1-ma’ruza: kanallarni chastota bo‘yicha birlashtirish va ajratish


Download 0.59 Mb.
bet3/4
Sana06.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1434240
1   2   3   4
Bog'liq
1-маъруза,,

Ko‘p kanalli axborot uzatish tizimlarini loyihalash va yaratish jarayonida guruh xabarlarini, xususan chiziqli trakt kirishidagi signallarni o‘zgartirishning turli bosqichlarida ularning parametrlarini miqdoriy baholash zaruriyati tug‘iladi. Ushbu parametrlar mos holda chastota, axborot va energetik xarakteristikalar bilan aniqlanadi. Birinchi ikkita guruh xarakteristikalari va ular bilan bog‘liq parametrlarni KChAga asoslangan tizimlarda “proporsional o‘sish” prinsipi asosida aniqlash mumkin. Masalan, 12 ta va 60 ta TCh kanallarini birlashtirish natijasidagi xabarlarni solishtirib, shuni qayd qilish mumkinki, ikkilamchi guruh xabarlari birlamchi guruh xabarlariga qaraganda 5 marotaba keng polosani egallaydi va shunga muvofiq uning maksimal axborot yuklamasi birlamchi guruh xabarlariga nisbatan 5 marta yuqori. Bu qo‘shni kanallar xabarlarining spektri bir-birini to‘smaydi, xabar manbalari esa o‘zining parametri bo‘yicha bir jinsli hisoblanadi.

“Proporsional o‘sish” prinsipini guruh signalining oniy quvvati, uning pik-faktori, dinamik diapazoni va boshq. kabi energetik xarakteristikalariga nisbatan qo‘llash mumkin emas. Bu holat KChAga asoslangan ko‘p kanalli tizimlarning quyidagi xususiyatlari bilan bog‘liq:

“Proporsional o‘sish” prinsipini guruh signalining oniy quvvati, uning pik-faktori, dinamik diapazoni va boshq. kabi energetik xarakteristikalariga nisbatan qo‘llash mumkin emas. Bu holat KChAga asoslangan ko‘p kanalli tizimlarning quyidagi xususiyatlari bilan bog‘liq:

  • guruh xabarining oniy qiymati birlashtiriluvchi barcha kanallar xabarlari oniy qiymatlarining “o‘zaro ta’siri” (qo‘shilishi) natijasi hisoblanadi;
  • guruh xabarining umumiy quvvatini hisoblash 95% dan kam bo‘lmagan kanallar faqatgina telefon aloqasi uchun ishlatiladi degan faraz asosida amalga oshiriladi. Bu shuni bildiradiki, hisoblashlarda keng chegarada o‘zgaruvchi kanal signallarining tasodifiy xarakterini e’tiborga olish zarur;
  • guruh xabarining oniy quvvati birlashtiriluvchi kanallarning umumiy soni bilan emas, balki “aktiv” kanallar soni bilan aniqlanadi. Agar abonentlardan bittasi jim tursa (masalan, boshqa abonentni tinglayotgan bo‘lsa) yoki, so‘zlar yoki jumlalar orasida sukunat vaqti (pauza) bo‘lsa, u holda bu kanal ayni vaqt momentida aktiv kanallar soniga kiritilmaydi. Kanal u orqali xabar uzatilayotgan vaqt oralig‘idagina aktiv hisoblanadi.

  • Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling