1-ma’ruza. Ekonometrika asoslari fanining maqsadi va vazifalari. Ekonometrik modellashtirish asoslari reja
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
1 мавзу
Iqtisodiy-matematik model — bu iqtisodiy ob’ektlar yoki jarayonlarni tahlil qilish yoki
boshqarish maqsadida ularning matematik tasvirlanishi, ya’ni iqtisodiy masalaning matematik yozuvi. Iqtisodiy ob’ektning matematik modeli — bu uning funktsiyalar, tenglamalar, tengsizliklar, mantiqiy munosabatlar, grafiklar majmuasi ko’rinishidagi aks ettirilishi. Bunday aks ettirish o’rganilayotgan ob’ekt elementlarining munosabatlari guruhlarini model elementlarining shunga o’xshash munosabatlariga iqtisodiy-matematik usullar deb ataladi. Iqtisodiy-matematik usullar (IMU) iqtisodiyotni o’rganish uchun birlashtirilgan iqtisodiy va matematik fanlarning uyushmasidir. Bu tushuncha fanga XX asrning 60-yillarida akademik V.S.Nemchinov tomonidan kiritilgan. IMU iqtisodiyot, matematika va kibernetikaning tutashishida hosil bo’ldi. Elementlaridan biri iqtisodiy-matematik usullar bo’lgan qarorlarni qabul qilish tizimi ijodiy yondashuvni talab etuvchi xo’jalik muammolarining to’la tsiklini qamrab olishi kerak. «Ekonometrika asoslari» fanining predmeti: - makroiqtisodiyot (xalq xo’jaligi) va uning tarmoqlarida kechayotgan iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish asoslarini o’rganish; - aniq iqtisodiy tizim misolida modellashtirish masalasini qo’yish va iqtisodiy ma’nosini tushunish; - iqtisodiy masalalarni echish usullarini, shuningdek kompyuterda hisoblash tajribalarini o’tkazish va ularning natijalarini tahlil qilishni o’rganishdan iborat. « Ekonometrika asoslari » fanining vazifalari: - iqtisodiy jarayonlarning matematik modellarini qurish va ularni echish usulini tanlash; - matematik modellarni tahlil qilish asosida iqtisodiy jarayon qonuniyatlari haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish; - makro- va mikroiqtisodiyotda qo’llanilayotgan turli matematik modellarni o’rganishdan iborat. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling