1-ma’ruza. Intellektual axborot texnologiyalarini kirish. Intellektual axborot texnologiyalari. Asosiy tushuncha va ta’riflar


Avtomatlashtirilgan о‘qitish tizimlari


Download 0.58 Mb.
bet3/4
Sana11.01.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1088743
1   2   3   4
Bog'liq
2-Маъруза-Инт

Avtomatlashtirilgan о‘qitish tizimlari. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini kadrlarni tayyorlash va о‘qitishda qо‘llash uzluksiz ta’lim tizimining barcha bо‘g‘inlaridagi о‘qitish jarayonlarida foydalaniladigan avtomatlashtirilgan о‘qitish tizimlarini (AUT) yaratishga olib keladi.
AО‘T о‘quvchilarning dialog rejimida bilish faoliyatini boshqarish uchun mо‘ljallangan о‘quv-metodik, dasturiy va texnik ta’minot majmuini о‘zida namoyon etadi. U о‘quv kurslari, о‘quv dialoglari ssenariylari, о‘quv sharoitiga moslashish vositalarini tayyorlashning texnologik chizmalarini shakllantirish imkonini beradi.
Boshqarish tizimining darajasi bо‘yicha umumdavlat va tarmoqlararo boshqarish organlari, tarmoq va hududiy boshqarish organlari, tashkilotlarining axborot tizimlariga ajraladi.
Tegishli organning avtomatlashtirish va ishlash maqsadlariga bog‘liq holda umumdavlat va tarmoqlararo axborot tizimlari nomlanishda muayyan farqlarga ega.
Davlat va tarmoqlararo boshqarish organlariga axborotlarni qayta ishlash tizimlari, ma’lumotlar bazasi va banki, ekspert hamda axborot-izlash tizimlari kiradi. Ular davlat hokimiyati organlari va boshqaruv, tarmoqlararo organlar ishini ta’minlaydi.
Tarmoqlararo avtomatlashgan axborot tizimlari milliy iqtisodiyotni boshqarish organlarining (bank, moliya, statistika, ta’minot va boshqalar) ixti-soslashgan tizimidir. Ular о‘z tarkibida qudratli hisoblash komplekslari, tarmoqlararo kо‘p darajali avtomatlashgan axborot tizimlariga ega bо‘lib, iqtisodiy va xо‘jalik prognozlarini, davlat byudjetini ishlab chiqish, xо‘jalikning barcha bо‘g‘inlari faoliyati natijalarini nazorat qilish va tartibga solishni amalga oshiradi.


Nazorat uchun savollar:
1. Axborot tizimi nima?
2. Axborot tizimlarining qanday turlari mavjud?
3. Axborot tizimlarini loyihalash qanday sohalarni о‘z ichiga oladi?
4. Axborot tizimini loyihalash nimadan boshlanadi?
5. Axborot tizimini loyihalash qanday bosqichlardan iborat?
6. Axborot tizimlarining hayot sikli nima?



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling