1-ma’ruza: Geografik axborot tizimlari va asoslari Reja: Geografik axborot tizimlarining rivojlanishi Asosiy tushunchalar va iboralar
-rasm. GISning tadqiqot uslublari
Download 68.37 Kb.
|
1-ma\'ruza 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
2.1-rasm. GISning tadqiqot uslublari
Fotogrammetriya: - Yer yuzasida joylashgan obektlarning o‘rnini, o‘lchamini va shaklini aniqlash metodlarini fotografik tasvirlar orqali ishlab chiqadi, bular esa aero- va kosmik fotosuratlarni qayta ishlash texnologik jarayonining asosiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Informatika: - avtomatik loyihalashda, ma’lumotlarni kiritish, tasvirlash va uzatishda, u asosida esa uch o‘lchamli ob’ektlarni hosil qilishda alohida ahamiyat kasb etadi; - kompyuter grafikasida erishilgan yutuqlar grafikli ob’ektlarni qayta ishlashda, namoyish etishda, ayniqsa nashr qilish vositalarida keng ishlatilmoqda; - ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (SUBD) – ma’lumotlarni raqamli ko‘rsatishda, katta hajmli axborotlarni tizimini o‘rganishda va qayta ishlashda, ularga murojaat qilishda, saqlashda va yangilashda etarli darajada usullar bilan ta’minlamoqda; Matematika va statistika: - GIS matematikaning turli sohalarida- geometriya, shakllar va ma’lumotlar bazasi nazariyasi, boshqarishni optimallashtirish, statistikava boshqarish tizimlarini loyihalashda, fazoviy ma’lumotlarni taxlil qilishda va modellashtirishda keng qo‘llanilmoqda. Hozirda GIS Yer yuzasining millionlab tadqiqotchilariga xizmat qilayotgan soha hisoblanadi. Ular GISni turli sohalarda qo‘llamoqdalar– global muammolarni o‘rganishda(xududlarning ifloslanishi, qishloq xo‘jaligini qayta tashkil etish, tabiiy ofatlarni o‘rganish va h.k.) va amaliy masalalarni echishda(punktlar orasidagi masofalarni aniqlashda, yangi aholi punktlarini optimal joylashtirishda, elektr energiyasi va neft va gaz tarmoqlarini o‘tkazishda, mahaliy boshqarish tashkilotlarining yer munosabatlari masalalarini echishda va h.k.). Bunday yirik masalalar GISda qanday yechiladi? Buning uchun GISning tuzilishi, ishlash prinsipi va undan foydalanish yo‘llarini ko‘rib chiqamiz. Nazorat savollari 1. Geografik axborot tizimlarining rivojlanishi haqida sozlab bering. 2. Rossiya va AQSH da ishlab chiqilgan GAT dasturlari haqida ma’lumot bering. 3. GPS nima? 4. Geografik axborot tizimlarining asosiy xususiyatlarini sanab bering. 5. Birinchi kompyuterlashtirilgan GAT qachon paydo bo’ldi? 6. O’zbekistonda GATning rivojlanishi haqida nimalarni bilasiz? 7. GAT ga berilgan ta’riflarni aytib bering. 8. GAT ning boshqa fanlar bilan aloqadorligini tushuntirib bering 1 https://www.esri.com/en-us/what-is-gis/history-of-gis Download 68.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling