklori. Alisher Navoiy ijodi. Gulxaniy ijodi. Reja: O‘zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo‘lishi. O‘zbek bolalar adabiyotining fan sifatida shakllanish bosqichlari. Bolalar adabiyotining umumadabiyotga aloqadorligi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oid kitoblarning xususiyatlari. Kichik yoshdagi o‘quvchilarga muljallangan asarlarga oid xususiyatlar. O‘smirlarga oid badiiy asarlarga qo‘yilgan talablar. Xalq og`zaki badiiy ijodi haqida ma’lumot. Bolalar folklori tabiati va janriy tarkibi. Qo‘shiqlar. Maqollar. Topishmoqlar. Masallar. Tez aytishlar. Ertaklar. Alisher Navoiyning ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-talimiy qarashlar. “Hayrat ul abror” va “Farhod va Shirin” dostonlarida bolalar tarbiyasiga oid fikrlarning aksi. Asarda xalq ogzaki ijodi namunalari ifodasi. Gulxaniy hayoti va ijodi. Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari. Asar tarkibiga kirgan masallarda ilgari surilgan g‘oyalar. Tayanch tushunchalar: bolalar adabiyoti, folklor, mumtoz adabiyot. Alla, erkalatma, ovutmachoq, «Chittigul tukumiga kiradigan qo`shiqlar», aytishuv qo`shiqlari, ramazon qo`shiqlari, afsona, rivoyat, maqol, topishmoq. “Xamsa” dostoni, pand-nasihat asarlari. “Zarbulmasal” asarida majoziylik. Majoziy obrazlarning tahlili: Yapaloqqush, Boyo‘gli, Ko‘rqush, Kulonkir Ma’lumki, O’z oldiga katta ta’lim – tarbiya masalalarini qo’ygan “O’zbek bolalar adabiyoti” uzoq yillardan beri mamlakatimiz oliy o’quv yurtlarida fan sifatida o’rganilib kelinadi. Bolalar adabiyoti yoshlarni imon-e'tiqodli kishilar sifatida va vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda mustaqil mamlakatimizning qudratli qurolidir. Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta'sir ko'rsatib, ana shu yuksak talablarga javob bera oladi. Shu sababli bunday kitoblar pedagogik nuqtai nazardan ham alohida ahamiyat kash etadi. Bolalar kitobi bu vazifani bajarishda badiiy tilga suyanadi. Adabiy asarning tili uning g'oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir. Yaxshi, aniq, ravon, obrazli, bous til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi. Download 144.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling