1-Ma’ruza: Bolalar adabiyoti faniga kirish. Bolalar folklori. Alisher Navoiy ijodi. Gulxaniy ijodi. Reja


Download 144.99 Kb.
bet2/8
Sana07.11.2023
Hajmi144.99 Kb.
#1754153
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Maruza (1)

А сосий маълумотлар







l. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar kitobxonligi (2 yoshdan 7 yoshgacha).
2. Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi (7 yoshdan 11-12 yoshgacha).
3. O'rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi (l3-l4 yoshdan 15-17 yoshgacha).

Bolalar kitobxonligini o'quvchilarning pedagogik-sixologik xususiyatlariga ko'ra quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:



Alisher Navoiy “Mahbubul qulub”da tilni “ko'ngil xazinasining qulfi”, deb ta' riflaydi. Buyuk shoir kishilarni qisqa va mazmunli, chuqur mantiq bilan so'zlashga chaqiradi. bu talab, shubhasiz, bolalar yozuvchilariga ham taalluqlidir.
Bolalar yozuvchisi sodda, ravon, qiziqarli va mazmundor qilib yoza bilishi kerak. Buning uchun esa u xalq tilini puxta bilishi lozim. Ravon til bilan yozilgan badiiy asarlar kitobxonning nutqiga ham katta ta'sir ko'rsatadi, so'z boyligini oshiradi.
Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh avlodni hayotga to'g'ri munosabatda bo'lishga o'rgatadi, ona-diyorimizga, mehnatga muhabbat, zamonamizga sadoqat ruhida tarbiyalaydi, ularni yurtimizning munosib farzandlari bo'lishga chaqiradi. Kitob bolaning dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi, xarakterini tarbiyalaydi. Ilm -fanga muhabbatini oshiradi. Kitob xalqimizning o'tmishi, ilg'or madaniyatimiz, fan va texnikamiz yutuqlari bilan tanishtiradi, faxr-iftixor tuyg'ularini o'stiradi.
Bugungi kunda qudratli qurol bo'lgan adabiyotdan keng foydalanmay turib, yangi jamiyat quruvchisini har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash mumkin emas.
Bolalar adabiyoti — bolalar va o’smirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop va publitsistik asarlar majmuyi. Bularning asosiy qismini badiiy asarlar tashkil etadi. Jahon xalqlari, shu jumladan o’zbek xalqi bolalar adabiyoti tez aytish, topishmoq, o’yin qo’shiqlari, rivoyat, afsona, ertak, maqal, masal va doston singari aksariyat qismi bolalarga mo’ljallab yaratilgan og’zaki ijod namunalaridan boshlanadi. bolalar adabiyotini bevosita bolalarga mo’ljallab yaratilgan va aslida bolalarga mo’ljallanmagan bo’lsada, keyinchalik bolalar adabiyotiga o’tib qolgan asarlarga ajratish mumkin. Bolalar adabiyotining o’ziga xos xususiyati — o’zgaruvchan hodisa bo’lib, u kitobxon yoshi, tarixiy davr va ijtimoiy muhit bilan bevosita bog’liq. Kitobxon yoshini hisobga olish bolalar adabiyotining eng asosiy xususiyatlaridandir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bu ko’rgazmalilik, ezgulik va yovuzlik kuchlarining oddiy ko’rinishdagi ziddiyatlariga asoslangan bo’lsa, o’smirlar uchun yaratilgan adabiyotda murakkab hayotdagi murakkab kishilarning ruhiyati ochila boshlaydi.Bolalar adabiyotining yana bir xususiyati uning harakatga boyligidir. Bundan bolalar adabiyotida syujetga bo’lgan talab ham kelib chiqadi. U voqealarning tezkor, qiziqarli, fantaziyaga, yumorga boy ravishda yechilishini talab qiladi. Sharq yozma adabiyotida "pandnoma", "nasihatnoma", "axloq kitoblari" singari nomlar bilan tasnif qilinuvchi asarlar bolalar adabiyotining dastlabki namunalari hisoblanadi.
Bolalar kitobxonligini o'quvchilarning pedagogik-psixologik xususiyatlariga ko'ra quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:
l. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar kitobxonligi (2 yoshdan 7 yoshgacha).
2. Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi (7 yoshdan 11-12 yoshgacha).
3. O'rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi (l3-l4 yoshdan 15-17 yoshgacha).

Download 144.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling