1-ma`ruza Fizika tarixi predmeti. Antik davr fizikasi


takomillashtirish uchun savollar


Download 349.5 Kb.
bet4/31
Sana09.01.2022
Hajmi349.5 Kb.
#268022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
физика тарихы лекция

takomillashtirish uchun savollar.

  1. Arab xalifaligi qancha vaqt xukm surgan?

  2. A.R.Beruniy er sharining radiusini qanday aniqlagan?

  3. A.Oripovning «Kolumbda bor alamim manim, Œzbekiston vatanim manim» she`rini mazmuni nimani bildiradi.

3 - ma`ruza.

Klassik fizikani shakllanishi va rivojlanishi.
Reja:

  1. Tabiiy fanlarning rivojlanishida Leonardo da Vinchining ishlari.

  2. Klassik fizikaning shakllanishi va rivojlanish tarixi. XUII -asrdagi ilmiy inkilob.

  3. N.Kopernikning “Osmon sferasini aylanishi xaqida” gi asarining tabiatshunoslikning rivojlanishdagi axamiyati.

  4. Falsafa va tabiatshunoslik buyicha J.Bruno va Dekart ishlari.

5. G.Galiley ishlari va uni eksperimental metodni rivojlantirishdagi axamiyati.

6. Keplerning optika va osmon mexanikasi buyicha ishlarining yaratilish tarixi.

7. XVII -asrdagi fizika soxasidagi izlanishlar muammosi

Adabiyotlar:

1. S.P.Kudryavtsev “Kurs istorii fiziki”

2. G.M.Tomin S.R.Filonovich “Klassiki fizicheskoy nauki”.


evropaning uyg’onish davri X asrga to’g’ri kelib evropa Sharkning ixtisodiy va madaniy aloqalari orqali rivojlandi. Masalan o’sha davrda arablar Ispaniya, Italiya, Frantsiya va Angliyada birgalikda universitetlar tashkil kilishdi. Darslar lotin yozuvida olib borilar edi. XUII asrgacha lotin yozuvi xalqaro aloqa tili bo’lib keldi. Bu tilda Kopernik, N`yuton va Lomonosovlar yozishgan. Leonardo da Vinchi 1452 yil 14 aprelda Vinchi shaxri yaqinidagi Ankiano qishlog’ida notarius oilasida nikoxsiz tug’ildi. 1472 – 90 yillari Florentsiyada yashab 1506 yili Milanga qaytadi. U rassomlik ustaxonasida rasm chizishdan tashqari matematika, optika, mexanika va texnik fanlarni xam qunt bilan o’rgandi. Uning fizikaviy dunyoqarashi har qanday harakat qilayotgan jismga tashqi majburiy kuch ta`sir etmasa, tabiatdagi o’zining to’g’ri chiziqli harakat holatini saqlaydi deydi.

Leonardo da Vinchi tashqi kuch deb og’irlik, turli kuchlar, xarakat va ta`sir kuchini tushunadi.

Xarakatni vujudga keltiruvchi narsa – kuchdir . Kuch bu jismni xarakatga keltiruvchi narsadir deydi.

Og’irlik kuchining hususiyati va moxiyatini tushuntirib beradi.

To’lqin interferentsiyasini tushuntirgan va bu xodisa 200 yildan so’ng Gyuygens tomonidan aytilgan.

Uning mexanika va injenerlik soxasidagi ishlari xam muxim rol` o’ynaydi.

Burjuaziyaning rivojlanishi XUI asr va XUII asrlarda sanoatda fanning rivojlanishini talab qila boshladi. Bu davrda ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun fanlarning maxsuli tabiiy va eksperimental fanlarni rivojlantirishga extiyojni ko’paytirdi. Shu sababli XUI asrdagi ilmiy revolyutsiya dunyoqarashni hamma formalarini keng mikyosda qamrab olaboshladi. 1492 yil Kolumbning yangi erni ochishi 1519-1522 yillardagi Ferdinand Magellanning sayoxati erning sharsimon ekanligini tajribada isbotladi. Ilmiy revolyutsiya astronomiya fanida boshlandi. Bunga asos kilib N.Kopernikning buyuk inshosi edi. Bu inshoda olamning tuzilishi va unda erning o’rni xam tushuntirib berildi. Buyuk polyak olimi N.Kopernik 1473 yilda 19 fevralda Pol`shaning Torung shaxrida savdogar oilasida tug’ilgan. U Krakov universitetida, keyinchalik Italiyada xuquq, filosofiya, astronomiya, va meditsina fanlarini o’rgandi. U ko’pincha astronomiya bilan shug’ullanib, koinot tuzilishini o’rganib birinchi geliomarkaz sistemasini vujudga keltirdi. Uning birinchi ilmiy ishlari “Kichik izoxlar” deb atalgan bulib bu asar dunyo tuzilishining geliomarkaz sistemasiga bag’ishlangan edi, lekin bu asar chop etilmadi. Sababi o’sha davrdagi ko’pchilik diniy qarashlarga qarshi bo’lgani uchun qatiyan qoralangan edi. Uning “Osmon jismlarning xarakati” kitobi xayotining so’nggi yillari 1543 chop etildi. Ushbu asar 6 ta kitobdan iborat bulib:

1. Birinchi kitob “Yangi geliomarkaz sistemasi xakida”

2. Ikkinchi kitob sferik astronomiyaga bagishlangan bulib, unga yulduzlar katalogi kiritilgan.

3. 3-6 kitoblarda planetalar xarakati er va Oy xarakati xaqida so’z yuritiladi.

Kopernik birinchi marta er koinotning markazi emas, koinot sistemasining markazi Quyosh deb qaraydi. Barcha planetalar Quyosh atrofida aylanma xarakat bilan xarakat qiladi deb uning orbital aylanish sistemasini chizib tushuntiradi.

Italian olimi Djardano Bruno Kopernik ishlarining davomchisidir (1548-1600). U Olam cheksizligini yoqlab chiqdi. Koinot juda ko’p olamlardan tuzilgan deb aytadi. Lekin cherkov Djordano Brunoni 1600 yili tiriklayin o’tda yoqib yuboradi.

Frantsuz filosofi Rene Dekart (1595-1650y.) o’rta xol oilada tug’ilgan. Uning qiziqishi matematikaga qaratilgan edi. U bizga matematikada Dekart koordinatalar sistemasi nomi bilan tanish. Uning “Metodlar xaqida muloxazalar”, “Dioptrika”, “Meteorlar” va “Geometriya” asarlari mavjud. U birinchi bo’lib, butun olam tortishishini aytgan. Xarakatning saqlanish qonuni ham uning asosiy dunyoqarashlaridan biri edi.

Kopernik ishlarining eksperimental davomchisi buyuk italyan olimi Galileo Galiley 1564 yil Piza shaxrida muzikant dvoryanin oilasida tug’ildi. Uning otasi ug’lini vrach bo’lishini xohlagan edi. Shu sababli 1581 yili Piza Universitetiga o’qishga yuboradi. Lekin u Feorentsiyaga kelib matematika va mexanika bilan shug’ullanadi. Galiley birinchi Aristotel` ta`limotiga qarshi chiqib Pizo minorasida o’tkazgan tajribasi orqali, xavosiz bo’shliqda xar qanday jism bir xil tezlanish bilan tushishini isbot qildi. 1608 yili gollandiyalik olimlar tomonidan kuzatuv trubkasi ixtiro qilinganligini bilib, o’zi 1609 yili teleskop qurdi. Uning teleskopi narsalarni 30 marta katta qilib ko’rsatar edi. Ushbu teleskop orqali Oyni kuzatib uning yuzi xam er sirti singari baland – pastliklardan iboratligini aytib, Kopernik ta`limotni tasdiqlaydi. Œsha paytlarda Kopernik ta`limoti cherkov tomonidan ta`qib qilinganligi sababli Galiley xam Kopernik ta`limotini targ’ib qilishdan qo’rqadi. 1632 yili “Olam tuzilishi to’g’risida ikkita buyuk dialog” nomli kitobini chiqaradi. Bu kitob aslida Kopernik ta`limoti to’g’riligini isbot etuvchi ikki kishining o’zaro dialogi etib yozilgan.

Simplicho – Ptolemey ta`limoti tarafdori.

Sal`viti – Kopernik ta`limoti tarafdori.

Kitob chop etilgandan so’ng 1633 yili cherkov Galileyni Rimga sudga chaqiradi. Sud uni Kopernik ta`limoti targ’ibotchisi sifatida ayblaydi. Sud undan Kopernik ta`limotidan ochiqchasiga voz kechishni talab qiladi. 1638 yili “Ikki yangi fan xaqida suhbat va matematik isbot” kitobi chop etiladi. 1642 yili uning vafotidagi ko’mish marosimida ikkita nazoratchi qatnashgan.

Iogann Kepler 1571 Veyle shaxrida qashshoq asilzoda oilasida tug’ilgan. Kepler astronomiya va matematikaga qiziqdi. U geliomarkaz sistemasini quyidagicha sxematik talqin qildi.

U 1596 yili “Kosmografik sir” nomli kitobni yozadi. U atmosferani o’rganish erning atmosferasi eng og’ir atmosfera ekanligini aytadi. Kopernik planetalar orbitasini doiradan iborat degan edi. Kepler esa orbitalarni ovalsimon ellipsdan iborat deb aytdi. 1611 yili uning optikada “Dioptika” asari bosilib chiqdi. U bu kitobda teleskopdagi nurning yuli va linzalar sistemasini yozadi. 1619 yili “Olam garmoniyasi” asarida planetalar xarakat qonunini yoritadi. 1630 yili shamollashdan vafot etadi.

Blez Paskal` 1623 yili 13 iyunda Klermon – Ferranda yurist oilasida tug’ildi. 1653 yili Paskal` qimorboz Shevel`e de Mare bilan tanishishi uning matematikada nisbiylik nazariyasini yaratishiga olib keladi. 1640-1650 yillari u gidro va aerodinamika bilan shug’ullanadi. 1662 uning vafotidan so’ng “Mыsli” kitobi chop etiladi.

Robert Guk 18 iyul` 1635 yil Angliyaning Uayt orolida tug’ildi. 1661 yili o’zining birinchi, kapillyarlik to’g’risidagi maqolasini e`lon qildi. 1665 yili “Mikrografiya” kitobi chop etilib bu kitob yorug’likning tabiati ya`ni yoruglikning tulqin nazariyasini ochib beradi.

Xristian Gyuygens (1629-1695) gollandiyalik olim, fizik, matematik va astronom, mayatnikli soat ixtiro qilgan. U jismlarning erkin tushishi, qiya tekislikdan tushayotgan jism konuniyatlarini yaratadi. Asosan, u tebranma xarakat tenglamasi ustida ish olib borgan. Uning 1690 yil “Nurning yuli” kitobi birinchi to’lqin optikasini o’zida aks ettirgan asardir.

Robert Boyl` (1627-1691) ko’zga ko’ringan ximik eksperimentator, birinchi bo’lib Torichelli tajribasidagi simobni ko’zga ko’rinmas iplar bilan bog’lanib turadi degan izoxiga qarshi chiqqan, simobning ko’tarilishi va tushishiga atmosfera bosimi sabab ekanligini aytadi. 1662 yili “Xavoning og’irligi va uning egiluvchanligi xaqida doktarantura” nomli ilmiy ishi gaz qonunlarini yaratishga asos bo’ldi.

XULOSA: Bu davr geliomarkaz sistemasini takomillashtirish davri bo’ldi. Astronomiyada Kolpernik tomonidan boshlangan ilmiy inqilob, Galiley, Kepler tomonidan cherkov ta`qiqlashiga qaramasdan rivojlandi. Astronomiyadagi inqilob, er yuzasidagi yangi qit`alarni ochilishiga olib keldi. erning sharsimon ekanligi eksperimentlarda isbotlandi.


Takomillashtiruvchi savollar:

1. Nega Boyl` – Mariot qonuni Boyl` – Tounli qonuni xam deb ataladi?

2. I.Keplerning I,II,III- qonunlarini ta`riflab bering?

3. G.Galileyning Pizo minorasida o’tkazgan tajribasining fizik ma`nosini tushuntirib bering.





Download 349.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling