1 Ma’ruza: Gazbeton buyumlari uchun xom ashyo materiallari


Ma’ruza: Ko’pikbeton buyumlari uchun xom ashyo materiallari


Download 4.32 Mb.
bet4/10
Sana28.10.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1729304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 Maruza Gaz. ko\'p. beton xom ashyo

3 Ma’ruza: Ko’pikbeton buyumlari uchun xom ashyo materiallari.
Penobeton bloklari ishlab chiqarishda kerakli qorishmaning tarkibi juda oddiy. Zarur markadagi penobeton bloklari ishlab chiqarish uchun quyidagi xom ashyolar sarflanadi:
Sement - GOST 10178-85;
Qum - GOST 8736-93;
Suv - GOST 23732-79;
Ko’pirtiruvchi
24Yurtimiz penobeton bloklari ishlab chiqarish uchun sarflanadigan sement, qum, suv xom ashyo zaxirasi yetarli darajada.
Quyidagi jadvalda 1m3 penobeton bloklarini ishlab chiqarishga ketadigan namunaviy xom ashyolar ro’yxati keltirilgan.

Markasi

1 mz

1 m3 ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xom ashyo

D400

Sement-300 kg
Qum -120 kg
Ko’pik hosil qiluvchi – 0,85 kg
Suv – 160 l




D600

Sement-330 kg
Qum -210 kg
Ko’pik hosil qiluvchi – 1,1 kg
Suv – 180 l




D800

Sement-400 kg
Qum -340 kg
Ko’pik hosil qiluvchi – 1,1 kg
Suv – 230 l






Portlandsement.
Gil bilan karbonatli tog’ jinslarining kuydirganda qovishgan omuxtasini mayda qilib tuyib hosil qilingan gidravlik bog’lovchi modda portlandsement deb ataladi. Qovushib qolgan mayda toshsimon donalar ko’rinishida qotib qolgan xom ashyo klinker deb ataladi.
Tuyib maydalangan klinker suvda qorganda juda tez yopishib qotadi, bu esa undan foydalanishni ancha qiyinlashtiradi. Portlandsementning qotishini sekinlashtirish uchun to’yib, maydalangan vaqtida o’nga gips qo’shiladi. Qo’shiladigan gips miqdori SO3 (sulpfat kislota angidridi) ga aylantirib hisoblaganda 1,5 % dan va 3,5 % dan ko’p bo’lmasligi lozim.
Portlandsementning xossalarini yaxshilash hamda bahosini kamaytirish maqsadida klinkerga uni tuyib maydalangan vaqtda 15% miqdorida aktiv mineral (gidravlik) moddalar (trepel, diatomit va boshqalar) qo’shishga yo’l qo’yiladi.
Xom ashyo. Portlandsement ishlab chiqarish uchun tog’ jinslari–mergellar, ohaktoshli (ohaktoshlar, bo’r, chig’anoqtosh, ohak tufi va boshqalar) va gilli tog’ jinslari dastlabki xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Sement tarkibida ohaktosh bilan birga oksid CaO kiritiladi; gil bilan, alyuminiy, temir oskidlari; mergel bilan boshqa barcha oksidlar kiritiladi.
Tabiatda ximiyaviy tarkibiga ko’ra sifatli portlandsement klinkeri olishni ta’minlaydigan tog’ jinslari kam uchraydi, shu sababli xom ashyo aralashmasiga ikki yoki bir nechta qo’shimchalar kiritiladi. Xom ashyo aralashmasi qo’shimchalarining nisbati shunday hisobda tanlanadiki, qizdirishda hosil qilgan portlandsement klinkeri quyidagi ximiyaviy tarkibiga ega bo’lsin: 63 – 68 % CaO; 4 – 8% Al2O3; 19 – 24% SiO2; 2 – 6% Fe2O3; odatda xom ashyo aralashmasi 75 – 78% ohaktoshdan va 25 – 22% gildan ibroat bo’ladi.
Portlandsement ishlab chiqarishda xom ashyo aralashmalarini tayyorlash, uni kuydirib klinker olish va klinkerga gips hamda boshqa qo’shimchalar qo’shib birgalikda kukun xolgacha maydalash asosiy texnologik jarayonlar hisoblanadi. Bularni ichida eng mahsuliyatli jarayon xom ashyo kuyidirib klinker olishdir. Kuydirish jarayonidat ohaktosh va gildan quyidagi (klinkerni tashkil qiluvchi) minerallar hosil bo’ladi:
3CaO SiO2 - uch kalptsiyli silikat (alit) S3S
2CaO SiO2 - ikki kalptsiyli silikat (belit) S2S
3CaO Al2O3 - uch kalptsiyli alyuminat S3A
4CaO Al2O3  Fe2O- to’rt kalptsiyli alyumoferrit S4AF
Portlandsementni xossasi shu minerallarning miqdoriga bog’liq.
Klinkerning minerologik tarkibi. Portlandsement klinkeri tarkibidagi minerallar o’rta hisobga quyidagi chegaralarda o’zgaradi: S3S 40 – 65%, C2S 15 – 40%, C3A 2 – 15% va C4AF 10 –20%. Bu minerallarning xar biri o’ziga xos hususiyatlarga ega.
Uch kalptsiy silikat (alit) ximiyaviy aktiv mineral hisoblanadi, u sementning mustahkamligini oshiradi, quyuqlanish va qotish jarayonini esa tezlatadi.
Ikki kalptsiy silikat (belit) alitga nisbatan sekin qotadi, lekin kulay sharoitda vaqt o’tishi bilan mustahkamligi tuxtovsiz ortib boradi.
Uch kalptsiy alyuminat klinker minerallari ichida eng tez qotadigan mineral hisoblanadi. Lekin, uning qotishidan hosil bo’lgan mahsulotning g’ovakdorligi yuqori, mustahkamligi esa past bo’ladi.
Turt kalptsiy alyumoferrit alitga nisbatan ancha sekin, lekin belitga nisbatan tezroq qotadi, mustahkamligi alitga nisbatan past bo’ladi.
Yuqorida ko’rsatilgan minerallarning miqdori ortganda portlandsementga maxsus nom beriladi. Agar sement klinkeri tarkibida C3S ko’p bo’lsa – alitli, C2S ko’p bo’lsa – belitli, C3S ko’p bo’lganda esa alyuminatli (yoki tselitli) portlandsement deb ataladi.
Sement tarkibida erkin holdagi CaO miqdori 0,5% dan oshmasligi lozim. Aks holda o’ta kuygan CaO kristallanib, qotgan sement toshida yoriqlar hosil qiladi.
Qum
Qum, bu mayda to’ldiruvchi bo’lib, uning tabiiy (boyitilgan va fraktsiyalangan) va maydalangan (boyitilgan, fraktsiyalangan, shu bilan birga tog’ jinslarini chaqiq toshga aylantirishdagi maydalash chiqindilari) turlari mavjud.
Betonda qumni optimal miqdorda ishlatganda sement sarfini kamaytirishga va mustahkamlikni oshirishga erishiladi. Oddiy og’ir beton uchun uyma zichligi 1400kg/m3 dan yuqori va dona zichligi 2.0g/sm3 dan yuqori qumlar ishlatiladi.



Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling