1-ma’ruza: Kirish bolalar adabiyoti fan sifatida, uning maqsadi va vazifalari. Reja
Download 0.73 Mb.
|
Bolalar adabiyoti MA'RUZA MATNI (2)
O‘zing axir nimasan,
G‘oyamisan, tog‘misan?.. Jahonmisan, bog‘misan? Rangmisan, quyoshmisan? Hammasidan ulug‘san!.. Hoynaxoy bir kitobsan, Minglab qomusdan baland. Hoynaxoy oftobsan, Men esa senga farzand. Shoir she’rda onaga murojaat etib, uni g‘oya, yuksak tog‘, chaman bog‘ hamda quyoshga qiyoslaydi va onani ulardan yuqori qo‘yadi. Darhaqiqat, dunyoda onadan ulug‘ zot yo‘q! U borliqqa jon baxsh etuvchi, olamni nurga burkovchi oftob misol qadrli, hatto undan ham azizdir. She’r bolalarda onalarga chuqur muhabbat hissini uyg‘otishda katta xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, akademik shoir G‘afur G‘ulom o‘zbek bolalar adabiyotini yuksaltirishga barakali hissa qo‘shdi. U yoshlar uchun yozgan asarlarida bolalarning quvnoq hayotini yurakdan berilib kuyladi. Uning asarlari bolalarni yaxshi o‘qishga, ilm-fan cho‘qqilarini egallashga, zamonamizning ilg‘or kishilari bo‘lib yetishishga chaqiradi. O‘tgan asrning 30-yillari o‘zbek bolalar adabiyoti tarixida G‘ayratiy, S.Jo‘ra, Z.Diyor, M.Fayziy, D.Oppoqova, A.Rahmat, H.Nazir, I. Muslim kabi professional bolalar yozuvchilarining yetishib chiqishi bilan xarakterlanadi. Ularning ichida Quddus Muhammadiy ijodi alohida o‘rin tutadi. Biologiya o‘qituvchisi sifatida tabiatshunoslik darslarini she’riy usulda tashkil qilishi, “Yosh tabiatshunoslar” to‘garigida ijodkor o‘quvchilar bilan olib borgan mashg‘ulotlari uni bir umr bolalar adabiyotiga bog‘lab qo‘ydi. Tabiat va inson kamoloti ijodining bosh mavzusi bo‘lib qoldi. “Maktab hovlisida, – deb yozgan edi shoir keyinchalik, – u yoqdan bu yoqqa yurib, dars mavzulari, ildiz, barg, gullarni qanday qilib o‘quvchilarning ko‘z o‘ngida qiziq qilib ko‘rsatishni o‘ylardim”. “Tolim gullaydi-yu, nega meva tugmaydi?”, “Tok daraxti bir xil-u, mevasi nega har xil?”, “Olchaning rangi nega qizil?”, “Paxta qo‘shig‘i”, “Bahor keldi” she’rlarini ana shunday izlanishlar mahsuli deyish mumkin. Shoirning “Tabiat alifbesi”, “Cho‘pon bobo qo‘shig‘i”, “Qanotli do‘stlar”, “Bog‘larda bahor”, “Odam – olam qo‘shig‘i”, “Dono boboning nevara-chevaralari”, “Ochil dasturxon” kabi to‘plamlarining nomlanishidan ham ma’lumki, tabiat haqidagi she’rlarining mazmun-mundarijasi xiyla keng. Bir guruh she’rlarida tabiat manzarasi yoki uning biror xarakterli belgi-xususiyati tasviri orqali o‘quvchilarda go‘zallik tuyg‘ularini uyg‘otish ko‘zda tutiladi. Masalan: Qo‘llarida soz bilan, Gul-g‘uncha pardoz bilan, Silkinib parvoz bilan, Uchib turna, g‘oz bilan Sevikli bahor keldi. “Bahor keldi” Boshqa birlarida tolning gullashi-yu, meva tugmasligi, tok daraxtining barglari bir xil bo‘lgani holda mevasining har xilligi, olcha rangining qizilligi sabablarini o‘ylab ko‘rish bilan bog‘liq mantiqiy fikrlashga da’vat qilinadi. Uchinchi bir xillarida (“Kapalak bilan asalari”, “Kolxoz bog‘boni”, “Nafisaoy va kishmishvoy”, “Kamolvoy va shamolvoy”) tabiatning gullab-yashnashiga aloqador kishilar mehnati misolida mehnatga muhabbat g‘oyasiga urg‘u beriladi. “Quddus Muhammadiy uchun mavzuning chegarasi yo‘q,- deb yozgan edi. S.Mamajonov, – bolalarning ruhiy kechinmasidan tortib to hayvon-parrandalargacha hamma-hammasi to‘g‘risida yozadi… Voqeaviylik, syujetlilik serbo‘yoqlilik, hatto shamolning ham tovushini bera olishlik uning she’rlariga kuch bag‘ishlaydi”. Shoir kichkintoylarning tizginsiz savollari ularning odam va olam sirlarini bilishga bo‘lgan qiziqish-intilishlari natijasi ekanligini teran idrok etadi. Shuning uchun ham “Sandal va pechka”, “Kapalak va asalari”, “Bir o‘zboshimcha chumchuq haqida” nomli ilk she’rlaridan boshlab talay asarlarini savol-javob asosida yaratadi. Hatto ayrim savollarni asar sarlavhasigacha chiqaradi. “Sandal va pechka” ulardan qaysi birining hayotiy ahamiyati muhimligi to‘g‘risidagi bahs bilan boshlanadi. Ma’lum bo‘ladiki, sandal ancha qo‘pol va kalondimog‘. Bahsga undan jabr ko‘rgan stol, stul, karavot, toshoyna, dumi cho‘ltoq Moshlarning aralashuvi bilan kekkaymachoq sandalning siri fosh bo‘lib, haqiqat qaror topadi. “Bir o‘zboshicha chumchuq haqida” she’riy ertagi xalq og‘zaki ijodi an’analari uslubida yaratilgan bo‘lib, ayrim kishilar fe’l-atvoridagi ishyoqmaslik, yalqovlik, manmanlik illatlarini fosh etishga qaratilishi jihatidan Shukur Sa’dullaning “Laqma it”, “Ayyor chumchuq” asarlari bilan bir qatorda turadi. “Laqma it” ertagining qahramoni yoz bo‘yi ko‘cha changitib, shataloq otib yuradi. O‘yinqaroqlik bilan qish g‘amini yemaydi.Uning qahraton qishda boshpana so‘rab sigir, mushuk, echkilarga qilgan murojaati naf bermaydi. Oyog‘iga tikan kirgan ayyor chumchuq ham (“Ayyor chumchuq”) o‘z maqsadiga erishish uchun eshak, bo‘ri, mergan, sichqon, mushuk, kampir, shamol bilan suhbatlashadi. Ular o‘rtasida chaqimchilik qilib ish tutadi. Q. Muhammadiy ertagining qahramoni o‘zboshimcha chumchuq tekinxo‘rligi, manmanligi va o‘zboshimchaligi bilan ularga yaqin turadi. Chumchuqlar erta bahorda in qurib birgalikda yashash to‘g‘risida murojaat qilishganida, u chor-atrofda tayyor uylar ko‘pligini, mehnat qilishni istamasligini aytib, o‘z qavmlariga qo‘shilmaydi. O‘zboshimchalik bilan zag‘izg‘onning uyiga kirib ta’zirini yeydi. Tayyor in – mo‘rkonga joylashganida pechkaga yoqilgan o‘tda patlari jizg‘anak bo‘lib, arang qochib qutuladi. Ta’viya chumchuqni Ko‘rganlar hech tanimas, Hech bir qushga o‘xshamas. Na ola-yu, na qora, Na chipor-u qashqamas. Shoir ijodida yengil yumor vositasida fosh qiluvchi hajviy ruh muhim tarbiyaviy mohiyat kasb etadi: “Yaxshi-yomon deganlaridek, ba’zi bir o‘quvchilarning badfe’lligi va jahldorligi, g‘ofilligi, o‘z-o‘zidan ogoh emasligi, o‘z-o‘zini qo‘lga olmasligi va to‘g‘ri yo‘lga solmasligi, o‘qib uqmasligi, uqqani ham yuqmasligi, haddan osha tomoshaxo‘rligi, mehnatga berilmasligi, mehnatkash bo‘lmasligi meni ancha o‘ylantiradi, qalbimni ranjitib, qiynaydi”. “O‘z-o‘zini tanqid”, “Dum”, “Ahmadjonga uyat”, “O‘tkirjon va vaqt”, “Tugmacha”, “Do‘nansher nega ikkichi?”, “Teshaning buzog‘i nega suzag‘on bo‘ldi?” kabi mashhur she’rlar ana shunday ruhiy kechinmalar asosida yuzaga kelgan. Shoir asarlarida olg‘a suriladigan tarbiyaviy g‘oya quruq tavsiflanmaydi, balki qalamga olingan narsa-predmetlar, voqea-hodisalar, holatlar va kichkintoylar fe’l-atvoridagi yaxshi-yomon xislatlarga jo‘shqin hissiy munosabatlar ifodasidan tabiiy suratda kelib chiqadi. Quddus Muhammadiy o‘zini tabiatdan ayricha his etmaydi. Undagi maysa-giyohlaru dov-daraxtlardan tortib hayvonot olamigacha bo‘lgan jamiki mavjudot o‘ziga xos sir-asrorga ega – o‘qilmagan kitob. Ko‘p hollarda ularning mohiyatini ochishda shoir kichkintoylarning xayolida tug‘ilishi ayon savollarga murojaat etadi: Hammadan qiziq ukki, Tumshug‘i egri-dukki. Nechun yurmas kunduzi, Nega yonadi ko‘zi? “Ahmadjonning kitobxonligi” “Quddus Muhammadiy – ulkan shoir, o‘zbek bolalar she’riyatining sarboni, – deb yozadi S.Mixalkov. – U faqat bolalarninggina emas, yozuvchilarning ham hurmat va muhabbatini qozondi. Bunday hurmat-e’zozga osonlikcha erishib bo‘lmaydi. U juda obrazli, shirali, esda qoladigan tarzda yozadi. Shuning uchun she’rlari yosh kitobxonlarga ham, katta kitobxonlarga ham manzur bo‘lishi butunlay tabiiydir”. Quddus Muhammadiy – tabiatan bolalar shoiri. Uning ijodida bolalarcha soddadillik, qiziquvchanlikning keksalik donishmandligi bilan uyg‘unlashib ketganini ko‘rish mumkin. Shoir bolalar she’riyati bobida ustozlik maqomiga erishgungacha uzoq va mashaqqatli ijodiy yo‘lni bosib o‘tdi. Urush yillari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasidagi mushoirada “Sa’va sayrarkan” nomli she’rini o‘qib Hamid Olimjon, Oybeklarning nazariga tushgan shoir ularning tavsiyasi bilan Narpay tumaniga boradi va bir necha yil davomida Islom shoirga adabiy kotiblik qiladi. Natijada shundan keyingi ijodida folklor asarlariga xos jo‘shqinlik, mubolag‘a va mushohadakorlikka alohida e’tibor qaratiladi. “Kichkintoylar uchun yozilgan har bir she’r, – degan edi K. Chukovskiy, – hatto bir satr ham rassom uchun material bermasa, u o‘z-o‘zidan yaroqsizdir”. Q.Muhammadiy she’riyati bu fikrni to‘la tasdiqlaydi. Uning she’rlarida siniq pero dikillab, cho‘ltoq ketmon oqsoqlanadi, darz ketgan tog‘ora to‘lg‘anib, eski qulflar yo‘rg‘alaydi (“Temirlar o‘yini”). Bu esa kichkintoylarning jonli-jonsiz jamiki mavjudotni harakatda deb bilishi bilan bog‘liq tasavvur-tushunchalariga juda mos keladi. Q.Muhammadiy she’rlarida hayotga bolalar nigohi bilan yondashadi, ularning tasavvuri bilan kuzatadi. Qizig‘i shundaki, shoirning o‘zi shunga ishonadi, shundan cheksiz zavqlanadi, kitobxonga ibrat bo‘larlik tarbiyaviy xulosa chiqaradi. “Chumoli” she’ri buning yorqin dalilidir. Bola bilan chumoli suhbati asosiga qurilgan mazkur she’rda asosiy gap chumolining tashqi ko‘rinishi (boshi va dumining kattaligi, belining ingichkaligi) ustida ketayotgandek bo‘lib tuyulsa-da, ziyrak kitobxon chumolining vatan obodligi, el-yurt xizmatiga kamarbastaligi to‘g‘risidagi javoblaridan vatanga muhabbat to‘g‘risida tegishli xulosa chiqarishi shubhasidir. Quddus Muhammadiy bolalar adabiyotiga baho berganida uni “ona sutidek pokiza” deb ta’riflagan edi. Bu ta’rif uning o‘z asarlariga ham tegishli bo‘lib, hayotiy va ijodiy pozitsiyasini anglatadi. “O‘quvchiga esdalik” she’rining dastlabki o‘quvchilari bugungi kunda bobo va buvilar sifatida mazkur she’r misralarini chevara-evaralari bilan qo‘shilib yod aytishlari shoir she’riyatining umrboqiyligidan dalolat beradi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling