1-ma’ruza. Energetikaning muhum o‘rni. Energetikaning strukturasi
Moddalardagi magnit maydoni, magnit singdiruvchanligi, magnit
Download 1.52 Mb.
|
EEICH vaU lotin
Moddalardagi magnit maydoni, magnit singdiruvchanligi, magnit
maydonining kuchlanganligi Elektr toki tevaragida hosil bo‘lgan magnit maydoni shu muhit moddalarining xossasiga qarab o‘zgaradi. Magnit maydoni ta’sirida moddalarning molekula va atomlarida elementar elektr toklari vujudga kelishi tufayli shunday o‘zgarish bo‘ladi. Hatto tashqi magnit maydoni bo‘lmaganda ham har qanday modda ichida shunday elementar toklar bo‘ladi. Darhaqiqat, elektronlarning yadro atrofida orbita bo‘ylab aylanishini va elektronlarning o‘z o‘ki atrofida aylanishini shunday elementar elektr toklari sifatida tasvirlaymiz. SHunday elementar toklar tartibsiz holda bo‘lsa, garchi ular uzaro ta’sir etsa ham, ammo tashqaridan magnit maydoni namoyon bo‘lmaydi. Ammo tashqaridan magnit maydoni ta’sir etganda elementar toklar muayyan yo‘nalish oladi. Natijada, ular tashqi muhit maydoni ustiga qo‘yiladigan qo‘shimcha magnit maydoni hosil qiladi. SHunday ichki magnit maydoni umumiy magnit maydonini o‘zgartiradi (kuchaytiradi yoki susaytiradi). Ba’zi moddalarda tashqi magnit maydoni ta’sirida elementar toklar holatini o‘zgartirib, magnit maydonini kuchaytiradigan ravishda o‘rnashadi. Bunday moddalar paramagnit va ferromagnit moddalardir. Diamagnit modda deb atalgan bir guruh moddalar ham borki, ulardagi elementar toklar tashqi magnit maydoni ta’sirida umumiy magnit maydonini susaytiradi. Moddalardagi magnit maydonining qanchalik o‘zgarishi (2.2) formuladagi koeffitsientiga qarab belgilanishi mumkin. Bu magnit singdiruvchanlik koeffitsientidir. (2.2) va (2.3) formulalaridan ko‘rinishicha, magnit induksiyasi moddalardagi ichki va tashqi magnit maydonlarini ifodalaydi. SHu formulalarning o‘ng tomonidagi ifodada koeffitsienti ko‘paytiriladigan miqdorlarni bilan belgilasak, (2.7) kelib chiqadi. miqdori ham tomon yo‘nalgin vektordir. asosan tokka proporsional bo‘lib, magnit maydonining kuchlanganligi deb ataladi. (2.7) formuladan magnit singdiruvchanligini topamiz: (2.8) Magnit singdiruvchanligi magnit induksiyasining manit maydoni kuchlanganligiga bo‘lgan nisbatiga teng. Magnit singdiruvchanligining vakuumdagi qiymatini bilan belgilaymiz. Ferromagnit jismlardagi magnit singdiruvchanligi bilan belgilanadi va nisbiy singdiruvchanlik deb ataladi: (2.9) Absolyut elektromagnit o‘lchash sistemasida vakuumdagi magnit singdiruvchanligi bo‘ladi. Demak, bu sistemada nisbiy singdiruvchanlik . Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling