1-maruza: Ergonomika fani tushunchasi, uning turlari va rivojlanishi. Ergonomika fanining xuquqiy asoslari va mexnatni muxofaza qilish
Download 42.35 Kb.
|
эргономика умк
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy mehnat
- Ish faoliyatidagi zararli va xavfli omillar
Aqliy mehnat – bu o‘zida axborot qabul qilish, e’tibor va diqqatni ongda jamlashdir. Aqliy mehnat – operatorlik, ijodiy boshqarish, tibbiyot xodimlarining mehnati, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va talabalar mehnatidir. Aqliy faoliyat bu har xil axborotni tahlil qilish, xotirani va e’tiborni kuchaytirishdir. O‘quvchi va talabalar mehnati – bu asosiy imtixonlarni tashkil etadi, bunda asosiy xotira va e’tibor ko‘proq ishlaydi. Ijodiy faoliyat bu eng qiyin mehnat bo‘lib unda yaxshi xotira va e’tiborni talab qiladi. Ijodiy faoliyat yozuvchi, kompozitor, rassom va arxitektorlarga xosdir. Ularda asab tolalari charchaydi, taxikordiyaga (yurakning tez urishi) qon bosimi oshishiga, harorat ko‘tarilishiga olib keladi.
Aqliy mehnat vaqtida (o‘qish, yozish fikrlash, masala echish, dars tinglash va hokazo) asosan ko‘rish, eshitish, nutq organlari va ularning bosh miya po‘stlog‘idagi markazlarning nerv xujayralari ish bajaradi. Ammo aqliy faoliyat uzoq davom etaversa, ularning ish qobiliyati asta-sekin pasayib, ish sifati yomonlashadi, e’tibori kamayadi, o‘zlashtirish pasaya boshlaydi, u bo‘shashadi,mudraydi. Bu esa miya xujayralarning charchaganidan dalolat beradi. Miya nerv xujayralarini charchashini oldini olish uchun 5-10 daqiqa tanaffus beriladi. Jismoniy mehnat – bu bizning harakat a’zolarimiz tomonidan bajarilib, inson organizmning faoliyatini oshiradi (yurak, asab, nafas yo‘llarini) va ularning mehnatini ta’minlaydi, tananing skelet muskullari, paylari bo‘g‘imlari yordamida bajariladi. Bajariladigan ishning turiga va sarflanadigan energiya miqdoriga ko‘ra barcha ishlovchi odamlar 4 guruhga bo‘linadi. 1. Aqliy mehnat. 2. Mexanizatsiyalashgan jismoniy mehnat. 3. Mexanizatsiyalashmagan jismoniy mehnat. 4. Mexanizatsiyalashmagan og‘ir jismoniy mehnat. Charchashni profilaktikasi. Har bir faoliyat o‘z qiyinchiliklariga ega. Aqliy mehnat vaqtida bosh miya po‘stlog‘idagi nerv xujayralarning faolligi oshadi. Holdan toyish – bu ish faoliyatini pasayishidir. Charchash kundan kunga to‘planadi, so‘ng xolsizlikka olib keladi. O‘ta charchash – bu kasallikka olib boradi, asab tolalarini buzilishi, bosh og‘rig‘i, xotira susayishi, uyqusizlik, ishtaha buzilishiga olib keladi. Holdan toyish profilaktikasida asosiy chora bu ish tartibini, dam olishni to‘g‘ri tashkillashtirish bunda faoliyatni ketma-ketligi va uni orasida tanaffuslar qilish eng asosiy narsa bu dam olishda faollik, bunda qisqa tanaffus paytida o‘tkaziladigan jismoniy mashqlar. Asabni tinchlantirish maqsadida musiqa hamda psixologik xonasi tashkillanadi. Ratsional mehnat qilish va dam olish elementlariga gimnastika mashqlari, psixofiziologik tinim berish, funksional musiqalar eshitish kiradi. Ishlab chiqarishdagi gimnastika mashqlarini bajarish ish qobiliyatini tezroq tiklaydi. Issiq kunlarda yoki og‘ir mehnat qilganda yaxshi shamol latilgan xonalarda passiv dam olish maqsadga muvofiq. Musiqa ta’sirida ijobiy kayfiyat paydo bo‘ladi. Musiqa toliqishni pasaytiradi kayfiyatni va sog‘liqni yaxshilaydi, ish qobiliyatni oshiradi. Ish qobiliyatni tiklashda, charchashni yozishda, asab -ruhiy taranglikni yo‘qotishda relaksatsiya xonalarini tashkil etish kerak. 3. Ish faoliyatidagi zararli va xavfli omillar. Ular fizikaviy, kimyoviy, biologik va psixofiziologik turlarga bo‘linadi. Download 42.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling