Darslarda o‘tkaziladigan jismoniy madaniyat daqiqalari va
pauzalari
Bu ikki shaklning maqsadi bitta: dars davomida charchagan bolaga ish qobiliyatini qaytarish, diqqatini darsga jalb qilish, mushaklar va aqliy toliqishni bartaraf qilish, qomat buzilishining oldini olish, o‘quvchilarning emotsional darajasini ko‘tarish.
Jismoniy tarbiya daqiqalari va pauzalarini tashkil qilib o‘tkazishda quyidagi metodik talablarga rioya qilish zarur:
ü mashqlarning davomiyligi 3 minutgacha;
ü mashqlaring soni – 3-4 ta;
ü har bir mashqning bajarilishi – 4-6 marta;
ü mashqlar pedagog yoki maxsus tayyorlangan o‘quvchi boshchiligida o‘tkazilishi kerak;
ü mashqlar qo‘l, elka, oyoq mushaklari uchun bukish, egilish, engashish, tizzalarni bukish kabi mashqlar majmuasidan iborat bo‘lishi kerak;
ü qomat uchun bajariladigan mashqlar majburiydir ( masalan tizzalarni baland ko‘targan holda oyoq uchida yurish va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |