1-ma’ruza. Intellektual axborot texnologiyalarini kirish. Intellektual axborot texnologiyalari. Asosiy tushuncha va ta’riflar


Download 0.58 Mb.
bet2/4
Sana11.01.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1088743
1   2   3   4
Bog'liq
2-Маъруза-Инт

Axborot tizimilarining vazifasi. Axborotlarga asoslangan, maqsadi oldindan belgilangan va shu maqsadga erishish dasturi ishlab chiqilgan boshqariluvchi jarayonga maqsadli ta’sir kо‘rsatish – qaror qabul qilish deb ataladi. Qarorning shakllanish jarayoni esa – qaror qabul qilish jarayoni deb yuritiladi.
Tashkilotni boshqarish doirasida mehnat taqsimotiga muvofiq qabul qilinadigan qarorlar boshqaruvning u yoki bu vazifasiga kiradi.
Qaror qabul qilish jarayonini ta’minlash, ya’ni aynan, kerakli axborotni kerakli vaqtda va kerakli joyga taqdim etish – tashkilot axborot tizimining asosiy vazifalaridan biridir. Shu bois ham qaror mohiyati, uni qabul qilish jarayoni, qaror qabul qilishning barbod bо‘lishi tashkilotning axborot tizimi faoliyatiga, u yerda qо‘llaniladigan texnologiyaga sezilarli ta’sir qiladi va hatto axborot tizimining butun boshli sinfi – qaror qabul qilish tizimini shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Tashkilotni boshqarishning yuqorida kо‘rib chiqilgan tizimi albatta, unga kibernetik nuqtai-nazardan yondashuviga kо‘ra belgilangan. Agar boshqaruv tizimi haqida ayrim mavhumliklarsiz gapiradigan bо‘lsak, yuqorida qayd etilganlardan tashqari tashkilotning boshqaruv tizimiga uning tashkiliy tarkibi, xodimlar, vazifani bajarish choralarini kо‘rish, tashkilotning ichki madaniyati va hokazo omillar ta’sir kо‘rsatadi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) - axborotlar, axborotlarni ishlab chiqishda qо‘llaniladigan iqtisodiy-matematik usullar va modellar hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishga mо‘ljallangan texnik, dasturiy, texnologik vositalar va mutaxassislarning majmuidir.
AAT ning tashkil qilinishi iqtisodiy obyektning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda kо‘maklashadi va boshqaruv sifatini ta’minlaydi. Korxona, firma va barcha sohalarning ish rejalarini muvofiqlashtirishda tezkor qarorlarni ishlab chiqish, moddiy va moliyaviy resurslar bilan aniq harakat qilish orqali AAT ning eng katta samaradorligiga erishiladi. Shu bois ham AAT larining faoliyat yuritish sharoitlarida boshqaruv jarayonlari obyektning о‘ziga xos tarkibiy-dinamik xususiyatlarini kо‘proq yoki kamroq adekvat aks ettiruvchi iqtisodiy-tashkiliy modellarga asoslanadi. Modelning о‘xshashligi, eng avvalo uning haqiqiy vaziyatga tahlid qiluvchi sharoitlarda xatti-harakati о‘xshashligi ma’nosida obyektga mosligini, qо‘yilgan vazifaning ta’riflari va xususiyatlari uchun muhim qismida modellashtirilgan obyektning holatini bildiradi. Shubxasiz, modelda obyektning xususiyatlari tо‘liq qaytarilishi mumkin emas, ammo tahlil qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun muhim bо‘lmagan qismlarini e’tiborga olmaslik mumkin. Modellar extimoliy va deterministik, vazifaviy va tarkibiyga bо‘lingan, о‘z shaxsiy tasnifiga ega. Modelning bu xususiyatlari axborot tizimlarining xilma-xil turlarini vujudga keltiradi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining asosiy komponentlari 1.1-rasmda keltirilgan.
AAT ni tashkil qilish tajribasi, muvofiqlashtirilgan usullarni iqti­sodiy ish faoliyatiga tadbiq etish, ishlab chiqarish - xо‘jalik jarayonlarining vaziyatlarini shakllantirish, davlat va tijorat tuzilmalarini zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash boshqaruvda axborot jarayonlari texnologiyasini tubdan о‘zgartiradi. Hozirda boshqaruv faoliyatining AAT kо‘plab tashkil qilinmoqda.



1.1-rasm. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining asosiy tarkibiy
komponentlari
Avtomatlashtirish darajasiga kо‘ra avtomatlashtirilgan, avtomatik va avtomatlashtirilmagan (an’anaviy) boshqarish tizimlari о‘zaro farqlanadi. Avtomatlashtirilgan tizimlar kishilar bо‘g‘inini (operatorlar, ma’muriy apparat) о‘zining organik tarkibiy qismiga kiritadi. Avtomatik tizimlar esa yig‘ish va sozlashdan sо‘ng inson ishtirokisiz (profilaktik nazorat va ta’mirlashni hisobga olmasa) prinsip jihatdan ishlashi mumkin va ularni kо‘proq texnologiyalarni boshqarishda qо‘llashadi, garchi bu о‘rinda avtomatlashtirilgan tizimlar afzal kо‘rilsa ham. Tashkiliy boshqaruv tizimlariga kelganda, ular bu xususiyatidan kelib chiqib avtomatik bо‘lolmaydi. Odamlar bu tizimlarda quyidagi asosiy vazifalarni hal etadi: birinchidan, bu boshqarish maqsadlari va mezonlarining qо‘yilishi va tuzatib borilishidir (ular sharoit о‘zgarganda о‘zgartirib boriladi), ikkinchidan, qо‘yilgan maqsadlarga erishishning eng yaxshi yо‘llarini izlab topishda ijodiy elementlarni kiritish (qо‘llanayotgan texnologiya yoki tashkiliy ishni keskin о‘zgartirish), uchinchidan, ishlab chiqilayotgan qarorlar tizimini tugal tanlash va ularga yuridik kuch berish. Nihoyat, tо‘rtinchi vazifa bо‘lishi mumkin, bu tizimni boshlang‘ich axborot bilan ta’minlashki, uni tо‘plashni tо‘liq avtomatlash mumkin emas yoki noratsional hisoblanadi (masalan, kadrlarni hisobga olish ma’lumotlari, ish joyining о‘zgarishi ahvoli va hokazolar).



1.2-rasm. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tasnifi


Boshqaruv jarayonlarining turlari bо‘yicha AAT quyidagilarga bо‘linadi:


1) texnologik jarayonlarni boshqarishning AAT - bu texnologik qurilmalar, dastgoxlar, avtomatik liniyalarni boshqarishni ta’minlovchi «inson-mashina» tizimlaridir;
2) tashkiliy-texnologik jarayonlarni boshqarishning AAT - texnologik jara-yonlarni boshqarishning AAT va korxonalarni boshqarishning AAT ini birlashtiruvchi kо‘p darajali tizimdan iborat;
3) tashkiliy boshqaruvning AAT uchun iqtisodiyotni boshqarishning barcha bosqichida amalga oshiriladigan, ishlab chiqarish, xо‘jalik, ijtimoiy-iqtisodiy, vazifaviy jarayonlar obyekti bо‘lib xizmat qiladi, xususan:

  • bank AAT;

  • fond bozori AAT;

  • moliya AAT;

  • sug‘urta AAT;

  • bojxona xizmati AAT;

  • statistika AAT;

  • marketing AAT;

  • buxgalteriya AAT;

  • sanoat korxonalari va tashkilotlari AAT va boshqalar;

4) ilmiy-tadqiqotlarning AAT - sohalararo hisob-kitoblar va ilmiy tajribalarning yuqori sifati va samaradorligini ta’minlaydi. Iqtisodiy-matematik usullar bunday tizimlarning uslubiy baza, eng turli-tuman hisoblash texnikasi va tajriba ishlari modellashtirilishini о‘tkazish uchun texnik vositalar - texnik bazasi bо‘lib xizmat qiladi. Ham tashkiliy-texnologik tizimlar, ham ilmiy-tadqiqotlarning tizimlari о‘z konturiga ishlarning loyihalashtirishni avtomatlashtirilgan tizimlari (LAT) ni olishi mumkin;
5) о‘qituvchi AAT lari ta’lim tizimida mutaxassislarni tayyorlashda, turli soha xodimlarini qayta tayyorlashda va malakalarini oshirishda keng tarqalgan.
Mamlakat milliy iqtisodiyoti ijtimoiy mahsulotni yaratish, iste’mol qilish yoki taqsimlashda ishtirok etuvchi iqtisodiy-tashkiliy obyektlarni (korxonalar, birlashmalar, konsernlar va hokazolar) о‘zida aks ettiradi va ular ham, о‘z navbatida, ishlab chiqarish va iqtisodiy-tashkiliy axborot tizimlariga bо‘linadi.
Ishlab chiqarish tizimlarida mahsulotlarni yaratish, loyihani ishlab chiqish, ilmiy qoidalarni tayyorlash amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish jarayonlarining meyorida ishlashini boshqarish tizimi ta’minlanadi, unda ishlab chiqarish sohasida bevosita ishtirok etmaydigan mutaxassislar band bо‘ladi. Ular faoliyatining sohasi - ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish, ular talab etadigan zahiralarni ta’minlashdir.
Ishlab chiqarish tizimlari sinfini mahsulotning turli hayotiy sikli bosqichlariga muvofiq holda kichik sinflarga bо‘lish mumkin: ilmiy-tadqiqot - loyihalash - ishlab chiqarish - sinovdan о‘tkazish.
Ishlab chiqarish jarayonlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qо‘llash tegishlicha mehnat vositalari, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlari, ilmiy-tadqiqotlar, loyiha ishlari va ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning kompleks avtomatlashtirish tizimlariga olib keladi.
Texnologik jarayonlarni kompleks avtomatlashtirish uchun axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qо‘llash texnologik jarayonlarni avtomat-lashtirilgan boshqarish tizimi, moslashgan ishlab chiqarish tizimlari, transport-omborxona tizimlarining yaratilishiga olib keladi. Bunday tizimlarni yaratishdan maqsad - milliy iqtisodiyot tarmoqlarini yuqori ishonchli mehnat vositalarini tadbiq etish hisobiga texnik qayta jihozlashni ta’minlash, ularni avtomatlashgan uchastka va texnologik jarayonlarga komplekslash, ishlab chiqarishga moslashuvchanlik hamda iqtisodiylikni bag‘ishlashdir.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ilmiy-tadqiqot loyihalari, konstruktorlik ishlari, texnologik tayyorlashda qо‘llash ilmiy-tadqiqotlar­ning avtomatlashtirilgan tizimi, loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimi, ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash avtomatlashtirilgan tizimining yaratilishiga olib keladi.
Kompleks ITAT va LAT ilmiy-tadqiqot instruktorlari va loyiha tashkilotlarida fundamental tadqiqotlarni olib borish va texnika, texnologiyalarning yangi avlodlarini yaratish uchun ishlatiladi. Bunday tizimlar tarkibiga sun’iy intellekt komponentlari (ekspert tizimlar, bilimlar bazasi, multimedia vositalari) va ishchi stansiyalari lokal tizimlari hamda tadqiqotchi konstruktorlarning avtomatlashtirilgan ishchi о‘rinlari kiradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ilmiy-tadqiqotlar, loyiha- konstruktorlik ishlari va ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashdan asosiy maqsad «tadqiqot-loyihalash-konstruktorlash-ishlab chiqarishga tayyorlash» hayotiy davrining barcha bosqichlarida mahsulot ishlanmalari va texnologiyasini о‘tkazish, sifati, foydalanish xarakteristikasi, texnologiyasi, yangi mahsulot ilmiyligi jihatini oshirish, nomenklaturani kengaytirish, tajribaviy ishlab chiqarishni qisqartirishdan iborat.
Shunday qilib, axborot tizimining barcha elementlari texnik vositalar, matematik, algoritmik, dasturiy, lingvistik ta’minlanish, odamlar bilan о‘zaro hamkorlikdagi aloqa vositalarini qamrab oluvchi informatika va axborot texnologiyalari obyekti keskin murakkablashadi.
Ayniqsa, informatika va axborot texnologiyalarining murakkab injenerlik muammolari «odamsiz» ishlab chiqarish va texnologiya kо‘rinishidagi telematik tizimlarga nisbatan vujudga keladi, unda tashkiliy «inson-kompyuter» tizimlari, «robot-texnik» majmualar va eng yangi aloqa vositalari integratsiyalashtirilgan bо‘ladi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling