1-ma'ruza. Jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini tashkil qilish shakllari
Kuni uzaytirilgan guruhlarda sport soatlari
Download 34.31 Kb.
|
1-MA'RUZA. JISMONIY TARBIYA MASHG'ULOTLARINI TASHKIL QILISH SHAKLLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy maslahatlar
- Alpomish” va “Barchinoy” sektsiyalari
Kuni uzaytirilgan guruhlarda sport soatlari
Kuni uzaytirilgan guruhlarda bolalar aqliy va jismoniy mehnatni almashlab borishni o‘rganadilar, kun rejimini ratsional quradilar, gigienik talablarga qat’iy rioya qiladilar, sog‘liqlarini mustahkamlaydilar, jismoniy rivojlanishlarini yaxshilaydilar, “Alpomish” va “Barchinoy”test sinovlarini bajarishga tayyorlanadilar. Sport soatlarini tashkil qilishda mashg‘ulotlarning boshqa shakllari bilan o‘zaro munosabatini hisobga olmoq lozim. Uning o‘rni o‘quv kuni tartibida tanaffuslardagi o‘yinlarga, sayrlarga va mshg‘ulotlarning boshqa shakllariga, hamda ovqatlanish va dam olish vaqtiga nisbatan ratsional joylashtirilishi kerak. Biz umumiy o‘rta ta’lim maktablarida DTS bo‘yicha tashkil qilinib o‘tkazilishi kerak bo‘lgan 4 xil jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari shaklini qisqacha ta’riflab o‘tdik. Lekin bu mashg‘ulotlar hozirgi kunda maktablarda o‘tkazilmoqdami? Shu maqsadda bizlar Buxoro shahrining maktablarida pedagogik kuzatishlar o‘tkazdik va maktab jismoniy tarbiya o‘qituvchilari bilan suhbatda bo‘ldik. Kuzatishlar natijasi shuni ko‘rsatdi-ki, deyarli barcha maktablar faqat haftasiga 2 soat jismoniy tarbiya darsini o‘tish bilan kifoyalanib kelmoqda. Bu esa yuqorida aytib o‘tganimizdek, o‘quvchilarning kundalik harakatga bo‘lgan fiziologik ehtiyojini 11% qondira oladi xolos. Bundan tashqari maktablarda sport turlari bo‘yicha sektsiyalar va boshqa to‘garaklar deyarli ishlamaydi. Hozirgi kunda maktablarning aksariyat qismi bir smenada ishlamoqda (Buxoro shahrida). Lekin, shunga qaramasdan barcha maktablarda katta tanaffuslar 15 minut belgilangan. Bir smenada ishlaydigan maktablarda katta tanaffuslarni 45 minut, hatto 60 minut belgilab, sinf rahbarlari boshchiligida har xil o‘yinlar, estafetalar va boshqa o‘quvchilarning qiziqishiga qarab jismoniy tarbiya mashqlarini tashkil qilib o‘tkazishga katta imkoniyatlar bor. Kuni uzaytirilgan guruhlar va ularda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan sport soatlari haqida gapirmasak ham bo‘ladi, chunki sport soatlari umuman tashkil qilinmagan. Yana achinarli hollardan biri shundaki barcha maktablarda maxsus tibbiy guruhlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil qilinmagan. Nosog‘lom, kasal va sog‘ligida nuqsoni bor o‘quvchilar jismoniy tarbiya mashg‘ulotlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ozod qilinadilar va ular umuman jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanmaydilar. Buxoro shahridagi bir necha maktabni ko‘rib chiqqanimizda har bir maktabda 200 ga yaqin o‘quvchilar jismoniy tarbiya darslaridan ozod qilinganlar. Agar Buxoro shahridagi barcha maktablar bo‘yicha hisoblasak, bu 8 - 10 ming o‘quvchini tashkil qilishi mumkin. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, maxsus tibbiy guruh ishlari barcha maktablarda vaqt talabidan jiddiy ortda qolgan. Ko‘pgina jismoniy tarbiya o‘qituvchilari maxsus tibbiy guruhlarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini olib borish metodikasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida juda past, etarli darajada bilimga ega bo‘lmaganliklaridan passiv va inertlik holatlarini namoyon qilib kelmoqdalar. Ko‘pgina o‘qituvchilar bu ishni o‘ziga yuklatilgan ortiqcha yuklama deb qaraydilar. Yuqorida ko‘rsatilgan omillarning barchasi o‘quvchilarning sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va ularning sog‘ligi holatining buzilishiga zamin yaratadi: qomatning buzilishi, ko‘rishning buzilishi, arterial bosimning oshishi, bu esa o‘z navbatida yurak-tomir, nafas olish tizimlari, moddalar almashinuvining buzilishiga va boshqalarga olib keladi. Jismoniy tarbiya bo‘yicha sinfdan tashqari ishlar darsdan tashqari vaqtlarda maktab tomonidan o‘tkaziladigan jismoniy mashq mashg‘ulotlarining takomillashatirilgan tizimini o‘z ichiga oladi Turli tuman qo‘llaniladigan vositalar va uslublar mashg‘ulotlarni tashkil qilish shakllari bilan birgalikda sinfdan tashqari ishlar majburiy darslar tizimida “Jismoniy madaniyat” predmeti bo‘yicha amalga oshiriladigan o‘quvchilar jismoniy tarbiyasining asosiy vazifalarini ancha to‘la va sifatli hal qilinishiga imkoniyat yaratadi, bo‘sh vaqtni foydali va sog‘lom o‘tkazishga, tanlangan mashq turi mashg‘ulotlarida individual qiziqishlarining qoniqtirilishiga, shug‘ullanuvchilar ijtimoiy faolligininng rivojlanishiga ko‘maklashadi O‘quvchilar jismoniy tarbiyasi tizimi va ta’lim tarbiya imkoniyatlari o‘rnini hisobga olgan holda jismoniy tarbiya bo‘yicha sinfdan tashqari ishlar: ü muntazam jismoniy mashq mashg‘ulotlari bilan imkon qadar ko‘p o‘quvchilarni jalb qilish; ü mustaqil ravishda sog‘lom bo‘lish maqsadida kundalik faoliyatlarida jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish, aqliy toliqishning oldini olish, o‘zini jismoniy takomillashtirish va bo‘sh vaqtlarini foydali o‘tkazish malaka va odatlarini shakllantirish; ü “jismoniy madaniyat” predmeti bo‘yicha o‘zlashitirishni oshirish va o‘quv materiallarini sifatli o‘zlashtirish imkoniyatlarini ancha kengaytirish; ü “Alpomish” va “Barchinoy” testlari me’yorlari va talablarini bajarishga o‘quvchilar tayyorgarligini ta’minlash ü sport mutaxassisligini tanlash va o‘z yoshiga muvofiq sport klassifikatsiyasi me’yorlari talablarini bajarishga erishish ü maktab komandasi safida maktabdan tashqari musobaqalarda qatnashish uchun eng yaxshi sportchilarni aniqlash kabi vazifalarni amalga oshiradi SPORT SEKTSIYALARI Maktab jismoniy madaniyat jamoasining sport sektsiyalari - sog‘ligining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha sport mashg‘ulotlariga yaroqli u yoki boshqa spot turi bilan shug‘ullanishni xoxlovchi o‘quvchilar uchun tashkil qilinadi O‘quv-trenirovka jarayonida sport sektsiyalarida quyidagi asosiy vazifalar hal qilinadi:
yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘quvchilarni muntazam sport mashg‘ulotlariga jalb qilish; Tanlab olingan sport turini takomillashtirishga ko‘maklashish va shu asnoda sport klassifikatsiyasi talablarini bajarish; O‘quvchilarni tuman va shahar musobaqalariga tayyorlash; Musobaqalarda hakamlmk qilish va instruktorlik bilim va malakalarini egallash. SPORT MUSOBAQALARI, SPARTAKIADALAR Maktab musobaqalari darsdan tashqari ommaviy sport tadbirlarining kalendar ish rejasiga muvofiq, maktab rahbariyatining nazoratida o‘tkaziladi. Maktabning ichki musobaqalari sinnflararo, sinf guruhlari aro o‘tkaziladi. Maktab birinchiligi uchun musobaqalar spartakiada shaklida o‘tkaziladi. Spartakiadalar “O‘qituvchilar kuni”, “Mustaqillik kuni”, “Navro‘z kuni” ga va boshqalarga bag‘ishlanadi. Shunga o‘xshash ommaviy sport turlari bo‘yicha musobaqalar maktablararo o‘tkazilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tuman, shahar birinchiligi musobaqalarida qatnashish uchun eng yaxshi sportchilardan terma jamoalar tuziladi TURIZM SEKTSIYALARI (TURISTLAR) KLUBI Turizm sektsiyalari barcha ta’lim muassasalarida tashkil qilinishi kerak. Turizm sektsiyalari ishi quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi: - o‘quvchilarga turizm texnikasi va taktikasi usullarini o‘rgatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilib o‘tkazish; - turizm bo‘yicha maktab faollar jamoasini tayyorlash; - yurishlar rahbarlari va va ularning yordamchilari bilan seminarlar o‘tkazish; - turizm musobaqalari, nazorat va yurish trenirovkalarini o‘tkazish. SPORT BAYRAMLARI (KECHALARI, VIKTORINALARI VA KONKURSLARI)
Sport bayramlari o‘quvchilar orasida jismoniy madaniyat va sportni targ‘ibot qilishda amaliy natija beradigan vosita hisoblanadi. Shuning uchun har bir sport bayrami maktab jismoniy madaniyat jamoasi yutuqlarini namoyish qilishi va muayyan davrdagi ishiga yakun yasashi kerak (chorak, yarim yil, o‘quv yili). Sport bayramlari ma’lum bir mavzuga bag‘ishlanadi hamda uning yo‘nalishi va mazmunini ifodalaydi. ODATDA SPORT BAYRAMLARI DASTURI QUYIDAGILARDAN IBORAT:
1) bayramning ochilishi (ishtirokchilar paradi, tantanali qism); 2) ko‘rgazmali gimnastik va sport chiqishlari; 3) ommaviy sport musobaqalari; 4) ommaviy sport va ko‘ngil ochar o‘yinlar, atraktsionlar; 5) bayramni yakunlash (ishtirokchilar va g‘oliblarni mukofotlash, tantanali yopilish tadbirlari) SPORT KECHALARI, VIKTORINALARI VA KONKURSLARI Sport kechalari maktab jismoniy madaniyat jamoasi hayotining turli voqealariga bag‘ishlanishi mumkin. Bu maktab jismoniy madaniyat va sport ishlarining o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan “Sport shon-shuxrati” kechasi bo‘lishi mumkin. Kechalar maktab komandasi yoki alohida sportchilarning erishilgan yutuqlariga bag‘ishlanishi mumkin. Ular viktorinalar, konkurslar, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Bal-li, yigitlar! “ va boshqalar tarzida o‘tkazilishi mumkin Sport kechalarining vazifasi – maktab sportchilari va ularning yutuqlarini rag‘batlantirish hamda muntazam sport bilan shug‘ullanishga yangi o‘quvchilarni jalb qilish Amaliy maslahatlar: Sport kechalarida uzun ma’ruzalar va chiqishlardan bosh tortish kerak. Nimani gaprish kerak bo‘lsa salomlashish va tabriklashga, kechani olib boruvchining matniga va intervyuga kiritish kerak. Kecha qismlarini jiddiy chegaralashga yo‘l qo‘yilmaydi. Uning barcha fragmentlari bir-biri bilan uzviy bog‘lanishda bo‘lishi kerak. Kechaning mehmonlari asosiy g‘oyani jonlantirishlari kerak. Agar kecha “Bal-li, yigitlar! “ bo‘lsa, uning mehmoni – askar. Sport viktorinasi, konkursi, “Quvnoqlar va zukkolar” bo‘lsa – uning mehmoni yuqori malakali hakam va u jyuri a’zosi bo‘lishi kerak. “Sport shon-shuxrati” kechasida esa – yuqori malakali sportchi. SOG‘LOMLASHTIRISH VA SPORT KUNLARI “Sog‘lomlashtirish va sport kunlari” umummaktab ommaviy jismoniy sog‘lomlashtirish, sport va turizm tadbirlari ko‘rinishida o‘tkazilishi va quyidagi vazifalarni hal qilishi kerak: 1) o‘quvchilar sog‘ligini mustahkamlash va jismoniy rivojlanishini yaxshilash; 2) o‘quvchilarni “Alpomish” va “Barchinoy” me’yorlarini topshirishga tayyorlash; 3) jismoniy madaniyat mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish maqsadida bolalarning qiziqishini oshirish; 4) o‘quvchilarning faol dam olishini ta’minlash. “Sog‘lomlashtirish va sport kunlari” ning asosiy kriteriysi ularning ommaviyligi hisoblanadi. Shuning uchun barcha o‘quvchilar bu tadbirda faol qatnishadilar, jismoniy tarbiya darslaridan vaqtincha ozod qilinganlar kuchiga yarasha ko‘maklashadilar. “Sog‘lomlashtirish va sport kunlari” bir vaqtning o‘zida barcha o‘quvchilar yoki kichik, o‘rta va katta yoshdagilar uchun alohida tashkil qilinishi mumkin. Davomiyligi bo‘yicha ular I-IV sinflarda 3 soatdan, V-VII sinflarda 4 soatdan, VIII-XI sinflarda 5 soatdan oshmasligi kerak. Shahardan tashqariga chiqish bilan tashkil qilinadigan turistik yurishlar va bayramlar ancha davomli bo‘lishi mumkin.
- harakatli o‘yinlar (joylarda); - ekskursiyalar, turistik yurishlar (piyoda); - haddan ziyod zo‘riqishni, jiddiy jismoniy yuklamani, uzoq davomiylikni (soddalashtirilgan dastur bo‘yicha), vrach ruxsatiga ega barcha o‘quvchilarni jalb qilish imkonini beradigan ommaviy musobaqalar, atraktsionlar (xalta ichida yugurish, ko‘z bog‘langan holda yurish va boshqalar); - konkurslar (kim eng kuchli, kim eng chaqqon va boshqalar) “Sog‘lomlashtirish va sport kunlari” ni muvafaqqiyatli o‘tkazish ko‘p jihatdan uning puxta tashkil qilinishiga, barcha maktab jamoasi, maktab jismoniy madaniyat jamoasi, “Yoshlar ittifoqi” harakati, ota-onalar qo‘mitasi, homiylar, javobgar shaxslarning mohirona hamkorligidagi harakatiga bog‘liq. TURISTIK SLYOT (YIG‘ILISH) O‘qituvchi va o‘quvchilarning slyotda ishtirok etishlari uchun tayyorgarligi o‘quv yili davomida amalga oshiriladi. Slyotni tashkil qilish va o‘tkazishni uning tashkiliy qo‘mitasi yoki shtabi boshqaradi. Shanba kuni darsdan keyin bayramona tantanali lineykada turistik guruhlar paketlarni oladilar va yurishga jo‘naydilar. Yalanglikka (o‘tzor) yetib kelishi bilan har bir guruh raport beradi. Kechqurun “Do‘stlik gulxani” o‘tkazilishi mumkin Ertasi kuni ertalab nonushtadan keyin musobaqalar boshlanadi va ular quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: - turistik to‘siq chizig‘i; - sanitarlar konkursi; - oshpazlar konkursi; - turistik viktorina va boshqalar. Yakshanba kuni tushdan keyin slyotga yakun yasaladi, g‘oliblar mukofotlanadi, xayrlashuv lineykasi va slyotning tantanali yopilishi o‘tkaziladi. O‘quvchilar guruhlar bo‘yicha uylariga qaytadilar. “Alpomish” va “Barchinoy” sektsiyalari “Alpomish” va “Barchinoy” komleksining tegishli bosqichini topshirishga o‘quvchilarni tayyorlash uchun tashkil qilinadi. “Alpomish” va “Barchinoy” sektsiyalarini yosh prinsipiga asoslanib tuzish maqsadga muvofiq. Mashg‘ulotlarni katta sinflardagi faol o‘quvchilar yordamiga tayanib, haftasiga 2 marta 45 minutdan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi o‘tkazadi. Mashg‘ulotlarning mazmuni turli-tuman bo‘lishi, o‘quvchilar jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligini har tomonlama ta’minlashi kerak. Download 34.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling