1-ma’ruza: Kirish bolalar adabiyoti fan sifatida, uning maqsadi va vazifalari. Reja


Download 0.73 Mb.
bet1/31
Sana26.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1655091
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Bolalar adabiyoti MA'RUZA MATNI (2)


1-ma’ruza: Kirish bolalar adabiyoti fan sifatida, uning maqsadi va vazifalari.


Reja

  1. Bolalar adabiyoti va folklor.

  2. Bolalar adabiyotining tarbiyaviy mohiyati.

  3. Bolalar adabiyotining shakllanish tarixi.

Prezidentimiz I.A.Karimov o`zining «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobida ma’naviyat masalasiga alohida e’tibor berib, mana bunday deb yozadi, - Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo`lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko`ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo`lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo`qotsak, bu o`ta muhim ishni o`z holiga, o`zibo`larchilikka tashlab qo`yadigan bo`lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo`g`rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o`zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo`lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin, - deydi va u o`z fikrini davom ettirib yozadi, - Ma’naviyat insonga havodek, suvdek zarur. Sahrodagi sayyoh har doim buloqdan chanqog`ini bosadi. Xuddi shuningdek, inson ham necha-necha azoblar va qiyinchiliklar bilan ma’naviy chashmasini izlaydi. Yer, oila, ota-ona, bolalar, qavm-qarindoshlar, qo`ni-qo`shnilar, xalq, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik-ma’naviyatning ma’nosi ana shunday juda keng... Inson o`zini xalqining bir zarrasi deb sezgandagina, u haqda o`ylab, o`qib, mehnat qilib yashagandagina ma’naviyat bilan tutashadi.


Bunday mas’uliyatli vazifani amalga oshirishda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo`lagi bo`lgan bolalar adabiyotining ham alohida o`rni bor.
Xalqda, - adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga e’tibor, - deyiladigan juda katta ta’lim-tarbiyani o`zida jamlagan umumlashma bor. Bu umumlashmada adabiyotdan xabardor bo`lgan bolaning ilmi, odobi, yurishi, turishi, muomalasi, ota-ona-yu, vatanga mehr-muhabbati risoladek bo`lishi masalasi ilgari suriladi.
Ko`rinadiki, bolalar adabiyoti oldida bajarilishi lozim bo`lgan juda muhim ishlar turadi. Bu haqda Prezidentimiz 2009 yilda O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisini qabul qilib, uyushma faoliyatining samaradorligini oshirish, milliy adabiyotimizni rivojlantirish masalasi bo`yicha bergan ko`rsatmasida bolalar adabiyoti yuzasidan to`xtalib, - Ayniqsa, biz uchun g`oyat muhim ahamiyatga ega bo`lgan bolalar adabiyotini rivojlantirishga alohida e’tibor berishimiz, mustaqil fikrlaydigan shaxsning shakllanishi, har qanday kitobxonlik, mutolaa madaniyati bolalikdan boshlanishini doimo yodda tutishimiz lozim, deb ta’kidlab o`tdi. Barchamizga ma’lumki, bolalar adabiyoti so`z san’ati va tarbiya vositasidir. Kichkintoy uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos, kitobxonlar qalbida o`y-fikrlar uyg`otadigan, yorqin obrazlarga boy, yuksak g`oyalarga, ulkan va porloq ishlarga ilhomlantiradigan bo`lishi zarur. Eng muhimi mavzular tushunarli, sodda va qiziqarli tilda ifodalanishi kerak.
Bolalar adabiyoti yoshlarni imon-e’tiqodli va ona-Vatanga muhabbatli qilib tarbiyalashda mustaqil mamlakatimizning qudratli qurolidir.
Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta’sir ko`rsatib, ana shu yuksak talablarga javob bera oladi. Demak, bunday kitoblar pedagogik va psixologik nuqtai nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Bolalar adabiyoti" deganda, bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan, tabiat va jamiyatdagi voqea-hodisalar xususida yosh kitobxon tushunchasi darajasida ma'lumot beradigan sho'x va o'ynoqi, tarbiyaviy ahamiyat kasb etadigan asarlarni tushunish qon-qonimizga singib ketgan. Shu sababli ham shoir-u nosiriarimiz hazilkash. sho'x, o'yinqaroq, topqir bolakaylar haqida hazil-huzulga boy yumoristik she'r-u hikoyalar, doston-u qissalar bitadilar: nabotot va hayvonot dunyosini bolalarning hayratomuz nigohi bilan qayta-qayta kashf qiladilar: parranda, darrandalarni misol qilib. ibratomuz ertag-u masallar yozadilar: Vatan — kindik qoni to'kilgan muqaddas Ona tuproqqa sadoqat, ustozlar va ota-onalar hurmatini sharaflash ruhidagi she'r-u dostonlar yaratadilar; bolalarni ilm-ma'rifat nuridan bahramand bo'lishga chorlovchi — maktab, kitob va boshqa turli o'quv qurollarini madh etuvchi asarlar bitadilar va hokazo. Albatta, bu mavzularning har biri ham umrboqiyligi va bolalar adabtyotida doimo sezilarli mavqe kasb etishi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Biroq ..Ana shu haqiqatlarni har bir aviod qanday qayta kashf qilyapti va bu kashfiyotlarning badiiyat darajasi qanday'.'" degan savol doimo oldimizda ko'ndalang turishi ham. shu boisdan, tabiiydir.
Bolalar adabiyoti, nazarimizda, hayotning o'zi qadar qadimiy bo'lib, onaning birinchi bolasiga aytgan ilk allasidan boshlanib, xalq og'zaki ijodida bolalarning tili burro bo'lishiga yo'naltirilgan tez aytishlar, fikrini, zehnini charxiashga yo'naltirilgan topishmoqlar, o'yin qo'shiqlaridan masallar-u enaklargacha bo'lgan qanchadan qancha aynan bolalarga mo’ljallangan janrlar tarzida namoyon bo'ladi. Aslida esa ularning barchasi o'sib kelayotgan yosh avlodning ma'naviy kamoloti manfaatlariga xizmat qiladi. Mumtoz adabiyotimizda ham. garchand, bizning bugungi “bolalar adabiyoti" tushunchamizga u qadar mos kelmasa-da, farzand ta'lim-tarbiyasiga yo'naltirilgan “pandnoma" janrining ko'plab namunalari azal-azaldan mavjud. Zero, bola bor ekan, uning komil inson bo'lib yetishuviga xizmat qiladigan adabiyot ham bo'lmog'i aniq.
Ma'lumki, bolalar adabiyotini umumadabiyotdan farqlab turadigan bir qator o'ziga xosliklar mavjud bo'lib. ular. dastavval, ma'rifiylik va tarbiyaviylikda aks etadi. Zero, bolalar adabiyoti, avvalo, ta'lim va tarbiya beradi. Ana shu ta'lim-tarbiyani go'zal badiiyat qobig'iga jo qila olish esa ijodkordan ulkan mahoratni talab qiladi va, shu boisdan ham, barcha qalamkashlar bolalar shoiri yoxud yozuvchisi bo'la olmaydilar.
Ikkinchidan esa, bolalar adabiyotini alohida, maxsus adabiyot sifatida tasnif qilishning o'zi ham keyingi yuz yillikda, ya'ni XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo'lgan. Ungacha deyarli barcha xalqlar adabiyotlarida. jumladan, o'zbek bolalar adabiyotida ham bolalarga ko'proq umumadabiyotdagi tarbiyaviy (didaktik) va ta'limiy-ma'rifiy asarlar tavsiya qilingan.
Bolalar kitobi bu vazifani bajarishda badiiy tilga suyanadi. Adabiy asarning tili uning g`oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir. YAxshi, aniq, ravon, obrazli, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi.
Alisher Navoiy «Mahbubul qulub»da tilni «ko`ngil xazinasining qulfi», deb ta’riflaydi. Buyuk shoir kishilarni qisqa va mazmunli, chuqur mantiq bilan so`zlashga chaqiradi. Bu talab, shubhasiz, bolalar yozuvchilariga ham taalluqlidir.
Demak, bolalar yozuvchisi sodda, ravon, qiziqarli va mazmundor qilib yoza bilishi kerak. Buning uchun esa u xalq tilini puxta bilishi lozim. Ravon til bilan yozilgan badiiy asarlar kitobxonning nutqiga ham katta ta’sir ko`rsatadi, so`z boyligini oshiradi.
Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh avlodni hayotga to`g`ri munosabatda bo`lishga o`rgatadi, ona-diyorimizga, mehnatga muhabbat, zamonamizga sadoqat ruhida tarbiyalaydi, ularni yurtimizning munosib farzandlari bo`lishga chaqiradi. Kitob bolaning dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi, xarakterini tarbiyalaydi. Ilm-fanga muhbbatini oshiradi. Kitob xalqimizning o`tmishi, ilg`or madaniyatimiz, fan va texnikamiz yutuqlari bilan tanishtiradi, faxr-iftixor tuyg`ularini o`stiradi.
Bugungi kunda qudratli qurollardan biri bo`lgan bolalar adabiyotidan keng foydalanmay turib, yangi jamiyat quruvchisini har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash mumkin emas.
Bolalar kitobxonligini o`quvchilarning pedagogik-psixologik xususiyatlariga ko`ra quyidagicha guruhlarga ajratib o`rganish mumkin:
1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar kitobxonligi (2 yoshdan 7 yoshgacha).
2. Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi (7 yoshdan 11-12 yoshgacha).
3. O`rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi (13-14 yoshdan 15-16 yoshgacha).
Boshqa xalqlarda bo‘lgani kabi o‘zbek bolalar adabiyotida ham uning ilk namunalari folklor asarlari tarzida yuzaga kelgan. Allalar, qo‘shiqlar, ovutmachoqlar, erkalatmalar, sanamalar hali go‘dakligidanoq bolalar qulog‘iga quyib boriladi. Keyinchalik ular ertaklar, topishmoqlar, maqol va masallar, dostonlar tarzida bevosita bolalarning o‘zlari tomonidan mutolaa qilinadi.
O‘zbek bolalar adabiyoti so‘z san’ati sifatida uzoq yo‘lni bosib o‘tgan bo‘lsa-da, fan sifatida shakllanishi XX asrning 20-30 yillariga to‘g‘ri keladi. O‘zbek bolalar adabiyotining so‘z san’atiga tegishli maxsus adabiyot va fan sifatida shakllanish tarixi yuzasidan P.Shermuhammedov, O.Safarov, G‘.Jahongirov, O‘.Rashid, A.Suyumov, R.Barakaevlarning turlicha qarashlari mavjud. Ulardan R.Barakaevning fikr-mulohazalari eng so‘nggi davrdagi ilmiy izlanishlar mahsuli bo‘lsa-da, ayni muammo bo‘yicha haligacha qat’iy to‘xtamga kelinmagan. R.Barakaevning «O‘zbek bolalar adabiyoti va Abdulla Avloniy ijodi» nomli kitobida bolalar adabiyotining shakllanish tarixi, so‘z san’ati va fan sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari Abdulla Aloniy va Hamza ijodi misolida to‘g‘ri qayd qilingan. Bolalar adabiyoti tarbiyaviy mohiyatiga ko‘ra pedagogika, psixologiya, adabiyotshunoslik, san’atshunoslik, tarix kabi fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Bolalar adabiyotining ijodiy qonuniyati kattalar adabiyoti qonuniyatlaridan deyarli farq qilmaydi. Asosiy farq asarlarining kitobxonlarning yosh xususiyatlariga ko‘ra tasniflanishidadir. Ayni shu jihatdan kichkintoylar adabiyoti kattalar adabiyotidan alohida ajralib turadi.
Bolalar adabiyoti tarbiyaga xizmat qilishiga ko‘ra pedagogika fani yutuqlariga tayanadi. Ammo, asarlar tahlili, qahramonlar xarakter-xususiyatlarini baholashda adabiyotshunoslik va mantiq fanlar nuqtai nazaridan yondoshadi.
O‘zbek bolalar adabiyoti san’at sifatida insoniyat tarixi bilan tenglashsa-da, fan sifatidagi taraqqiyoti va shakllanish tarixi XX asrning birinchi choragiga to‘g‘ri keladi. Bugungi bolalar adabiyoti umumadabiyotning ajralmas qismini tashkil etadi.
O‘zbek bolalar adabiyotining shakllanish tarixini sho‘ro mafkurasi tan olgan ijodkorlar va avvalo, Hamza Hakimzoda Niyoziy nomi bilan bog‘lash an’anasi ana shunday qilib maydonga keldi. Shu sababli ham o‘zbek bolalar adabiyoti revolyutsiyadan ancha oldin tashkil topib, ma’lum traditsiyalarga ega bo‘lganini e’tirof etgan professor H.Abdusamatov bu adabiyot shakllanishining ilk qadamlarini Hamza nomi bilan bog‘laydi: Hamza boshchiligidagi progressiv kuchlar asosan dunyoviy ilmlar, estetik prinsiplar haqida jiddiy narsalar yozib, ularni asta-sekin bolalar ongiga singdirib borishni afzal ko‘rdilar. Burjua hamda jadid adabiyoti vakillari esa, aksincha, o‘quv darsliklari hamda bolalar uchun yoziladigan asarlar, asosan, ertaklar, yengil-elpi hikoyalar, oldi-qochdi cho‘pchaklar, diniy rivoyatlardan iborat bo‘lishini qat’iy talab qilib, amaliy ishlarida ham shunga rioya qildilar, – deb yozadi u.
Bu harakat, dastavval, ma’rifatparvarlik harakatini rad etishning bir ko‘rinishidir. Chunki «Bolalar adabiyoti har bir xalqning madaniy taraqqiyoti va pedagogik fikrining o‘sishiga bog‘liq holda shakllanish jarayoni kechadi. Binobarin, o‘zbek bolalari uchun mo‘ljallangan maxsus
Adabiyotlar

  1. Jahongirov G‘. O‘zbek bolalar folklori. – T.: O‘qituvchi. (1977).

  2. Barakaev R. O‘zbek bolalar adabiyoti va Abdulla Avloniy ijodi. – T.: «Fan», 2004.

  3. Jumaboev M. Bolalar adabiyoti va folklor. – T.: O‘qituvchi, 2006.




Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling