1-ma’ruza. Juft korrelyatsion-regression tahlil


Download 184.33 Kb.
bet4/6
Sana13.02.2023
Hajmi184.33 Kb.
#1193520
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu - ma\'ruza - Juft korrelyatsion-regression tahlil

Korrelyatsion tahlil – hodisalar o'rtasidagi bog'lanishni aniqlaydigan usullaridan biri hisoblanadi. Lekin faqat korrelyatsion tahlil bog'lanishning zichligi haqida oddiy baho bera oladi. Bu holat iqtisodiy tadqiqotlarda korrelyatsion tahlilni keng qo'llash imkoniyatini beradi. Korrelyatsion tahlil haqida gapirganda, regression tahlilni unutmaslik kerak.
Regression tahlil -hodisalar o'rtasidagi bog'lanishning statistik tahlil usuli bo'lib, bog'lanish formalarini tahlil qiladi. Regression tahlil natijalari regressiya tenglamalari va koeffitsientlarida sifat ifodasiga ega.
Regression tahlil natijaviy belgiga ta’sir etuvchi omillarning samaradorligini aniqlab beradi.
Regressiya so’zi lotincha regressio so’zidan olingan bo’lib, orqaga harakatlanish degan ma’noga ega. Bu atama korrelyatsion tahlil asoschilari F.Galton va K.Pirson nomlari bilan bog’liqdir.
Regression tahlil natijaviy belgiga ta’sir etuvchi belgilarning samaradorligini amaliy jihatdan etarli darajada aniqlik bilan baholash imkonini beradi. Regression tahlil yordamida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning kelgusi davrlar uchun bashorat qiymatlarini baholash va ularning ehtimol chegaralarini aniqlash mumkin.
Korrelyatsion - regression tahlilda bog’lanishning regressiya tenglamasi aniqlanadi va u ma’lum ehtimol (ishonchlilik darajasi) bilan baholanadi, so’ngra iqtisodiy-statistik tahlil qilinadi.
O’zaro bog’lanishlarni o’rganishda eng keng qo’llaniladigan metodlardan biri korrelyatsion-regression tahlildir. Ko’pchilikning ta’kidlashicha, korrelyatsionregresion tahlilni qo’llash uchun quyidagi talablarni bajargan ma’qul:

  • o’rganilayotgan to’plam iloji boricha katta bo’lishi;

  • o’rtalashtirilayotgan belgi miqdori ob’ektiv bo’lishi;

  • taqsimot qatorlari normal taqsimot qonuniga bo’ysunishi va iloji boricha unga yaqin bo’lishi kerak va h.k.

Yana shu ham ma’lumki, korrelyatsion-regression tahlil asosida quyidagi vazifalar hal qilinadi:

  • omil belgi bilan natijaviy belgi o'rtasidagi bog'liqlik aniqlash va bog'liqlik turini belgilash;

  • belgilar o'rtasidagi bog'lanishni ifodalovchi regressiya tenglamasini aniqlash va uning parametrlarini hisoblash;

  • bog'lanish zichligi va kuchini o'lchash

Korrelyatsion tahlilning birinchi vazifasi korrelyatsion bog'lanish formalari, ya'ni regressiya funktsiyasi ko'rinishlarini (chiziqli, darajali, logarifmik va x.k.) aniqlashdan iborat. Bog'lanish formalarini tanlash regressiya tahlili va tanlanayotgan funktsiya haqidagi ma'lum gipotezalarni ishlab chiqish va tahlil qilishdan boshlanadi. Regressiyalarni tenglashtirish korrelyatsion modellarning tarkibiy qismi bo'lib, uni to'g'ri tanlay bilish modellashning eng mas'uliyatli bosqichi hisoblanadi.
Korrelyatsion modelni tuzish bosqichlari:
• Masalaning qo'yilishi va statistik ko'rsatkichlarini isbotlash.
• Statistik ma'lumotlarni to'plash va ularni birlamchi qayta ishlash.
• Juft bog'lanishlarni o'rganish.
• Bog'lanish shakllarini tanlash va regressiya tenglamalari parametrlarini aniqlash.
• Masalaning echish natijalarini statistik baholash va modelning iqtisodiy ma'nosi.

Download 184.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling