4-Amaliy mashg‘ulot
OCHIQ ELEKTR TARMOQLARI HOLATLARINI HISOBLASH
Elektr sistemalarining sxemalari
Elektr sistemasi – elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish uchun xizmat qiluvchi elektr zanjiridir.
Elektr zanjirining almashtirish sxemasi (yoki sxemasi) deb uni tashkil etuvchi uchastkalarning o‘zaro bog‘lanishini ko‘rsatuvchi va elektr zanjirining xossalarini ifodalovchi grafik tasvirga aytiladi.
SHoxobcha deb elektr zanjirining ketma-ket ulangan elementlardan tashkil topgan (bitta tok oquvchi) uchastkasiga aytiladi.
Ikki yoki undan ko‘p shoxobchalarning o‘zaro tutashgan joyi tugun deyiladi. SHoxobchalardan biri tok manbai bo‘lishi mumkin.
Kontur – bir nechta shoxobchalar orqali o‘tuvchi har qanday yopiq yo‘ldir.
Agar elektr zanjiri konturga ega bo‘lmasa, u holda u ochiq elektr zanjiri deb ataladi.
Elektr uzatish liniyasi holatini yuklama quvvati berilganda hisoblash
EUY oxirida kuchlanish berilgan ( ). YUklama quvvati , kuchlanishi , elektr uzatish liniyasining qarishiligi va o‘tkazuvchanligi ma’lum. Kuchlanish , uzatish liniyasining bo‘ylama qismi oxiri va boshlanishidagi quvvatlar , quvvat isrofi , uzatish liniyasi boshlanishidagi quvvat larni topish talab etiladi. Qizish bo‘yicha cheklovni tekshirish maqsadida, ba’zan, tokni ham topish talab etiladi.
Hisoblash uzatish liniyasining oxiridan boshlanishiga tomon qidiriluvchi quvvat va kuchlanishlarni Kirxgaf va Om qonunlaridan foydalanib aniqlash tartibida davom ettiriladi.
Uzatish liniyasining oxiridagi zaryad (sig‘im) quvvati
. (8.1)
Kirxgofning birinchi qonuni bo‘yicha uzatish liniyasi bo‘ylama qismining oxiridagi quvvat
. (8.2)
Do'stlaringiz bilan baham: |