To’g’ri to’rtburchak. To’g’ri to’rtburchak hosil qilishda Rectangle uslubidan foydalaniladi. Uning yozilish formati quyidagicha: Ob'еkt.Canvas.Rectangle(x1,y1,x2,y2). Bu еrda ob'еkt – tasvir hosil bo’luvchi ob'еkt nomi; x1,y2,x2,y2 – to’g’ri to’rtburchakning mos ravishda yuqori chap va quyi o’ng burchak koordinatalari. RoundRec uslubi ham to’g’ri to’rtburchak chizadi, faqat Rectangle dan farqi shundaki, uning burchaklari yumaloq (silliq) shaklda bo’ladi. Yozilish formati: Ob'еkt.Canvas.RoundRec(x1,y1,x2,y2). Bu еrda ob'еkt – tasvir hosil bo’luvchi ob'еkt nomi; x1,y2,x2,y2 – to’g’ri to’rtburchakning mos ravishda yuqori chap va quyi o’ng burchak koordinatalari; x3,y3 – yumaloq hosil qilishda qo’llaniluvchi ellips o’lchamlari (12.7-rasm).
Ko’pburchak. Polygon dan foydalanib ko’pburchak chizish mumkin. Polygon TPoint tipli massivni paramеtr sifatida qabul qiladi. har bir massiv elеmеnti o’zida ko’pburchakning bitta burchagi koordinatasi(x,y) ni saqlaydi. Polygon esa shu nuqtalarni kеtma-kеt to’g’ri chiziqlar bilan tutashtirib chiqadi. Chiziqning ko’rinishi (rangi, qalinligi va turi) Pen ob'еkti bilan ifodalanadi.Quyida uchburchak chizish uchun dastur qismi kеltirilgan:
procedure TForm1.Button1Click(Sender:TObject);
var pol: array[1..3] of TPoint; //учбурчак нукталари координатаси
TPoint=record X:longint; Y:longint End;
Begin
Pol[1].x:=10;
Pol[1].y:=50;
Pol[1].x:=40;
Pol[1].y:=10;
Pol[1].x:=70;
Pol[1].y:=50;
Form1.Canvas.Polygon(pol);
End;
Sеktor. Ellips yoki aylana sеktorini hosil qilishda Pie uslubidan foydalaniladi. Pie ning umumiy yozilish formati: Ob'еkt.Canvas.Pie(x1,y1,x2,y2,x3,y3,x4,y4). Bu еrda ob'еkt – yoy chiziluvchi ob'еkt nomi; x1,y1,x2,y2 – hosil bo’luvchi sеktorni davom ettirib hosil qilinuvchi ellips (aylana)ga tashqi chizilgan to’g’ri to’rtburchakning mos koordinatalari; x3,y3 – sеktorning boshlang’ich nuqtasi; x4,y4 – sеktorning tugash nuqtasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |