1-маъруза. Elektrotexnika materiallarining sinflanishi


Download 7.63 Kb.
Sana08.06.2023
Hajmi7.63 Kb.
#1464921
Bog'liq
7-Ma\'ruza

7-TORTISH TARMOG‘INI MANBA BILAN TA’MINLASH VA UNI SEKSIYALASH SXEMALARI.

REJA

  • Kontakt tarmog‘ini bir tomonlama (a) va ikki tomonlama energiya bilan ta’minlash sxemalari
  • Ikkita yo‘lli uchastka kontakt tarmog‘ini manba bilan ta’minlash sxemalari

Tortish tarmog‘ini manba bilan ta’minlash va uni seksiyalash sxemalari.

Tortish tarmog‘ini manba bilan ta’minlash va uni seksiyalash sxemalari.

  • Tortish tarmog‘ining ishonchli ishlashi uni manba bilan ta’minlash va seksiyalash (kontakt tarmog‘ini alohida-alohida qismlarga ajratish) sxemalariga bog‘liq. Kontakt tarmog‘ini seksiyalash uning ayrim qismlari ta’mirlanishga muhtoj bo‘lganda yoki shikastlanganda uni manbadan ajratish imkonini beradi.
  • Kontakt tarmog‘ini manba bilan ta’minlash va seksiyalash sxemalarini tanlashda quyidagi omillar e’tiborga olinadi: yuklamaning nimstansiyalar va kontakt tarmog‘i ayrim uchastkalari o‘rtasida taqsimlanishi, qisqa tutashish tokining minimal qiymati, tortish tarmog‘idagi kuchlanish yo‘qolishi va boshqalar.

Bitta nimstansiyadan ta’minlanayotgan va undan izolatsion tugun (izolatsion birikma yoki neytral qo‘yilma)gacha bo‘lgan kontakt tarmog‘ining qismi fider zona deb ataladi. Bitta nimstansiyaga birlashgan ikkala yondosh fider zona esa nimstansion zona deb ataladi.

  • Bitta nimstansiyadan ta’minlanayotgan va undan izolatsion tugun (izolatsion birikma yoki neytral qo‘yilma)gacha bo‘lgan kontakt tarmog‘ining qismi fider zona deb ataladi. Bitta nimstansiyaga birlashgan ikkala yondosh fider zona esa nimstansion zona deb ataladi.
  • Bir tomonlama ta’minlash sxemasining afzalliklari shundan iboratki, bu sxemada kontakt tarmog‘ini himoyalash shartlari yaxshiroq va yondosh tortuvchi nimstansiyalar shinalaridagi kuchlanishlar bir-biridan ancha farq qilganda ham muvozanatlovchi toklar paydo bo‘lmaydi, ya’ni qo‘shimcha quvvat isrofi yuzaga kelmaydi. Asosiy kamchiligi - kontakt osmasiga sarf bo‘ladigan mis miqdorining ko‘pligi, chunki har bir yuklama faqat bitta nimstansiyadan energiya bilan ta’minlanadi.

Kontakt tarmog‘ini bir tomonlama (a) va ikki tomonlama (b) energiya bilan ta’minlash sxemalari

Kontakt tarmog‘ini bir tomonlama (a) va ikki tomonlama (b) energiya bilan ta’minlash sxemalari


a)

Ikki tomonlama ta’minlash (nimstansiyalarning parallel ishlashi) sxemasida kontakt tarmog‘ining ishonchli ishlash imkoniyati oshadi, chunki shikastlanish natijasida birorta tortuvchi nimstansiya ishdan chiqqanda ham tortish tarmog‘ini elektr energiyasi bilan ta’minlash ushbu fider zonadagi boshqa tortuvchi nimstansiya hisobidan amalga oshiriladi. Kontakt tarmog‘i va relslardagi toklar miqdori nisbatan kichikligi hisobidan kontakt osmasiga ishlatiladigan mis miqdori, nimstansiya va tortish tarmog‘idagi energiya isrofi va kuchlanish yo‘qolishi hamda aloqa liniyasiga ta’siri va yer osti metal inshootlarning elektrokorroziyasi kamayadi.

  • Ikki tomonlama ta’minlash (nimstansiyalarning parallel ishlashi) sxemasida kontakt tarmog‘ining ishonchli ishlash imkoniyati oshadi, chunki shikastlanish natijasida birorta tortuvchi nimstansiya ishdan chiqqanda ham tortish tarmog‘ini elektr energiyasi bilan ta’minlash ushbu fider zonadagi boshqa tortuvchi nimstansiya hisobidan amalga oshiriladi. Kontakt tarmog‘i va relslardagi toklar miqdori nisbatan kichikligi hisobidan kontakt osmasiga ishlatiladigan mis miqdori, nimstansiya va tortish tarmog‘idagi energiya isrofi va kuchlanish yo‘qolishi hamda aloqa liniyasiga ta’siri va yer osti metal inshootlarning elektrokorroziyasi kamayadi.

Ikkita yo‘lli uchastka kontakt tarmog‘ini manba bilan ta’minlash sxemalari:

Ikkita yo‘lli uchastka kontakt tarmog‘ini manba bilan ta’minlash sxemalari:

a - alohida ta’minlash sxemasi; b - tugunli sxema; d - parallel ulanish sxemasi

Ko‘p yo‘lli va ikkita yo‘lli uchastka yondosh yo‘llari kontakt tarmog‘i ko‘ndalang simlar yordamida o‘zaro ulanganda yuklamalar notekisligini kamaytiradi. Bunda tarmoqdagi energiya isrofi va kuchlanish yo‘qolishi kamayadi va bu kamayish quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi: -birinchi va ikkinchi yo‘llardagi poyezdlar iste’mol qilayotgan energiyalar nisbatiga (ayniqsa rekuperatsiya paytida); -yo‘lning o‘tkazish qobiliyatidan foydalanish darajasiga; -poyezdlar turli rusumligiga; -poyezd iste’mol qilayotgan tokning o‘zgarish xarakteriga; -ko‘ndalang ulanishlar soniga; -ikkala yo‘l kontakt tarmog‘i simlari qarshiliklarining nisbatiga.

  • Ko‘p yo‘lli va ikkita yo‘lli uchastka yondosh yo‘llari kontakt tarmog‘i ko‘ndalang simlar yordamida o‘zaro ulanganda yuklamalar notekisligini kamaytiradi. Bunda tarmoqdagi energiya isrofi va kuchlanish yo‘qolishi kamayadi va bu kamayish quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi: -birinchi va ikkinchi yo‘llardagi poyezdlar iste’mol qilayotgan energiyalar nisbatiga (ayniqsa rekuperatsiya paytida); -yo‘lning o‘tkazish qobiliyatidan foydalanish darajasiga; -poyezdlar turli rusumligiga; -poyezd iste’mol qilayotgan tokning o‘zgarish xarakteriga; -ko‘ndalang ulanishlar soniga; -ikkala yo‘l kontakt tarmog‘i simlari qarshiliklarining nisbatiga.

Ikkita yo‘lli bir fazali o‘zgaruvchan tok uchastkasida nimstansiyani kontakt tarmog‘iga ulanish sxemasi:
1 - nimstansiya; 2 - peregon kontakt tarmog‘i; 3 – izolatsion birikma;
4 - stansiya kontakt tarmog‘i; 5 - neytral qo‘yilma; F1, F2, F4, F5 - peregon ajratgichlari; F3 - stansiya ajratgichi; A, B, V, G - bo‘ylama ajratgichlar; K - ko‘ndalang ajratgich

Adabiyotlar

Adabiyotlar

  • 1. Amirov S.F. Elektrlashgan temir yo‘llar elektr ta’minoti: Oliy temir yo‘l o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik. – Toshkent: «ADAD PLYUS» MChJ, 2016. – 490 b
  • Тер-Оганов Э.В., Пышкин А.А. Электроснабжение железных дорог: учебник – Екатеринбург: Изд-во УрГУПС, 2014. – 432 с.

Download 7.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling