1-ma’ruza: Kirish bolalar adabiyoti fan sifatida, uning maqsadi va vazifalari. Reja


-ma’ruza. G’afur G’ulom va Quddus Muhammadiy hayoti va ijodi


Download 0.73 Mb.
bet14/31
Sana26.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1655091
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
Bog'liq
Bolalar adabiyoti MA'RUZA MATNI (2)

8-ma’ruza. G’afur G’ulom va Quddus Muhammadiy hayoti va ijodi.
Reja:
1. G‘afur G‘ulom hayoti va ijod yo‘li
2. Shoir adabiy merosi
3. G‘afur G‘ulomning bolalarga bag‘ishlangan asarlari
4. G‘afur G‘ulom ijodining o‘rganilishi
5. Quddus Muhammadiy hayoti va ijodi.
6. Quddus Muhammadiyning adabiy merosi
7. Quddus Muhammadiy ijodida tabiat mavzusi.

1903 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan otashnafas kuychi G‘afur G‘ulom hozirgi zamon o‘zbek bolalar adabiyotining yuksalishida muhim o‘rin egallaydi.


1918 yilda G‘afur G‘ulom 8 oylik muallimlar tayyorlash kursiga kirib o‘qidi va 1919 yildan boshlab o‘qituvchilik ishlari bilan shug‘ullana boshladi. Yoshlarni bilim va madaniyat quchog‘iga tortishda u astoydil xizmat qildi. U Toshkentdagi «Urfon» nomli maktab qoshidagi boqimsiz bolalar uyida tarbiyachi va mudir bo‘lib ishladi.
1923 yildan adabiyot maydoniga qadam qo‘ygan G‘afur G‘ulom o‘z ijodini bolalarga atab she’r yozishdan boshladi. U butun ijodi davomida yosh avlodni unutmadi va unga munosib adabiy meros qoldirdi. Shoirning «Mukofot» (1940), «She’rlar» (1946), «Tongotar qo‘shiqi» (1949), «Bari seniki» (1953), «Bir g‘uncha ochilguncha» (1955), «Siz mening yoshligimsiz» (1958) she’riy to‘plamlari; o‘rta va katta yoshdagi bolalar uchun «Shum bola», «Tirilgan murda» (1934), «Yodgor» (1935) kabi ajoyib asarlari bolalar adabiyotida munosib o‘rin tutadi.
G‘afur G‘ulom «Yasha, deyman o‘g‘lim!» she’rida fan va texnikani egallashni havas qilgan, qalbi qahramonlik ruhi bilan to‘lib-toshgan, cheksiz osmonga uchib, yulduzdan yulduzga o‘tishni orzu qilgan yosh qahramon tuyg‘ularini o‘g‘il misolida tarannum etadi. Shoir bolalardagi qahramonlikka bo‘lgan zo‘r havasni sezgirlik bilan ilg‘ab olib, uni mohirlik bilan ifodalab bergan. Ota bilan bolaning suhbati shaklida yozilgan bu she’rda o‘g‘ilning qo‘rqmaslik va irodalilik xislatlari jonli tafsilot va obrazlar orqali ochiladi. She’rda bolalarning ichki kechinmalari, xarakteri, hamma narsani bilishga bo‘lgan qiziquvchanligi kulgili usulda, ta’sirli ifodalangan.
«Tursunali nega varrakdan voz kechdi?» she’rida G‘afur G‘ulom texnikaning kuch-qudratini kichik yoshdagi bolalar saviyasiga mos vositalar - varrak va aeroplan orqali ko‘rsatadi. Shoir buni varrakning kuchsizligi bilan aeroplanning kuchliligini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish va jonlantirish usuli orqali mohirona ko‘rsatishga muvaffag‘ bo‘lgan. Shoir aeroplanda tinmay baland va uzog‘larga uchgan qahramon obrazini chizar ekan, bolalarda zamonamizning shunday qahramoniga nisbatan mehr-muhabbat uyg‘otadi. Shu bilan birga, muallif she’rda Vatanimiz qudrati va go‘zalligini shoirona tasvirlaydi, hayotda tug‘ilayotgan yangiliklar bilan bolalarni tanishtiradi, bularning hammasi ijodiy mehnat orqali yaratilganligini kuylab, ularni zamonamiz qahramonlari izidan borishga, fanning cho‘qqilarini egallashga undaydi.
Aeroplanning uchar otga o‘xshab ketishi bolaning xayoliga muvofiq keladi. Shoir aeroplan talqinida bolani uni minib olishga, «Fanning eng cho‘qqisi»ga uchirib olib borishga chaqiradi. Bunday havas ishtiyoqi yosh yurakni to‘lqinlantiradi va bola samolyot minishga qat’iy ahd qiladi.
Shoir «Bari seniki» she’rida yuksak vatanparlik g‘oyasini ilgari suradi. Ayni chog‘da, o‘z xalqining baxtini, go‘zal Vatanning istiqbolini kuylagan shoir hayotga bo‘lgan muhabbatini Vatanga bo‘lgan muhabbati tuyg‘usi bilan yonma-yon qo‘yadi, bolalarga ikkovini bir butun holda tushuntiradi. Buni shoir bola tilidan quyidagicha ifoalaydi:
Muncha ham chiroylisan, aziz Vatanim,
Bodomday ming ko‘z bilan sevar badanim.
Sensan avval oxir, sensan sevganim,
Jonim, yurak qonim, hatto shu tanim,
Bir butun holicha bari seniki.
«Ahmad yomon bola emas-ku, ammo...» she’rida Ahmad obrazi orqali «Sog‘lom tanda – sog‘ aql» maqolidagi mazmunni o‘ziga xos obrazli tarzda yoritadi. Shoirning mahorati shundaki, shartlilik asosida Ahmadning tani a’zolarini jonlantiradi va Ahmad o‘z tozaligiga befarq qaragach, bu a’zolar majlis qilib har biri so‘zga chiqadi va egasidan norozi ekanliklarini aytib, uni tanqid qiladi. G‘afur G‘ulom doktorning foydali maslahatlariga amal qilgan Ahmadning keyinchalik ozoda, sog‘lom va intizomligina bo‘lib qolmay, balki a’lochi o‘quvchiga aylanganligini ishonarli tasvirlaydi:

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling