1-ma`ruza Fizika tarixi predmeti. Antik davr fizikasi
Download 349.5 Kb.
|
физика тарихы лекция
Radiaktivlik
1896 yil 20 yanvar, Parij akademiyasidan Anri Puankarenning rentgen nurlari ustidan tajribalarini eshitgan Anri Bekkerl` ushbu tajribani tasdig’ini ko`rish uchun o`zi tajriba o`tkazadi, lekin u qizdirilgan katod bo`lmasa ham uran tuzining o`zidan-o`zi nur chiqarish hususiyatiga ega ekanligini 1896 yil 1 mart kuni aniqlagan va 2 mart kuni o`zining yangi ixtirosini e`lon qildi, bu ixtiro «uran nuri» yoki keyinchalik «Bekkerl` nuri» nomi bilan yuritildi. Uran tuzini nurlarini va hususiyatlarini Mariya Sklodovskaya va uning eri P`er Kyurilar ham tasdiqlashdi, bu esa fizikada XIX asrning oxirlaridagi yana bir yangilik edi. 1898 yili Kyurilar tomonidan urandan ham intensivroq radiaktiv nurlar chiqaruvchi modda radiy ixtiro qilindi. Radiaktivik – keyinchalik hozirgi zamon fizikasida muhim o`rin tutadigan radiaktivlikning ochilishi, yadro fizikasi va elementar zarrachalarda muhim yo`nalishni belgilab beruvchi yangiliklardan biri edi.
Radiaktivlikda , , j nurlarini hususiyatlari o’rganilib va nurlar (+) va (-) nurlar ekanligi tezda aniqlangan bo’lsada j nurini murakkabligi ko’pgina tortishuvlarga sabab bo’lgan va keyinchalik j nurini hususiyati, bu elektromagnit chaqnash ekanligi aniqlandi. 2-masala radiaktivlik energiyani qaerdan olishidir. Oldiniga tashqi ta`sir deb qarashdi. Keyinchalik esa, bu o’ziga hos bo’lgan moddalarda mavjudligi aniqlanib uning energiyasini radiaktiv moddaning ichki hususiyatida kelib chiqishi kerakli tushinildi. Radiaktiv moddalarning nurini hususiyatini o’rganish, elektronni hususiyatini o’rganishda katta dastak bo’ldi. 1897 yili J.J.Tomson zaryadni massaga nisbatini o’lchadi. Elektron boshqa zaryadli zarralarga nisbatan tez ajraladigan zarrachadir. Elektronni moddadan ajratish uchun unga energiya berish kerak. Buning uchun katta miqdorda vakkum qilish va ushbu zarrani aniqlash uchun elektr o’lchov asboblari mavjud bo’lishi kerak. Masalan: metaldan ajratish uchun uni qizdiriladi. Masala: a) fotoelektron emisiya; b) termoelektron emisiya; Demak, metaldan elektron ajratib chiqarish uchun energiya berish kerak. Masalan: havorang nur uchun 3 eV berish kerak, ultrofioletiviy nurlanish uchun esa 10 eV miqdorda energiya talab qiladi. (-) q=1,6 x 10^-19 Kl. Elektronninng massasini aniqlash uchun oddiy tarozi usulini qo’llab bo’lmaydi, lekin elektr magnit maydoni ta`siri o’zini tezligini o’zgartirishi mumkin, ya`ni shul`anish oladi. Elektronning harakat troektoriyasiga perpendikulyar bo’lgan magnit maydon ta`sir kuchi F=Ve V-magnit maydon kuchlanishi. e-elektron zaryad -uning tezligi bu kuch markazga intilma kuchni yuzaga keltiradi F=ma, a=²/r, r- elektron aylanma xarakat troektoriyasining radiusi F=F Ve=ma Ve=m*(²/r) Ver=m² , m=Ver/, m=9*10-³¹; Elektron massaning aniqlashning yana bir turi e=ms² orqali ham aniqlasa bo’ladi. e=ms²=(9*10-³¹)*3*10??m/s²=81*10^-15 Dj 1880 yili bitirish imtixonlarini muvofaqqiyatli tugatgan Tomson Kavedish laboratoriyasida ixtirochi bo’lib ishga kirdi. Bu paytda laboratoriya direktori lord Rele edi. 22 dekabr 1884 yili 27 yoshli ta`lantli Tomson laboratoriya sovetining qaroriga binoan Kavedish laboratoriyasining 3-professorligi lavozimida ishladi. 1887 yili Kavedish kutubxonasiga Maksvell kitoblarini berilishi bu kutubxonani boyitdi. Al`bert Eynshteyn (1879-1955) buyuk fizik, nisbiylik nazariyasi asoschilaridan biri. Germaniyada Ul`mak shaxrida tug’ilgan, 14 yoshidan boshlab oilasi bilan Shveytsariyada yashadi, u erda 1900 yilda Tsyurix politexnikumini tugalladi. 1902-1909 yillarda Bernda patent byuroning eksperti vazifasida ishladi. Shu yillarda, Eynshteyn maxsus nisbiylik nazariyasini yaratdi, statistik usulini broun harakati, nurlanish nazariyasi va boshqa sohalarda tadqiqot olib bordi. 1914 yili Eynshteyn Berlin universitetiga o’qituvchilikka taklif qilindi. O`zining Berlindagi hayoti davrida u umumiy nisbiylik nazariyasini yaratdi, nurlanishning kvant nazariyasini rivojlantirdi. Fotoeffektni qonunlarini ochganligi, hamda nazariy fizika sohasidagi ishlari uchun Eynshteyn 1921 yilda «Nobel`» mukofatiga sazovor bo’ldi. 1933 yilda Germaniya tepasiga fashistlar kelgandan so’ng, Eynshteyn AQSh ga, Pristonga ko’chib ketdi, hamda u erda umrining oxirigacha Oliy tadqiqot institutida ishladi. 1905 yilda yorug’lik tezligiga yaqin tezliklar bilan harakatlanuvchi jismlar mexanikasi va elektrodinamikani maxsus nisbiylik nazariyasini e`lon qildi. Eynshteyn butun yadro energetikasi zaminida yotuvchi, massa va energiyani bog’lanish qonunini e=ms² ochdi. Olim kvant nazariyasi taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. Uning fotoeffekt nazariyasida yorug’lik kvantlar oqimi sifatida qaraladi. Fotonlarning mavjudligi 1922 yilda amerika fizigi A.Kompton eksperimentlarida tasdiqlagan edi. Eynshteyn fotoximiya asosiy qonunini (Eynshteyn qonuni) topdi. Bu qonunga ko’ra yutilgan har bir yorug’lik kvanti bitta elementar fotoximiyaviy reaktsiyalarni yuzaga keltiradi. Eynshteyn ilmiy ijodining cho’qqisi 1916 yilda yakunlangan, umumiy nisbiylik nazariyasi bo’ldi. Eynshteyn g’oyalari N`yuton zamonasidan fizikada hukmron bo’lgan fazo, vaqt va butun olam tortilishi qonunlarini tushintirib berishda muhim rol` o’ynadi. Download 349.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling