1-Ma’ruza: davlat kadastrlarini yaratish va yuritishning normativ huquqiy va nazariy asoslari reja


-Ma’ruza: Temir yo‘llar davlat kadastri


Download 1.87 Mb.
bet30/58
Sana27.02.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1235160
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58
Bog'liq
1. Maruza matn

14-Ma’ruza: Temir yo‘llar davlat kadastri



NORMATIV HUQUQIY BAZASI

1. O‘zbekiston Respublikasi “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonuni (15.12.2000 yil № 171-II)
2. O‘zbekiston Respublikasining “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida” qonuni (15.04.1999 yil № 766-I)
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT)ni yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”
4. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining “Temir yo‘llar davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida Nizomi”ni tasdiqlash haqidagi 2005 yil 30 iyundagi 152-son qaroriga 2-ilova.



YURITISH TARTIBI

1. "O‘zbekiston temir yo‘llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimida va "O‘zbekiston temir yo‘llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimidan tashqarida mavjud bo‘lgan temir yo‘l ob’ektlari egalari/foydalanuvchilari temir yo‘l ob’ektlari bo‘yicha kadastr axborotlarini temir yo‘l korxonalarining kadastr bo‘linmalariga taqdim etadilar.


2. Temir yo‘l korxonalarining kadastr bo‘linmalari ushbu ob’ektlarning egalari va foydalanuvchilardan temir yo‘l ob’ektlari bo‘yicha kadastr axborotlarini to‘playdilar, o‘z hududlari doirasida kadastr ishini shakllantiradilar, temir yo‘l ob’ektlari bo‘yicha axborotni Strategik rivojlanish boshqarmasining temir yo‘llar davlat kadastri bo‘limiga taqdim etadilar.
3. Strategik rivojlanish boshqarmasining temir yo‘llar davlat kadastri bo‘limi davlat er kadastridan hamda binolar va inshootlar davlat kadastridan er uchastkalari, binolar va inshootlar to‘g‘risidagi axborotni oladi.
4. Strategik rivojlanish boshqarmasining temir yo‘llar davlat kadastri bo‘limi temir yo‘l ob’ekti TYDKga kiritilgandan keyin kadastr axborotlarini "Ergeodezkadastr" davlat qo‘mitasi DKYATning ma’lumotlar bazasiga beradi.
5. Strategik rivojlanish boshqarmasining temir yo‘llar davlat kadastri bo‘limi so‘rov bo‘yicha "Ergeodezkadastr" davlat qo‘mitasining DKYAT ma’lumotlar bazasidan temir yo‘l ob’ektlari bo‘yicha axborot olishi mumkin.
6. Strategik rivojlanish boshqarmasining temir yo‘llar davlat kadastri bo‘limi temir yo‘l ob’ektlari bo‘yicha zarur axborotni temir yo‘l korxonalari kadastr bo‘linmalariga yuboradi.
7. DKYATdan foydalanuvchilar so‘rov bo‘yicha temir yo‘l ob’ektlari bo‘yicha kadastr axborotlarini olishlari mumkin.






Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling