1-ma’ruza: Kirish bolalar adabiyoti fan sifatida, uning maqsadi va vazifalari. Reja
Download 0.73 Mb.
|
Bolalar adabiyoti MA'RUZA MATNI (2)
Qo‘llari ham sevinchidan chapakda,
Butun a’zo bir-biriga ko‘makda. Endi Ahmad sog‘lom, toza, a’lochi Me’da kuchli, tishlari misli inju. Shoir «Nortojining kurak tishi» she’rida ham bolalarni Nortoji obrazi orqali tozalikka rioya qilishga undaydi. Kichik kitobxon diqqatini dastlab 6 yoshli Nortojining «... chollar kabi kemshik» ekanligiga qaratadi: Oldingi to‘rtta kurak tishining Sog‘i yo‘q - hammasi chirik, darz ketgan. Ba’zisi juda past, ba’zisi baland, Ba’zisi lab yular – misli tikan. «Nortojining kurak tishi»da shoir obrazli tasvirlar orqali Nortoji xarakteriga xos bo‘lgan erinchog‘lik va yalqovlikni, tozalikka rioya qilmasligini o‘ziga xos yo‘sinda fosh etadi. Xususan, Nortoji tishining kovagidan joy olgan narsalarni tasvirlar ekan, uning kulguli holatini «Karnayday og‘zini ochishi bilan sassig‘ hid hammaga bilinib ketdi», «Oldingi kurak tishida bir hafta burungi ovqat qoldig‘i» kabi misralar orqali yanada bo‘rttirib gavdalantiradi. She’rda tozalikka rioya qilmaslikning zararli oqibati bolalarga g‘oyat hayotiy va xarakterli misralarda yetkaziladi. G‘afur G‘ulom Nortojining o‘z nuqsonlarini to‘g‘ri anglab, tegishli xulosa chiqarib, tozalikka rioya qiluvchi qizchaga aylanganligini ifodalab, ibratli xulosa chiqaradi: Bilasizmi, o‘rtoqlar, bu dori nima? Bir quti poroshok kichkina cho‘tka... Endi Nortojining tishlari durday, Og‘riqni, sasishni bilmaydi, toza. Har kimki, tishini tozalab tursa, Joni orom olar, o‘zi pokiza!» Demak, shoir she’rlaridan kelib chiqadigan muhim xulosa shunchaki, bayon yoki pand-nasihat tarzida emas, balki jonli tasvir, obrazli ifoda orqali beriladiki, bu kabi xulosalar kichkintoylar ma’naviyatiga tezroq yetib boradi. Shuni ta’kidlash zarurki, G‘afur G‘ulom «Shum bola», «Tirilgan murda», «Yodgor» asarlari bilan bolalar adabiyotida nasriy janrning yuksaltirishga ham o‘zining munosib ulushini qo‘shdi. G‘afur G‘ulomning «Tirilgan murda» asarida jamiyatga dog‘ bo‘lib tushadigan dangasalik bilan mehnat o‘rtasidagi kurash asosida mehnatning tarbiyalovchi qudrati tasvir etiladi. Muallif ijodiy maqsadini Mamajonning boshidan kechirganlari va uning o‘zi tomonidan yozilgan kundalik sahifalari vositasida, kulgili tarzda hikoya qiladi. Asar prolog va epilogdan tashqari, olti fasldan iborat bo‘lib, ularda mulla Mamajonning 1925 yildan to 1933 yilgacha o‘tgan davrda boshidan kechirganlari yozilgan. Asarda G‘.G‘ulom o‘z qahramoniga «so‘z» berib, uning o‘ziga xos xarakterini yaratadi. Ishyoqmaslik va yalqovlikda afsonaviy dangasalarni ham «bir cho‘qishda qochiradigan» mulla Mamajonning bugungi kunda mehnatkashlarning ijobiy ta’sirida asta-sekin yalqovlikni tashlab, ilg‘or mehnatkashga aylanganligini hayotiy, tipik sharoitda, hajviy va kulgili ifodalarga boy lavhalarda ko‘rsatadi. Mamajon timsoli asta-sekin o‘sib, izchil xarakter darajasiga ko‘tarilgan. Adibning «Tirilgan murda» asari ikki qismdan iborat. Ikkinchi qismda uning jamoa xo‘jaligiga kirishi va qayta tarbiyalanishi, farovon hayotga erishishi tasvirlanadi. Yozuvchi Mamajonning yalqovligi va erinchog‘ligini chuqurroq ochish uchun, avval uni «Ming bir kecha» ertaklaridagi Abdutanbalning yalqovligi bilan tag‘qoslaydi: «Xo‘sh desangiz, Bag‘dod degan shaharda Abdutanbal degan bir yalqov yigit o‘z onasi bilan yashar ekan. Abdutanbal hech qanday ish qilmas ekan. Onasi topib kelgan ovqatni chaynab og‘ziga ham yutgani erinar ekan. Doimo yonboshlab yotar ekanu o‘rnidan turishga hafsalasi kelmas ekan. Mabodo qo‘ltig‘idan ko‘tarib, tikka turg‘izib qo‘ysangiz, qadam quyishga botinolmas, zo‘rlab qadam qo‘ydirgan chog‘ingizda ham, oyog‘lari bir-biroviga chalishib yig‘ilar ekan...» Mamajon sarguzashtlarining uning o‘z tilidan so‘zlatilishi bolalarga asar g‘oyaviy mazmunini yaxshi tushunishga va ularning qiziquvchanligini oshirishga xizmat qildi. Mamajon shu qadar yalqovki, u otasi ekib ketgan yarim tanobcha yerdagi jo‘xorini qayirib olishga va buni pishirib tirikchilik o‘tkazishga ham erinadi. Bu haqda uning o‘zi shunday deydi: «Qaddimni ko‘tarishdan ko‘ra chollarning koyishlarini eshitish osonrog‘ ko‘rinar edi». Hatto, yurishga ham xafsalasi kelmagan yalqov Mamajon birdaniga ilg‘or mehnatkash bo‘lib qolmaydi. Davr vog‘eligi, mehnatning shon-sharaf va qahramonlik ishiga aylanib, yalqovlikning tag-tomiri bilan yemirib tashlanishi Mamajon ongida illatlarni yo‘qotib, uning o‘zgarib borishida haqqoniy, aniq va hayotbaxsh kuch rolini o‘taydi. Mamjonni mehnatga jalb qilishda yaxshi odamlarning ko‘rsatgan ijobiy namunalari Sattorqul obrazida mujassamlashtiriladi. «Sattorqul akam qo‘yarda qo‘ymay shudgorga olib chiqdi. - Bas endi, yotaverma. Sal mehnatga ham qayish. Ranging joyiga kelib qopti. To‘lishibsan. Yur men bilan, - dedi. Erinib uning ketidan keta boshladim. U qo‘sh haydadi. Men otboshi yetakladim. Shudgor odamlar bilan to‘la edi: birisi haydayotir, birisi mola bosayotir, boshqalari ketmon chopayotir». Bunday jo‘shqin hayot, daladagi qaynog‘ mehnat sururi Mamajonda asta-sekin mehnatga havas tuyg‘usini uyg‘ota boshlaydi. Mamajon yalqovlikdan, qoloqlikdan qutilib, ilg‘or, ongli mehnatkashga aylanadi. Uning qayta tarbiyalanishida jamoa va erkin mehnat katta rol o‘ynaganligi haqqoniy ravishda tasvirlab berilgan. Yozuvchi bu obraz orqali mehnatsevarlik g‘oyalarini ilgari suradi. Asarning tuzilishi o‘ziga xos, qiziqli, tili ravon va soddadir. Mamajon tushida ko‘rgan ayol: «G‘unchaday tug‘ilib kelgan qip-qizil lab, havoda uchib yurgan qaldirg‘ochning muttasil qanotiday payvasta qora qosh, sochlarining uchi qo‘ng‘irog‘ boylaganday jingalik, yuzlari atirgulga o‘xshagan tiniq, pushti rang» tarzida chizilgan. Shaxs tasvirida yoki «gaplarim zuvalasi pishmagan xamirday uvalanib, to‘kilib ketmog‘da edi» kabi iboralar asarga ziynat bag‘ishlagan. Ikkinchi jahon urushi yillarida she’riyatning juda ko‘p durdonalarini yaratgan G‘afur G‘ulom bolalarga ham ajoyib asarlar tag‘dim etdi. Uning bolalar uchun yaratgan asarlarida vatanparvarlik va baynalmilallik g‘oyalari, qahramonlik va jasurlik, g‘alabaga ishonch ohanglari yangraydi. Shoir «Navqiron naslimiz sinov oldida» she’rida yoshlarning kelajagini ifodalab, ularni erk va baxt bergan vatanga munosib kishilar bo‘lishga chaqiradi: Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling