Uchinchi bosqich –verifikatsiya qilish. Tuzilgan modelni ahamiyati to‘rtta
yo‘nalish bo‘yicha tekshiriladi:
- modelning sifati ko‘plikdagi korrelyatsiya koeffitsiyenti va determinatsiya
koeffitsiyenti yordamida baholanadi;
- modelning ahamiyati approksimatsiya xatoligi va Fisher mezoni yordamida
baholanadi;
- modelning parametrlarini ishonchliligi Styudent mezoni bo‘yicha
baholanadi;
- Darbin-Uotson mezoni yordamida «Eng kichik kvadratlar usulining»
bajarilish shartlari tekshiriladi.
To‘rtinchi bosqich – tuzilgan va baholangan ekonometrik model yordamida
asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar prognoz davriga hisoblanadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan bosqichlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq va biri
ikkinchisini to‘ldirib, yagona maqsadni amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
Shuni eslatib o‘tish kerakki, masalani kompyuterda yechish uchun standart
dastur bo‘lishi kerak, agar unday dastur bo‘lmasa, uni ma’lum algoritmlar asosida
tuzish zarur.
1. Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob’ektlarni matematik modellar yordamida
kuzatish va o‘rganishga nima deyiladi?
a) * modellashtirsh
b) narxlashtirish
c) taxlil qilish
d) taqsimlash
2. Model so‘zi lotincha modulus so‘zidan olingan bo‘lib, nima degan ma’noni
anglatadi?
a)* o‘lchov, me’yor
b) taxlash
c) taxlil qilish
d) narxlash
3. Iqtisodiy model – iqtisodiy ob’ektlarning qanday nusxasi?
a)* soddalashtirilgan
b) murakkablashgan
c) funksional
d) Proporsional
4. Yekonometrik modellarni tuzish bosqichlari nechta?
a)* 7 ta
b) 8 ta
c) 4 ta
d) 9 ta
Do'stlaringiz bilan baham: |