1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari
Download 0.89 Mb.
|
geosiyosat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Britaniya Hamdo‘stligi” tarkibiga quyidagi davlatlar kiradi
Dunyo bo‘yicha monarxiya tipidagi davlatlarning mintaqaviy tarkibi, 2017 yil Barcha monarxiya tipidagi davlatlardan (31 ta) 3 tasi (Belgiya, Birlashgan Arab Amirligi, Malayziya) davlat hududiy qurilishiga ko‘ra federatsiya shaklidagi monarxiya davlatlaridir. Dunyo siyosiy xaritasidagi qolgan davlatlarning ko‘pchilik qismini esa respublika tipidagi davlatlar tashkil qiladi. Ulardan quyidagi 19 tasi federativ respublikalardan iborat:
Jahon davlatlarini quyidagi ikki turga ajratiladi: 1.Davlat boshqaruv shakliga ko‘ra. 2.Davlat qurilishi shakliga ko‘ra. Unitar davlatga nisbatan federativ davlatlar ikki darajadagi yuqori davlat hokimiyatiga ega: federativ yoki ittifoq, va federatsiyalar a’zolarining hokimiyat organlari. Davlatlar ittifoqlari – bu, konfederatsiya va hamdo‘stlikka bo‘linadi. Mustaqil davlatlar Hamdo‘stligining (MDH) barcha 11 ta davlati – bular respublikalardir. Jahonda prezidentlik respublikalari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Yevropada parlament respublikalari va parlament monarxiyalari ko‘pchilikni tashkil qilsa, dunyoning boshqa qismlarida prezidentlik respublikalari ko‘p uchraydi, ammo shular bilan birga konstitutsiyali va yoki mutloq monarxiyalar ham uchraydi. Jahon mamlakatlarini miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga ko‘ra turli guruxlarga ajratish mumkin. Bu borada, masalan dunyo mamlakatlarini yirik, o‘rta, kichik va mayda davlatlarga bo‘lish mumkin. Bunda, ushbu shaklda guruxlashtirishga asos sifatida davlatlar aholisining soni va maydoni olingan. Dunyoda maydoniga ko‘ra 7 ta eng yirik mamlakatlar (maydoni 3 mln.km2 dan ortiq) guruxi ajratiladi. Ular quyidagilardir: Rossiya (17,075 mln. km2), Kanada (9,97 mln. km2), Xitoy 9,6 (mln. km2), AQSh (9,5 mln. km2), Braziliya 8,5 (mln. km2), Avstraliya 7,7 (mln. km2), Hindiston 3,29 (mln. km2). So‘ngra ushbu guruxga Argentina 2,78 (mln. km2), Qozog‘iston (2,72 mln. km2), Jazoir 2,38 (mln. km2), 2011 yilgacha maydoniga ko‘ra dunyoning o‘n birinchi davlati – bu, Sudan (2,5 mln.km2) bo‘lib hisoblanadi. Ammo, 2011 yili uning hududi 1,9 mln.km2 gacha qisqardi. Aholi soniga ko‘ra dunyoning 10 ta yirik davlatlari qatoriga quyidagilar kiritiladi (2016): Xitoy (Syangan va Makao, Tayvan kiritilmagan xolda) – 1379,9 mln. kishi, Hindiston – 1314,1 mln. kishi, AQSh -332 mln. kishi, Indoneziya – 225,7 mln.kishi, Braziliya – 204,5 mln. kishi, Pokiston – 199,0 mln. kishi, Nigeriya – 181,8 mln. kishi, Bangladesh – 160,4 mln.kishi, Rossiya – 144,3 mln. kishi, Yaponiya – 126,9 mln. kishi. XX asrga kelib dunyo siyosiy xaritasida davlatlar hamdo‘stligi, davlatlar ittifoqi kabi jahon davlatlarining muayyan siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa maqsadlar asosida shakllangan turli tashkilotlari vujudga keldi. Ular qatoriga “Britaniya Hamdo‘stligi”, “Fransuz Ittifoqi”, “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi” kabilarni kiritish mumkin. Ular orasida a’zo davlatlar soni, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatiga ko‘ra “Britaniya Hamdo‘stligi” alohida ajralib turadi. “Britaniya Hamdo‘stligi” XIX asrning oxirlarida tashkil topgan. Uning tarkibiga Buyuk Britaniyaning sobiq mustamlakalari, dominionlari, Avstriya va Okeaniya kiradi. Britaniya Hamdo‘stligining boshlig‘i – Buyuk Britaniya qirolichasidir. “Britaniya Hamdo‘stligi”ga 2000 yillarga qadar jami 54 mamlakat a’zo bo‘ldi. 2002 yili uning tarkibidan Zimbabveni chiqarilishi hamda 2006 yili esa Fidji davlatining a’zoligini to‘xtatilishi bilan, unga a’zo davlatlar soni 52 tani tashkil qiladi. Britaniya Hamdo‘stligi tarkibidagi davlatlarning 32 tasi – respublika, 6 tasi – monarxiya tipidagi davlat bo‘lsa, ulardan 16 ta davlat tomonidan esa davlat boshlig‘i sifatida Buyuk Britaniya qirolichasini tan olinadi. Britaniya Hamdo‘stligi dunyo siyosiy xaritasida siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra salmoqli o‘rinni egallaydi. XIX asr boshiga kelib, ushbu hamdo‘stlik tarkibida jahon aholisining 30 %i (1,7 mlrd. kishi) istiqomat qilmoqda. Hamdo‘stlikning asosiy tili – ingliz tilidir. Uning tarkibidagi davlatlar o‘zaro o‘xshash qonunchilikka, ta’lim tizimi va davlat xizmatlariga ega. Hamdo‘stlik a’zo davlatlarning ta’lim tizimini, ilmiy-texnik hamkorlikni, o‘zaro savdoni rivojlantirishni, atrof-muhitni muhofaza qilish dasturlarini tashkil qiladi va moliyaviy texnik ko‘mak beradi. “Britaniya Hamdo‘stligi” tarkibiga quyidagi davlatlar kiradi: 1.Buyuk Britaniya 2.Kanada 3.Bagam orollari 4.Beliz 5.Yamayka 6.Sent-Kits va Nevis 7.Sent-Vinsent va Grenadinы 8.Trinidad va Tobago Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling