Huquqiy bazasi
Download 17.66 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilib olasiz
- Nazorat savollari
3-MAVZU. ELEKTRON TIJORATNING ME’YORIY- HUQUQIY BAZASI REJA: 1.Avtomatlashtirilgan elektron tijorat tizimidan foydalanishning me’yoriy-huquqiy bazasi. 2.Axborotlashtirish to’g’risidagi qonun va unga sharh. 3. Elektron tijorat haqidagi qonun va unda belgilangan vazifalar. 4. Iqtisodiyot sohalari faoliyatiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmuni.
Nazariy qism. Hozirgi kunda elektron tijoratning eng asosiy tamoyillaridan biri shundaki, ikki tomon qo‘llayotgan shartnoma elektron yo‘li bilan amalga oshirilayotganligi uchungina, uning qonuniyligi va haqiqatan ham mavjudligini shubha ostiga qo‘yishga haqli emaslar. Tamoyilning amalga oshirilishi har doim ham kafolatlanmaydi, shuning uchun ham ba’zi yuridik qiyinchiliklar vujudga keladi. Ko‘pgina mamlakatlarda faqatgina ikki tomonning shaxsiy imzolari qo‘yilgan shartnomalargina tan olingani uchun, bunday holatlarda shartnoma yuridik kuchga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun elektron tijorat qonuniy to‘siqlarni oshib o‘tishga qurbi yetmaydi. Yuqorida aytib o‘tilgan qonuniy to‘siqlarni oshib o‘tishda yordam berish maqsadida xalqaro savdo (Yunistrol) huquqi bo‘yicha OON komissiyasi, 1996 yilda "Elektron tijorat to‘g‘risida" qonun qabul qildi. Bu qonun o‘zida shartnomalarning yuridik kuchi bilan bog‘liq bo‘lgan, shartnoma originali va nusxalari bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal etish modelini aks etadi. Qonunda ko‘rilgan, berilganlarning elektron almashuvining huquqiy rejimi funksional ekvivalent nomli tamoyilga asoslanadi. Davlat qonunchiligiga bu qonunning joriy etilishi, tomonlarning elektron almashuvi vositasini tanlaganida, ular uchun huquqiy muhitni yaratishi ko‘zda tutiladi. Bu qonun qabul qilingandan keyin elektron tijorat jarayonlarini oldindan aytib berishni osonlashtiruvchi va shu bilan birga elektron tijoratning butun dunyoda rivojlanishiga turtki bo‘ladigan me’yor va qoidalar ustidagi ish olib borish yuzasidan rozilikka erishilgan. Bunday qonunlar orasida elektron raqamli imzoning munosabatini yo‘lga soladigan holatlar sanab o‘tilgan. Bu savolning bunchalik dolzarb bo‘lishiga, Internet va boshqa tarmoqlar orqali qo‘llanadigan shartnomalar sonining tez o‘sishi sabab bo‘lgan. Elektron imzoga bo‘lgan ishonch, shartnomalarni qabul qilishiga bo‘lgan asosiy shart bo‘lib hisoblanadi. 1999 yilda elektron imzolarni ishlatish uchun huquqiy asoslari direktivasi qabul qilingan. Bu elektron tijorat sohasidagi Yevropa va xalqaro huquqlarning shakllanishidagi navbatdagi qadam bo‘ldi, chunki u elektron tijorat sohasidagi kelajakdagi rivojlanishi va mukammallashuvining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatib beradi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, O‘zbekiston uchun Yevropaning huquqiy tartibotidagi tajribasi kerak bo‘ladi. Mamlakatimizda elektron biznes yo’lga qo’yish, yuritish va uni yanada rivojlantirish buyicha qabul qilingan qonunlar jumlasiga quyidagilarni asosiylari sifatida kiritishimiz mumkin: Elektron tijorat to’g’risidagi qonun (2004 va 2015 yillar.) Axborotlashtirish to’g’risidagi qonuni (2003y.) Elektron raqamli imzo to’g’risidagi qonun (2003y.) Elektron hujjat aylanishi to’g’risidagi qonun (2004y.) Elektron to’lovlar to’g’risidagi qonun (2005y.) O’zbekiston Respublikasining axborotlashtirish to’g’risidagi qonuni 2003 yilda qabul qilingan. Ushbu qonun 23 ta moddadan iborat bo’lib, uning maqsadi axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 1-topshiriq. Avtomatlashtirilgan elektron tijorat tizimidan foydalanishning me’yoriy-huquqiy bazasi haqida tushuncha bering, O;zbekistonda electron tijoratni rivojlantirishish bo’yicha qanday qonunlar qabul qilingan? 2-topshiriq. Qyidagi matnni o’qib, 5 minutlik esse yozing. Axborotlashtirishning huquqiy asoslari. Mamlakatimizda fuqarolarning o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega ekani Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan. Asosiy Qonunimizning 30-moddasida O‘zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozimligi belgilangan. Axborotlashtirish – yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayonidir Axborotlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)dan keng ko‘lamli foydalanish tufayli jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida axborot va bilimlardan foydalanish samaradorligi oshdi.Buning natijasida fuqarolar, tashkilotlar va davlatning axborotga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilib, axborotlashgan jamiyatga o‘tish uchun sharoitlar yaratilmoqda. Davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning axborot resurslariga ishlov berish va foydalanuvchiga hujjatlashtirilgan axborotni taqdim etishni amalga oshiruvchi axborot tarmoqlari va tizimlari asosida shaxslar, predmetlar, dalillar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish ehtiyojlari qondiriladi. Davlatning axborotlashtirish sohasidagi siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini inobatga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan. 3-topshiriq.. O’zbekiston Respublikasining 2003 yilda qabul qilingan elektron raqamli imzo to’g’risidagi qonunda “elektron raqamli imzo”, “elektron raqamli imzoning yopiq kaliti”, “elektron raqamli imzoning ochiq kaliti”, “elektron hujjat”, “Elektron to’lov” larga berilgan ta’riflarni izohlang. 4-topshiriq. O’zbekiston Respublikasining 2004 yilda qabul qilingan elektron tijorat to’g’risidagi qonunda “Elektron tijorat”, “Elektron tijorat ishtirokchilari” ga berilgan ta’riflarni izohlang. 5-topshiraq. Iqtisodiyot sohalari faoliyatiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmuni haqida o’z tushunchangizni aytib bering. Nazorat savollari: 1.Avtomatlashtirilgan elektron tijorat tizimidan foydalanishning me’yoriy-huquqiy bazasi. 2. Axborotlashtirish to’g’risidagi qonun. 3. Elektron tijorat haqidagi qonun. 4. Elektron xujjat almashinuvi haqidagi qonun. 5.Elektron raqamli imzo haqidagi qonun. Mustaqil o’rganish uchun savollar: 6.Axborotlar xavfsizligini ta’minlashga oid qonun va qarorlar. 7.Bank faoliyatiga oid qonun va qoidalar. 8.Sug’urta va soliq faoliyati, valyuta konvertatsiyasi mexanizmi, mijoz va xoridor orasida kelib chiqadigan muammolarni xal etish chora-tadbirlari. 9.Elektron tijoratning huquqiy asoslari, litsenziya va sertifikat. 10.Axborot xavfsizligi va daxlsizligini ta’minlash, konsultatsiyalar tashkil etish. Download 17.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling