1. Birlamchi darajada o‘simliklar dunyosining davlat kadastri sub’ektlari vakolatli shaxslari yovvoyi holda o‘sadigan dorivor va manzarali, shuningdek, oziq-ovqat sifatida foydalaniladigan o‘simliklar; texnik maqsadlarda foydalaniladigan yovvoyi o‘simliklar; tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi o‘simliklar; yovvoyi o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlari to‘g‘risida hududlar bo‘yicha kadastr axborotlarini to‘playdi va Qoraqalpoqiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining kadastr xizmati, tabiatni muhofaza qilish viloyat qo‘mitalarining vakolatli shaxslarga taqdim etadi.
2. Mintaqaviy darajada Qoraqalpoqiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining kadastr xizmati, tabiatni muhofaza qilish viloyat qo‘mitalarining vakolatli shaxslari yovvoyi holda o‘sadigan dorivor va manzarali, shuningdek, oziq-ovqat sifatida foydalaniladigan o‘simliklar; texnik maqsadlarda foydalaniladigan yovvoyi o‘simliklar; tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi o‘simliklar; yovvoyi o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlari to‘g‘risida hududlar bo‘yicha kadastr axborotlarini umumlashtiradilar va "Ergeodezkadastr" davlat qo‘mitasining DKYAT ma’lumotlar bazasiga beradi.
3. Vakolatli tashkilotlar - Respublika darajasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi kadastr xizmati so‘rovi bo‘yicha "Ergeodezkadastr" davlat qo‘mitasining DKYAT ma’lumotlar bazasidan yovvoyi holda o‘sadigan dorivor va manzarali, shuningdek, oziq-ovqat sifatida foydalaniladigan o‘simliklar; texnik maqsadlarda foydalaniladigan yovvoyi o‘simliklar; tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi o‘simliklar; yovvoyi o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlarito‘g‘risida hududlar bo‘yicha kadastr axborotlarini olishlari mumkin.
4. DKYATdan foydalanuvchilar so‘rov bo‘yicha "Ergeodezkadastr" davlat qo‘mitasining DKYAT ma’lumotlar bazasidan yovvoyi holda o‘sadigan dorivor va manzarali, shuningdek, oziq-ovqat sifatida foydalaniladigan o‘simliklar; texnik maqsadlarda foydalaniladigan yovvoyi o‘simliklar; tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi o‘simliklar; yovvoyi o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlari to‘g‘risida hududlar bo‘yicha kadastr axborotlarini olishlari mumkin.
|