1-ma’ruza. Intellektual axborot texnologiyalarini kirish. Intellektual axborot texnologiyalari. Asosiy tushuncha va ta’riflar


Download 0.58 Mb.
bet1/4
Sana11.01.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1088743
  1   2   3   4
Bog'liq
2-Маъруза-Инт


1-MA’RUZA. INTELLEKTUAL AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI KIRISH. INTELLEKTUAL AXBOROT TEXNOLOGIYALARI. ASOSIY TUSHUNCHA VA TA’RIFLAR
(2 soat)


Reja:
1. Axborot tizimlarini tasniflashning boshqa alomatlari.
2. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va ularning о‘rni xususida.


Tayanch iboralar: arxitektura, tizim, avtomatik tizim, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi, avtomatlshtirilgan ish joyi, nimtizim.


Axborot tizimlarining asosiy vazifasi – barcha resurslarni samarali boshqarish uchun tashkilotlarga kerakli bо‘lgan axborotlarni ishlab chiqish, tashkilotni boshqarish uchun axborot va texnikaviy muhitni yaratishdan iborat.
Boshqaruv tizimini kо‘rib chiqish davomida boshqaruvning quyidagi uchta darajasini ajratib kо‘rsatish mumkin: strategik, taktik va tezkor. Ushbu har bir darajaning о‘z vazifalari bо‘lib, ularni hal etishda axborotga bо‘lgan ehtiyoj, ya’ni axborot tizimiga nisbatan talab yuzaga keladi. Bu talablar axborot tizimidagi tegishli axborotlarga qaratilgan. Axborot texnologiyalari talablarni qayta ishlash va mavjud axborotlardan foydalanib javoblarni shakllantirshni imkonini beradi. Shunday qilib, boshqaruvning har bir darajasida kerakli qarorni qabul qilish uchun asos bо‘luvchi axborot paydo bо‘ladi.
Boshqaruv darajasi ahamiyatligiga kо‘ra qancha yuqori bо‘lsa, mutaxassislar va menejerlarning axborot texnologiyalari yordamida bajaradigan ish hajmi shuncha kam bо‘ladi. Biroq, bu holda, axborot tizimining murakkabligi va intelektual imkoniyatlari hamda menejerning qaror qabul qilish chog‘idagi roli ortadi. Boshqaruvning har qanday darajasi turli miqdor va turli darajadagi axborotga muhtoj bо‘ladi.
Axborot texnologiyalari kabi axborot tizimlari ham texnik vositalardan foydalanib va ularsiz ham faoliyat kо‘rsatishi mumkin. Bu iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq masala.
Tashkilot axborot tizimida axborot hajmining о‘sishi, uni yanada murakkab usullarda qayta ishlashni tezlashtirish ehtiyoji axborot tizimining ishini avtomatlashtirish, ya’ni axborotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Avtomatlashtirilmagan axborot tizimida axborot va qarorlar qabul qilish bilan bog‘liq barcha harakatlar inson tomonidan amalga oshiriladi. Axborotni qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish algoritmlar doirasida hal qiluvchi qoidalarni qayta ishlashning yuzaga kelishiga olib keladi. Bu ham о‘z navbatida «sof axborot tizimi»ning boshqaruv axborot tizimiga, ya’ni boshqaruv jarayonida qо‘lla-niladigan ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, tо‘plash, qidirish, qayta ishlash va uzatish tizimiga aylanishiga olib keladi. Axborot tizimida boshqarish va shuningdek insonning qaror qabul qilish bо‘yicha ishi qisman amalga oshirilgan.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling