1-ma’ruza. Intellektual axborot texnologiyalarini kirish. Intellektual axborot texnologiyalari. Asosiy tushuncha va ta’riflar


Axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi


Download 105 Kb.
bet4/7
Sana11.01.2023
Hajmi105 Kb.
#1088584
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Маъруза-Инт

Axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi. Jami hududiy taqsimlangan davlat va korporativ axborot tizimlari, aloqa liniyalari, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va kanallari, uzib-ulash va axborot oqimlarini boshqarish vositalari, shuningdek ularning samarali faoliyatini ta’minlovchi tashkiliy tuzilmalar, xuquqiy va meyoriy mexanizmlar.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT). 1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) – bu xususiy, umumiy va ishlab chiqarish kommunikatsiyasida axborotlar tayyorlash, qayta ishlash va eltib berish bilan bog‘liq bо‘lgan obyektlar, harakatlar va qoidalar, shuningdek barcha texnologiyalar hamda sanab о‘tilgan jarayonlarai birlashgan ravishda ta’minlovchi sohalar majmuasi. AKT tushunchasiga mikroelektronika, kompyuter va dasturiy ta’minot, telekommunikatsiyalar ishlab chiqish hamda ishlab chiqarish, Internetdan erkin foydalanishni ta’minlash, Internetning axborot resurslarini ta’minlash, shuningdek sanab о‘tilgan sohalar bilan bog‘liq bо‘lgan turli xil hodisalar va bu faoliyat sohalarini tartibga soluvchi qoidalar (rasmiylari kabi norasmiylari ham) kiradi. 2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) – bu axborotni yaratish, uzatish, boshqarish va unga ishlov berish bilan bog‘liq bо‘lgan texnologiyalar. 3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) – bu xohlagan kommunikatsiya qurilmasi yoki qо‘llanmaga nisbatan ishlatiluvchi umumiy atama, jumladan: radio, televideniye, uyali telefonlar, kompyuterlar va tarmoq uskunalari va dasturiy ta’minot, yо‘ldosh tizimlari va h.k., shuningdek turli xizmatlar va ularga tegishli dasturlar, masalan, videoanjuman va masofaviy ta’lim. AKT, shuningdek, torroq ma’noda ham ishlatiladi, masalan, AKT ta’limda, tibbiyotda, kutubxonada va AKT muhimligi texnologiyaning о‘zida emas, balki AKT ning aholi orasida kо‘proq axborot va kommunikatsiyasidan erkin foydalanish qobiliyatidadir. Dunyoning kо‘p mamlakatlari AKT rivojlanishi uchun tashkilotlar yaratgan, chunki rivojlangan mamlakatlarning texnologiya jihatidan kamroq rivojlangan mamlakatlarga nisbatan ustunligi texnologiyalar bor va texnologiyalar yо‘q hududlar о‘rtasidagi iqtisodiy ajralishni keskinlashtirishi mumkin. Jahon miqyosida BMT raqamli tabaqalanishga qarshi vosita sifatida «AKT rivojlanish uchun» dasturini faol ravishda olg‘a surmoqda.

Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling