1 Ma’ruza: Gazbeton buyumlari uchun xom ashyo materiallari


Donalari yirikligi bo’yicha qumning guruxi


Download 4.32 Mb.
bet5/10
Sana28.10.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1729304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 Maruza Gaz. ko\'p. beton xom ashyo

Donalari yirikligi bo’yicha qumning guruxi
Jadval-

Qum

Yiriklik moduli

0.63mm ko’zli elakda qolgan to’liq qoldiq , %

O’ta yirik
Yirik
O’rta
Mayda
O’ta mayda

3 - 3.5
2.5 - 3
2 – 2.5
1.5 – 2
1 – 1.5

65 – 75
45 – 65
30 – 45
10 – 30
10 gacha



Oddiy og’ir beton uchun qumning donadorlik tarkibi O’zRST bo’yicha quyidagi talablarga javob berishi kerak
Jadval-

Nazorat elaklar ko’zi o’lchami, mm

2,5

1,25

0,63

0,315

0,16

Nazorat elakdagi to’la qoldiq A, %

0 - 20

5 - 45

20 - 70

35 - 90

90 - 100

SHu sababli 0,16 mm ko’zli elakdan 10% dan ko’p bo’lmagan qum namunasi o’tishi kerak.


Qumning donadorlik yoki granulometrik tarkibi unda mavjud turli yiriklikdagi donalar bilan harakterlanadi va o’rtacha qum namunasini standart elaklardan elab aniqlanadi. Qumni elash quyidagi ko’zli standart elaklarda amalga oshiriladi: 10mm; 5mm; 2,5mm; 1,25mm; 0,63mm; 0,315mm; 0,16mm.
10mm va 5mm elaklar qum tarkibidagi shag’al va chaqiq toshlarni ajratish uchun ishlatiladi.
10mm dan katta donalar 0,5%(massa bo’yicha)gacha ruxsat etiladi, 5mm dan yirigi esa:
- tabiiy qumda –10% gacha;
- maydalash chiqindilari asosidagi qumda - 19% gacha;
- boyitilgan qumlarda - 5% gacha.
Qumlarning donadorlik tarkibi 5mm ko’zli elakdan elab, yirik qo’shimchalarni ajratib aniqlanadi.
Quruq qumdan olingan namunaning 1000g massasini 2,5mm li elakka solinadi, uning ostida boshqa ko’zli elaklar joylashtiriladi (kichik ko’zli elaklar ketma-ketligida) va ostiga chiqindini yig’ish idishi qo’yiladi. Qum namunasini elaklar to’plamidan mexanik usulda va qo’lda titratib o’tkaziladi, natijada elaklarda qolgan ayrim qoldiq aniqlanadi. Ayrim qoldiq qum namunasining umumiy massasi bo’yicha foizda beriladi. SHundan so’ng elaklardagi to’la qoldiq aniqlanadi. To’la qoldiq shu elakdagi va nisbatan yirik ko’zli barcha elaklardagi ayrim qoldiqlarning yig’indisi bilan ifodalanadi. (rasm-1)



Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling