1-ma’ruza. Intellektual axborot texnologiyalarini kirish. Intellektual axborot texnologiyalari. Asosiy tushuncha va ta’riflar


Download 105 Kb.
bet1/7
Sana11.01.2023
Hajmi105 Kb.
#1088584
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Маъруза-Инт


1-MA’RUZA. INTELLEKTUAL AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI KIRISH. INTELLEKTUAL AXBOROT TEXNOLOGIYALARI. ASOSIY TUSHUNCHA VA TA’RIFLAR
(2 soat)


Reja:
1. Axborot tizimlaridagi ayrim asosiy atamalarning izohli lug‘ati.
2. Axborot tizimlarini tasniflashning boshqa alomatlari.
3. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va ularning о‘rni xususida.


Tayanch iboralar: arxitektura, tizim, avtomatik tizim, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi, avtomatlshtirilgan ish joyi, nimtizim.
Arxitektura. Arxitektura – bu murakkab obyektning tuzilishi, bajarilayotgan vazifalari va tarkibiy bо‘laklarining о‘zaro bog‘liqligini belgilovchi konsepsiyadir. Tarmoq me’moriy tuzilmasi uning asosiy elementlari va ularning о‘zaro ishlash tavsifi va topologiyasini belgilaydi. Axborot tizimi tarkibiy tuzilmasi uning umumiy mantiqiy tuzilishi, dasturiy-apparat ta’minotini, kodlash uslublar ishini ta’riflaydi va foydalanuvchining tizim bilan interfeysini belgilaydi.
Avtomatik tizim. Avtomatik tizim – bu inson ishtirokisiz mustaqil faoliyat qiluvchi dasturiy va apparatli vositalar tizimidir.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va ularning texnologiyalarini ta’minlash vositalari. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va ularning texnologiyalarini ta’minlash vositalari – bu axborot tizimlarini loyihalash va ulardan foydalanishni ta’minlash uchun foydalaniladigan yoki yaratiladigan dasturiy, texnikaviy, lingvistik, huquqiy, tashkiliy vositalardir (kompyuter uchun dasturlar, hisoblash texnikasi va aloqa vositalari, hujjatlar, tezauruslar va tasniflagichlar, kо‘rsatmalar va uslubiyatlar, qoidalar, nizomlar, lavozim kо‘rsatmalari, chizmalar va ularning tasniflari, boshqa foydalanish va kuzatish hujjatlari).
Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (ABT). Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (ABT) – bu matematik uslublar, texnik vositalar (kompyuterlar, aloqa vositalari, ma’lumotlarni chiqarish qurilmalari va tashkiliy majmualar tо‘plamidir. U belgilab olingan maqsadga muvofiq murakkab obyektni (jarayonni) boshqarishni ta’minlaydi. ABT asos va funksional qismlarga bо‘linadi. Asosga axboriy, texnikaviy va matematik ta’minotlar kiradi. Funksional qismga aniq boshqaruv vazifalarini (loyihalashtirish, moliyaviy-hisobot faoliyati va h.k.) avtomatlashtiruvchi о‘zaro bog‘liq dasturlar tо‘plami kiradi. Ikki turdagi ABT mavjud. Bular, obyektlar miqyosida avtomatlashtirilgan tizimlar (texnologik jarayonlar uchun-TJABT, korxona uchun-KABT, soha uchun-SABT) va funksional avtomatlashtirilgan tizimlardir. Funksional ABTga loyihalashtirish, hisob-kitob, moddiy-texnika va boshqa ta’minotlar uchun mо‘ljallangan ABT misol bо‘la oladi.

Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling