1-ma`ruza Fizika tarixi predmeti. Antik davr fizikasi


Download 349.5 Kb.
bet28/31
Sana09.01.2022
Hajmi349.5 Kb.
#268022
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
физика тарихы лекция

Qozizoda Rumiy
Ulug’bekning matematika va astronomiya sohalari bo’yicha birinchi ustozlaridan hisoblangan Rumiy Kichik Osiening, yan`i Rumning Burs shahrida 1360 yillarda qozi oilasida dunyoga kelgan. O’z yurtida astronomiya va matimatikadan etarlicha keng bilimga erishgan Rumiy Hurosondalik kezlarida markazi Samarqand bo’lgan Movarounnahrda matematikaning rivojlanganligi haqida eshitib Samarqandga yul oladi. Mashhur «Asar al-Boqiya»ning muallifi Solih Zokiyning ma`lum kilishicha, Rumiy Samarqandga XIV asirning oxirgi o’n yilligida kelgan.

Tarixchi Vasifiy Rumiyning ma`lum qilishicha, Rumiyning ma`lumoti haqida shunday xikoya qiladi. Uning yozishicha, Ulug’bek madrasasining birinchi mudarrisi mavlono Muhammad Xavofiy bulgan Madrasa qurilishining yakunlanishi arafasida, Ulug’bek madrasaga kim mudarrislik qilishi haqida so’rashganda, u «...barcha fanlar buyicha etarli ma`lumotga ega bo’lgan kishini izliymiz», - deb jovob bergan.

Qozizoda Rumiy Samarqandda Ulug’bekning bobosi Temur saroyida astronom bo’lib ishlagan mavlono Ahmaddan dars olib, o’zining ilmu nujuma bo’yia oldindan erishgan bilimlarini to’ldirgan. Hijriy yil hisobi bilan 808 yil (1405-1406 yillar)da "Ajab al-Mandur fi axbori Temur" ("Temur haqida qiziqarli xabarlar") kitobining muallifi Ibn Arabshohga o’zi tuzgan va sayyoralarning holatlarini aks qilgan 200 ta jadvali haqida yozgani ma`lum.

Ayrim tarixiy manbalarga ko’ra, Rumiy 1420 yillardayoq Ulug’bek madrasasining matematika va astronomiya shu`basiga rahbarlik qilgan. 30-yillarning boshlarida uning ma`ruzalarini eshitish uchun Alisher Navoiyning ustozi yosh Abdurahmon Jomiy tashrif buyurganini ham tarixiy manbalar ma`lum qiladi. Mashg’ulotlarning asosiy predmeti qilib Rumiy XII–XIII asrlarda o’tgan xorazmlik mashhur riyoziyotchi, astronom va vrach Mahmud ibn Muhammad ibn Umar al-Chag’miniyning "Al-Mulaxxas fil-hay`a" ("Astronmiyaning qiqacha bayoni") asariga o’zi yozgan sharhlarni olgan edi.

Rumiyning "Sharh al-Chag’maniy"dan tashqari ""Al-Majistiy"ning bayoniga sharh", "Astronomiya fani haqida risola", "Sinus-kvadrant haqida risola", "Astronomiya va geometriya haqida risola" va "Arifmetika haqida risola" kabi asarlari bizgacha etib kelgan bo’lib, bu asarlarning ko’pchiligi Istambul, Berlin, London, Tehron va Sankt-Piterburg kutubxonalarida hozirgacha saqlanadi.

Rumiyning qachon vafot qilganligi haqida aniq ma`lumot tarixiy manbalarda hozircha uchramagan.



Download 349.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling