1 ma‟ruza. Fanga kirish, prеdmеti, O„qitish maqsadi va uslublari. Kinеmatikaning fizik asoslari reja


Vektor kattaliklarni songa ko„paytirish va bo„lish


Download 50.34 Kb.
bet5/8
Sana19.06.2023
Hajmi50.34 Kb.
#1606721
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
fizika1

Vektor kattaliklarni songa ko„paytirish va bo„lish


Vektor kattalik musbat songa ko‘paytirilsa, uning kattaligi shu son marta ortadi, yo‘nalishi esa o‘zgarmaydi.
Vektor kattalik musbat songa bo‘linsa, uning kattaligi shu son marta kamayadi, yo‘nalishi esa o‘zgarmaydi.

Vektor kattaliklarning proyeksiyasi


Aravachaning harakat yo‘nalishi bo‘ylab Ox o‘qini o‘tkazamiz. Bunda O nuqtani vektorning boshiga to‘g‘ri keltirishimiz kerak. vektor oxiri A nuqtaga
Ox o‘qdan perpendikulyar o‘tkazamiz. Hosil bo‘lgan vektor vektorning Ox o‘qidagi tashkil etuvchisi, ya’ni proyeksiyasini ifodalaydi. Harakat yo‘nalishida aravachaga ta’sir etayotgan kuch shu proyeksiyaning uzunligiga teng bo‘ladi.

MEXANIK HARAKAT TURLARI


Agar jism ixtiyoriy teng vaqtlar oralig‘ida bir xil yo‘lni bosib o‘tsa, uning bunday harakati tekis harakat deb ataladi.
1 . Jismning harakat trayektoriyasi to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lsa, uning bunday harakati to‘g‘ri chiziqli harakat deyiladi. 2. Agar to‘g‘ri chiziqli harakatlanayotgan jism ixtiyoriy teng vaqtlar oralig‘ida bir xil masofalarni bosib o‘tsa, uning bunday harakati to‘g‘ri chiziqli tekis harakat deyiladi.
Jismning tekis harakatidagi tezligi jism bosib o‘tgan yo‘lning shu yo‘lni bosib o‘tish uchun ketgan vaqtga nisbati bilan aniqlanadi:
Jismni vaqt birligida bosib o‘tilgan yo‘liga son jihatdan teng bo‘lgan kattalikka tezlik deb ataladi.
Tezlik birligi: Xalqaro birliklar sistemasida uzunlik (yo‘l) birligi – metr (m), vaqt birligi – sekund (s) qabul qilinganligidan XBSda tezlikning birligi sifatida m/s qabul qilingan

  1. Harakat davomida jism tezligining son qiymati o‘zgaruvchan bo‘lsa, bunday harakatga notekis harakat deyiladi.

Notekis harakatda o‘rtacha tezlik jism bosib o‘tgan yo‘lning shu yo‘lni bosib o‘tishga ketgan vaqtga nisbati bilan aniqlanadi: ,
Notekis harakatda bosib o’tilgan yo’l:
Oniy tezlik: Jismning muayyan bir paytdagi yoki trayektoriyaning ma’lum bir nuqtasidagi tezligi oniy tezlik deb ataladi. Oniy tezlik jismning kuzatilayotgan ondagi tezligini bildiradi.

Download 50.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling