1-ma`ruza Fizika tarixi predmeti. Antik davr fizikasi
Download 349.5 Kb.
|
физика тарихы лекция
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fizika rivojlanishi boshlanishidan avvalgi davr. Antik fanning xarakteri.
1-ma`ruza Fizika tarixi predmeti. Antik davr fizikasi. Reja: Fizika tarixi predmeti, vazifasi, metodi. Fizika fanining rivojlantirish qonunlari, Fizika fanining boshqa tabiat fanlari bilan bog’lanishi. Fizika rivojlanishining asosiy bosqichlari va uning tarixini davrlashtirish. Fizika rivojlanishi boshlanishidan avvalgi davr. Antik fanning xarakteri. Qadimgi Yunon olimlarining natura falsafiy qarashlari. Aristotel` fizikasi. Arximedning mexanika soxasidagi izlanishlari. Adabiyotlar: P.S. Kudryavtsev. «Kurs istorii fiziki». 13 - 34 betlar. B.I. Spasskiy. «Istoriya fiziki». 41 – 57 betlar. R. Sobesyak. «Sherenga velikix fizikov» 7 -11 betlar. Fizika tarixini urganish bu umumiy fizikaviy bilimlar- ning ajralmas bir kismidir. chunki fizika fanini urganish bilan uning tarixi xam urganib boriladi, bu fanning konun koidalarining ochilishi, ushbu konunlarni ochishda olimlarning tutgan urnidir. Fizika tarixini bilish uchun asosan shu konunlarning yozilishini, asl nusxasini urganish uchun asl ma`nosini urganishda muxim urin egallaydi. Dunyo xakidagi bilimlar birdaniga shakllanmaydi, masalan: N`yuton konunlari minglab yillar urganilgan va uni tushunish uchun esa 250 yil vakt talab kilindi. Insoniyat bilmaslikdan bilimlikka utishi juda katta ogir yulni bosib utishi kerak. Fanni urganish uchun uning tarixini bilishimiz kerak- shu sababli xam fizika tarixi urganiladi. Ushbu tarix uzluksiz bulgani uchun xam, xar bir utgan davr fanining rivojlanishida uz urnini koldirganligi sababli fizika tarixi xam predmet sifatida karaladi. Xar kanday fanning asosiy vazifasi- konunlar ochishdir, bu konunlar shu soxani rivojlantiradi. Fan tarixining asosiy vazifasi esa shu konunlar asosida fan rivojlanishini boshkarishga karatilgan. Bir karashda bu nourinday kurinadi, chunki xar kanday fan xam oldindan Arximedni, Beruniyni, N`yutonni, Lobachevskiyni kachon tugilishini aytib bera olmaydi, lekin xar bir soxadagi kashfiyotlar ularni urganish va takomillashtirish albatta yangi olimlarni ruyobga chikarishda muxim rol` uynaydi. Demak, xar bir fanning uz tarixi bor. Xar kanday kashfiyot oldingi ochilgan kashfiyotning davomchisidir. Fan- insonlarning murakkab va nozik faoliyatining maxsulidir. Fan rivojlanishining tarixi formatsiyalar bilan boglikdir. Fizika fanining tarixi kuyidagi vazifalarni amalga oshiradi. 1. Tarixiy faktlarni topish va oydinlashtirish. 2. Tarixiy faktik materiallarni analiz kilish, uning moxiyatini ochish. 3. Fizikaviy umumiy konunlarni uzaro boglikligini ochish. Umumiy xar kanday fanning tarixi asosiy ikkita yunalishdagi vazifani xal kiladi. 1. Tabiat konunlari tarixi. 2. Jamiyat konunlari tarixi. Tabiiy fanlar tarixi urganilayotgan fan konunlari asosida yangi konunlarni ochish va uni tajribada sinab kurishdan iborat. Ijtimoiy fanlar konunlarini tajribada sinash ancha murakkab, shuning uchun ijtimoiy fanlar konunlarini tarixi urganiladi va oldingi utgan utgan jamiyat xayoti bilan takkoslab, jamiyatni kelajakda nima kutayotganligi bashorat kilinadi. Fizika fanini rivojlantirish konuniyati xam barcha fanlar katori jamiyatning amaliyot talabidan kelib chikadi. Bu talablar esa fizikaning rivojlanishida ishlab chikarishning rivojlanishiga, ishlab chikarishning rivojlanishida jamiyatning moddiy farovonligini usishiga olib keladi. Demak, fanning rivojlanishi ishlab chikarishni boshkarar ekan, ishlab chikarish fizikaning yangi konunlar ochishiga xar doim ta`zyik utkazib turadi. Masalan, Gyuygensning mayatnik nazariyasi - mexanik soatni ixtiro kilishga olib keldi. Termodinamikadan S.Karno tsikli bug mashinasini ixtiro etishga asos buldi. A.S.Popov tomonidan radioning kashf etilishi - radiofizikaning rivojlanishiga olib keldi va xakazolar. Astronomiya tabiiy fanlarning rivojlanishiga asosiy sababchilardan biridir. Astronomiyaning rivojlantirish uchun matematika fanini rivojlantirish shart bo`lgan. Astronomik kuzatishlar uchun qurilmalar yasash mexanik qonunlarni rivojlantirishga olib keldi. Masalan, Katta-qo`rg’onlar minoralar, yuksak machitlar, piramedalarni barpo qilish uchun richaglardan foydalanish kerakligi qurilish mexanikasi fanini vujdudga keltirdi. Bularning bari bevosita arifmetika, geometriya, algebra, astronomiya, mexanika va boshqa fanlarni o`zaro bog’liqligini keltirib chiqaradi. Masalan, matematikani o`rganish egipet va Vavilion matematikasi asosida fundamental son tushunchasi kirilidi va u geometrik hisoblashlarda ishlatildi. Quyosh, Oy harakat yo`nalishlari hisoblab chiqildi. Fizika fakat ishlab chikarish bilan boglik bulibgina kolmay u barcha tabiiy fanlar bilan xam boglikdir. Buni fanning tarixini urganishimizda kurib boramiz. Fizika tarixini kuyidagi davrlari uning rivojlanishiga karab urganib boriladi. 1. Kadimgi zamon fizikasi. a) Antik davr fizikasi (eramizdan oldingi U asrga kadar bulgan davr). b) Urta asr fizikasi (UII -X asr). v) Geliotsentrik sistema uchun kurash. g) Eksperimental va matematik metodlarni rivojlanishi. 2. Klassik fizikaning asosiy yunalishlari. a) Ilmiy inkilobning tugallanishi (18 asr). b) Fizikaning asosiy yunalishlarining rivojlanishi (19 asr). 3. Fizikada ilmiy inkilobning asosiy yunalishlari (20 asr) a) Elektron nazariya va elektrodinamikaning rivojlanishi. b) Eynshteynning nisbiylik nazariyasi. v) Atom va yadro fizikasining rivojlanishi. g) Fizikaviy inkilobning birinchi boskichi Rezerford- Bor nazariyalari kvant mexanikaning rivojlanishi. d) Yadro fizikasining rivojlanishi 1918- 1938 yillar. XULOSA: 1- ma`ruzamizni urganish kuyidagi vazifalarni amalga oshirdi.Nima uchun fan tarixi urganiladi. Fizika fanining predmeti, vazifasi va uni urganish metodlarining asosidan iborat. Fizika fani tarixini urganishning asosiy konuniyatlari nimalardan iborat. Fizika fanining boshka tabiat va gumanitar fanlar bilan boglik tarixi. Fizika tarixi predmetini urganish etaplari kaysi davrlarni uz ichiga oladi. Download 349.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling