1-Ma’ruza: davlat kadastrlarini yaratish va yuritishning normativ huquqiy va nazariy asoslari reja


Download 1.87 Mb.
bet38/58
Sana27.02.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1235160
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58
Bog'liq
1. Maruza matn

DAVLAT SUV KADASTRINI YURITISH
SEMASI







O‘zbekiston Respublikasi davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT)
Ergeodezkadastr”davlat qo‘mitasi






Davlat suv kadastrining idoralararo bosh markazi, "O‘zgidromet" markazining O‘rta Osiyo gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti






































8



7
















































O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologik xizmati markazi



4

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi



6

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi









3

5





2


9




2







9




2




9





































































































































"Er usti suvlari" Davlat suv kadastrining hududiy markazlari va mahalliy organlari

10

"Er osti suvlari" Davlat suv kadastrining hududiy markazlari va mahalliy organlari

10

"Suvdan foydalanish" bo‘limlari bo‘yicha Davlat suv kadastrining hududiy markazlari va mahalliy organlari

1

1















11







11











































































































































Davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslar suv ob’ektlari, suv resurslari, suv rejimi, sifati va undan foydalanish, shuningdek, suvdan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar



*) Strelkalar bilan kadastr axboroti harakati yo‘nalishlari belgilangan.


DAVLAT SUV KADASTRINI YURITISHNI TASHKIL ETISH



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologik xizmati markazi




O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi


Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

a) Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Davlat suv kadastrining umumiy prinsiplarini va ilmiy-uslubiy asoslarini, Davlat suv kadastrini yuritish, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini loyihalash va tashkil etish tartibini ishlab chiqadi;
b) Davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritishga oid barcha ishlarni muvofiqlashtiradi, yo‘naltiradi va birlashtiradi;
v) Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Davlat suv kadastrining idoralararo normativ-texnik hujjatlarini (shu jumladan Davlat suv kadastrining qo‘shma nashrlari maketini), shuningdek, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi uchun idoralararo loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi;
g) Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan Suv kadastrini yuritishga oid uslubiy ko‘rsatmalarni, DSK nashrlari maketini va DSKga oid boshqa normativ-texnik hujjatlarni, shuningdek, DSKning avtomatlashtirilgan axborot tizimi uchun loyiha hujjatlarini kelishib oladi;
d) Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi mutaxassislarini jalb qilgan holda er usti suvlari va er osti suvlari hamda ulardan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ma tahlil qilishni, bog‘lashni va umumlashtirishni bajaradi, Davlat suv kadastrining qo‘shma nashrlarini chiqarishga tayyorlaydi va nashr qiladi;
e) Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Davlat suv kadastri axborotnomasini nashr etishga tayyorlaydi;
j) "Er usti suvlari" bo‘limi bo‘yicha Davlat suv kadastrini ishlab chiqishni va yuritishni, shu jumladan:
bo‘lim bo‘yicha Davlat suv kadastrini (jumladan, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini) yuritish tizimini ishlab chiqish va takomillashtirishni;
er usti suvlarining klassifikatorlarini ishlab chiqishni;
er usti suvlari to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, nazorat qilish, qayta ishlash va umumlashtirishga oid usullarni, algoritmlarni va mashinalashtirilgan dasturlarni ishlab chiqishni;
axborotlarni kodlashtirish va saqlash usullarini ishlab chiqishni;
bo‘lim bo‘yicha Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi funksional va idoraviy kichik tizimlarni loyihalash, sinash, joriy etish va takomillashtirishni;
Suv kadastri hududiy markazlari va mahalliy organlari uchun Davlat suv kadastrini yuritishga oid uslubiy ko‘rsatmalarni, bo‘lim bo‘yicha Suv kadastri nashrlari maketlarini va boshqa normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishni;
er usti suvlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, nazorat qilish, qayta ishlash, saqlash va ularni foydalanuvchilar so‘roviga ko‘ra berishni;
er usti suvlari resurslarini joriy va istiqbol uchun hamda ularning xo‘jalik faoliyati ta’siridagi o‘zgarishlarini baholashni;
Davlat suv kadastri nashrlarini chiqarishga va e’lon qilishga tayyorlashni;
o‘ziga qarashli muassasalar hamda tashkilotlar tomonidan bajariladigan Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishga oid ishlarga rahbarlik qilish, rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiradi.

"Er osti suvlari" bo‘limi bo‘yicha Davlat kadastrini ishlab chiqishni va uni yuritishni, shu jumladan:
bo‘lim bo‘yicha Davlat suv kadastrini (jumladan, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini) yuritish tizimini ishlab chiqish va takomillashtirishni;
er osti suvlarining klassifikatorlarini ishlab chiqishni;
er osti suvlari to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, nazorat qilish, qayta ishlash va umumlashtirishga oid usullarni, algoritmlarni va mashinalashtirilgan dasturlarni ishlab chiqishni;
axborotlarni kodlashtirish va saqlash usullarini ishlab chiqishni;
bo‘lim bo‘yicha Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi funksional kichik tizimlarni loyihalash, sinash, joriy etish va takomillashtirishni;
Suv kadastri hududiy markazlari va mahalliy organlari uchun Davlat suv kadastrini yuritishga oid uslubiy ko‘rsatmalarni, bo‘lim bo‘yicha Suv kadastri nashrlari maketlarini va boshqa normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishni;
er osti suvlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, nazorat qilish, qayta ishlash, saqlash va ularni foydalanuvchilar so‘roviga ko‘ra berishni;
er osti suvlari resurslarini joriy va istiqbol uchun hamda ularning xo‘jalik faoliyati ta’siridagi o‘zgarishlarini baholashni;
"Er osti suvlari" bo‘limi bo‘yicha Davlat suv kadastri nashrlarini chiqarishga va e’lon qilishga tayyorlashni;
o‘ziga qarashli muassasalar hamda tashkilotlar tomonidan bajariladigan Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishga oid ishlarga rahbarlik qilish, rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiradi.



"Suvdan foydalanish" bo‘limi bo‘yicha Davlat suv kadastrini ishlab chiqishni va uni yuritishni, shu jumladan:
Davlat suv kadastrini (jumladan, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini) yuritish tizimini ishlab chiqishni va takomillashtirishni;
suvdan foydalanish to‘g‘risidagi axborotlarni nazorat qilish, qayta ishlash va umumlashtirishga oid usullar, algoritmlarni hamda mashinalashtirilgan dasturlarni ishlab chiqishni;
axborotlarni kodlashtirish va saqlash usullarini ishlab chiqishni;
Suv kadastri avtomatlashtirilgan axborot tizimining funksional kichik tizimlarini loyihalashni, sinashni, joriy etishni va takomillashtirishni;
irrigatsiya tizimlarining havza boshqarmalari, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari va irrigatsiya tizimlari boshqarmalari uchun Davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni, Davlat suv kadastri nashrlari maketlarini va Davlat suv kadastrining boshqa normativ-texnik hujjatlarini ishlab chiqishni; (O‘zR VM 24.09.2003 y. 411-son Qarori taxriridagi xatboshi)
suvdan foydalanuvchilar, er usti va er osti suvlaridan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, nazorat qilish, qayta ishlash, saqlash va berishni;
suvdan foydalanishni joriy va istiqbol uchun baholashni hamda suv xo‘jaligi hisobot balanslarini tuzishni;
"Suvdan foydalanish" bo‘limi bo‘yicha Davlat suv kadastri nashrlarini chiqarishga va e’lon qilishga tayyorlashni;
o‘ziga qarashli muassasa hamda tashkilotlar tomonidan bajariladigan Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishga oid ishlarga rahbarlik qilish, rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiradi.






Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling