1-ma’ruza. Ekonometrika asoslari fanining maqsadi va vazifalari. Ekonometrik modellashtirish asoslari reja
EKONOMETRIK MODELLARNING AXBOROT TA’MINOTI. EKONOMETRIK
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
1 мавзу
EKONOMETRIK MODELLARNING AXBOROT TA’MINOTI. EKONOMETRIK TADQIQOTLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI REJA: 2.1. Iqtisodiy ma’lumotlar va ularni qayta ishlash 2.2. Ekonometrikada qo’llaniladigan o’zgaruvchilar va ularning turlari 2.3. Ekonometrik modellarni tuzishga va unda qatnashadigan ma’lumotlarga qo’yiladigan talablar Asosiy tayanch iboralar Ekonometrika, korrelyatsiya, regressiya, ekonomika, metrika, trend, avtokorrelyatsiya, identifikatsiya, komponent, usullar, qonuniyat, statistika 2.1. Iqtisodiy ma’lumotlar va ularni qayta ishlash Mavzuni boshlashdan avval ma’lumot so’zining ma’nosini tushunib olaylik. Ma’lumot biror narsa haqidagi xabar. Bu xabar statistik kuzatuvlar natijasida olinadi. Agar biz iqtisodiy jarayonni kuzatayotgan bo’lsak, u holda olingan xabar yoki ma’lumot iqtisodiy ma’lumot bo’ladi, ya’ni iqtisodiy jarayonning qaysidir tomoni haqidagi ma’lumotni beradi. Kuzatuv natijasida to’plangan iqtisodiy ma’lumotlar qayta ishlanadi va olingan natijalar iqtisodiy jarayonni tadqiq qilishda asos bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiy ma'lumotlar statistik tabiatga ega bo’lib iqtisodiy jarayonlarni vaqt davomida o’zgarishini o’rganishda muqim aqamiyatga ega. Chunki barcha iqtisodiy jarayonlar va hodisalar vaqt davomida o’zgaruvchan bo’ladi. Iqtisodiyotda barcha iqtisodiy jarayonlarni iqtisodiy-statistik modellar orqali o’rganish natijasida u yoki bu iqtisodiy ko’rsatkichning hozirgi holati va kelajakdagi o’zgarishini ilmiy asosda tahlil qilish va bashoratlash mumkin bo’ladi. Iqtisodiy-statistik modellashtirish usuli - bozor iqtisodiyoti sub'ektlarining iqtisodiy faoliyati tahlili va rejalashtirishni takomillashtirishga qaratilgan tadbirlardan biridir. Iqtisodiy-statistik modellashtirish iqtisodiy ko’rsatkichlar va ishlab chiqarish omillari o’rtasidagi aloqalar o’z mohiyatiga ko’ra stoxastik bo’lgan asosga tayanadi. Iqtisodiy sub'ektlar faoliyatini statistik modellashtirish zamon va makonda ularning rivojlanish jarayonini o’rganishda asosiy o’rin egallaydi. Bu modellar ishlab chiqarish tendensiyalari va qonuniyatlarini aniqlash uchun moslashgandir. Hatto eng takomillashgan statistik model ham iqtisodiy hodisa va jarayonlarning butun aloqadorligini qamrab olishga qodir emas. Shunga ko’ra, iqtisodiy taqlil va iqtisodiy-statistik modellashtirishni qo’llashda har doim noaniqlik elementlari mavjud bo’ladi. Odatda, iqtisodiy- statistik modellashtirishni qo’llash samaradorligining asosiy shartlaridan biri uning real ko’rinish va jarayonga aynan mos kelishi hisoblanadi. Iqtisodiy-statistik modelashtirishni noaniq bo’lishligining sabablari quyidagi hollarda sodir bo’lishi mumkin: 1. Axborotli ( axborotning xatoligi, uning ko’rsatkichlari, omillar va ob'ektlar majmuining noaniqligi. 2. Tarkibiy ( aniqlanmagan xilma-xilliklarning mavjudligi. 3. Modelli ( ko’rsatkichlar va dalillar o’rtasida bog’lanish shakllaridan noto’g’ri foydalanish. Iqtisodiy-statistik kuzatuvlar olib borilganda, texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar ko’rinishidagi, materiallar oqimidagi axborotlarga duch kelamiz. Shu nuqtai nazardan, ishlab chiqarishga - kirish axborotini, chiqish axborotiga o’zgartirgich sifatida qaraladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling