1-ma’ruza. Energetikaning muhum o‘rni. Energetikaning strukturasi
Download 1.52 Mb.
|
EEICH vaU lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-MA’RUZA ELEKTR ENERGIYANI O‘ZGARMAS VA O‘ZGARUVCHAN TOKDA ISHLAB CHIQARISH ,O‘ZATISH,TAQSIMLASH VAISTEMOL QILISH.
- Elektr tokining magnit xususiyatlari
Gidroelektr stansiyalar
Suv energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi gidroelektr stansiyalarning (GES) ishlashini o‘rganuvchi fan gidravlika deb yuritiladi. U ikki qismdan – suyuqliklar muvozanatini o‘rganuvchi gidrostatika va suyukliklar harakatini o‘rganuvchi gidrodinamikadan tashkil topgan. Ixtiyoriy yuza bo‘ylab oquvchi suvning quvvati uning sarfi, yuqori va quyi beflardagi suv sathlari bilan belgilanadi. YUqori va quyi beflar sathlari orasidagi farq napor deb ataladi. Oqib tushuvchi suvning quvvatini (kVt) uning sarfi (m3/s) va napori (m) orqali ifodalash mumkin: . GESlarda gidrotexnik inshootlar, turbinalar va generatorlarda yuz beruvchi isroflar bilan bog‘lik ravishda suv oqimi quvvatining faqat bir qismidan foydalanish mumkin. SHunday qilib, GESning taxminiy quvvati quyidagicha hisoblanishi mumkin: , bu erda, - suv sarfi, - napor, - GESning FIK. Tekis joylardagi daryolarda napor tug‘on yordamida, tog‘li joylarda esa maxsus aylanib oquvchi – derevatsion kanallar yordamida hisol qilinadi (1.6-rasm). Gidravlik turbinalarda suvning energiyasi turbina vali aylanishining mexanik energiyasiga o‘zgartiriladi. Agar bunda suvning dinamik bosimidan foydalanilsa, turbina aktiv, statik bosimidan foydalanilsa – reaktiv deb yuritiladi. 16-MA’RUZA ELEKTR ENERGIYANI O‘ZGARMAS VA O‘ZGARUVCHAN TOKDA ISHLAB CHIQARISH ,O‘ZATISH,TAQSIMLASH VAISTEMOL QILISH. Reja
1. Elektr tokining magnit xususiyatlari.
Elektr va magnit hodisalari bir-biridan ajralmas holda mavjud bo‘ladi. Elektr tokisiz magnit hodisasi va, aksincha, magnit hodisasisiz elektr toki bo‘lmaydi. Tabiatda elektr doimo kinetik harakatda, elektr toki tarzida sodir bo‘lgani uchun, albatta, magnit hodisalari ham elektr hodisalari bilan birgalikda sodir bo‘ladi. Magnit maydonining harakatda bo‘lgan elektr zarrachalariga, ya’ni elektr tokiga ta’sir etishi bizga ma’lum. Elektr toki atrofida bo‘ladigan magnit maydonini ko‘rish uchun temir kukunlari yoki kichik magnit strelkalaridan foydalanishimiz mumkin. 2.1-rasmda magnit maydoni magnit kuch chiziqlari vositasida ifodalangan. Darhaqiqat, faraz qilingan shunday magnit kuch chiziqlari magnit maydoni manzarasini beradi. Magnit kuch chiziqlari yig‘indisi magnit oqimi (F) deb ataladi. Magnit maydonining ayrim qismlari qanchalik tarang yoki bo‘shligini magnit kuch chiziqlari zichligi bilan ifodalash mukin. Magnit maydonidagi yuza birligidan o‘tgan magnit kuch chiziqlarining soni magnit oqimi zichligini ifodalaydi: (2.1) 2.1-rasm 2.2-rasm Bu miqdor magnit induksiyasi deb ataladi. Magnit induksiyasi magnit maydonini miqdor va yo‘nalish jihatidan xarakterlovchi vektordir. Bio-Savar va Laplas magnit maydonining magnit strelkalarini og‘dirishini tekshirib, uzunlikdan o‘tuvchi toki (radius-vektorda) oraliqdagi nuqtada hosil qilgan magnit maydonining magnit induksiyasini (2.2-rasm) belgilaganlar: , (2.2) bu erda - tok bilan radius-vektor orasidagi burchak; - proporsionallik koeffitsienti. (2.2) formulani integrallab cheksiz uzun to‘g‘ri chiziqli o‘tkazgichdan o‘tgan tok hosil qilgan magnit maydoni formulasini topish mumkin: . (2.3) (2.1) formula magnit induksiyasi orqali magnit oqimini topish imkoniyatini tug‘diradi. Magnit oqimi magnit maydonining yuziga burchak hosil qilib utsa: . (2.4) Butun yuza bo‘ylab integrallasak, umumiy magnit oqimini topamiz: . (2.5) Magnit kuch chiziqlari doim berk – uchlari tutashib, xalkasimon kontur hosil qiladi (ular tok konturi bilan xuddi zanjir xalkasi singari ilakishgan). Buni miqdor jihatidan quyidagicha ifodalash mumkin: , (2.6) ya’ni, har qanday berk yuzadan chiqqan magnit oqimi nolga teng. Magnit oqimining amaliy birligi veber, absolyut elektromagnit birligi esa maksvelldir: 1 veber = 108 maksvell. Magnit induksiyasining amaliy birligi , absolyut elektromagnit birligi gauss deb ataadi. 1 gauss. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling