1-маъруза. Elektrotexnika materiallarining sinflanishi
Download 7.63 Kb.
|
7-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tortish tarmog‘ini manba bilan ta’minlash va uni seksiyalash sxemalari.
- Kontakt tarmog‘ini bir tomonlama ( a ) va ikki tomonlama ( b ) energiya bilan ta’minlash sxemalari
- Ikkita yo‘lli uchastka kontakt tarmog‘ini manba bilan ta’minlash sxemalari
- Adabiyotlar
7-TORTISH TARMOG‘INI MANBA BILAN TA’MINLASH VA UNI SEKSIYALASH SXEMALARI.REJA
Tortish tarmog‘ini manba bilan ta’minlash va uni seksiyalash sxemalari.Tortish tarmog‘ini manba bilan ta’minlash va uni seksiyalash sxemalari.
Bitta nimstansiyadan ta’minlanayotgan va undan izolatsion tugun (izolatsion birikma yoki neytral qo‘yilma)gacha bo‘lgan kontakt tarmog‘ining qismi fider zona deb ataladi. Bitta nimstansiyaga birlashgan ikkala yondosh fider zona esa nimstansion zona deb ataladi.
Kontakt tarmog‘ini bir tomonlama (a) va ikki tomonlama (b) energiya bilan ta’minlash sxemalariKontakt tarmog‘ini bir tomonlama (a) va ikki tomonlama (b) energiya bilan ta’minlash sxemalaria) Ikki tomonlama ta’minlash (nimstansiyalarning parallel ishlashi) sxemasida kontakt tarmog‘ining ishonchli ishlash imkoniyati oshadi, chunki shikastlanish natijasida birorta tortuvchi nimstansiya ishdan chiqqanda ham tortish tarmog‘ini elektr energiyasi bilan ta’minlash ushbu fider zonadagi boshqa tortuvchi nimstansiya hisobidan amalga oshiriladi. Kontakt tarmog‘i va relslardagi toklar miqdori nisbatan kichikligi hisobidan kontakt osmasiga ishlatiladigan mis miqdori, nimstansiya va tortish tarmog‘idagi energiya isrofi va kuchlanish yo‘qolishi hamda aloqa liniyasiga ta’siri va yer osti metal inshootlarning elektrokorroziyasi kamayadi.
Ikkita yo‘lli uchastka kontakt tarmog‘ini manba bilan ta’minlash sxemalari:Ikkita yo‘lli uchastka kontakt tarmog‘ini manba bilan ta’minlash sxemalari:a - alohida ta’minlash sxemasi; b - tugunli sxema; d - parallel ulanish sxemasiKo‘p yo‘lli va ikkita yo‘lli uchastka yondosh yo‘llari kontakt tarmog‘i ko‘ndalang simlar yordamida o‘zaro ulanganda yuklamalar notekisligini kamaytiradi. Bunda tarmoqdagi energiya isrofi va kuchlanish yo‘qolishi kamayadi va bu kamayish quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi: -birinchi va ikkinchi yo‘llardagi poyezdlar iste’mol qilayotgan energiyalar nisbatiga (ayniqsa rekuperatsiya paytida); -yo‘lning o‘tkazish qobiliyatidan foydalanish darajasiga; -poyezdlar turli rusumligiga; -poyezd iste’mol qilayotgan tokning o‘zgarish xarakteriga; -ko‘ndalang ulanishlar soniga; -ikkala yo‘l kontakt tarmog‘i simlari qarshiliklarining nisbatiga.
Ikkita yo‘lli bir fazali o‘zgaruvchan tok uchastkasida nimstansiyani kontakt tarmog‘iga ulanish sxemasi: 1 - nimstansiya; 2 - peregon kontakt tarmog‘i; 3 – izolatsion birikma; 4 - stansiya kontakt tarmog‘i; 5 - neytral qo‘yilma; F1, F2, F4, F5 - peregon ajratgichlari; F3 - stansiya ajratgichi; A, B, V, G - bo‘ylama ajratgichlar; K - ko‘ndalang ajratgich AdabiyotlarAdabiyotlar
Download 7.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling