1-ma’ruza: Kirish bolalar adabiyoti fan sifatida, uning maqsadi va vazifalari. Reja
-ma’ruza. Dilshod Rajabov va Abdurahmon Akbarlar ijodida uslubiy izlanishlar
Download 0.73 Mb.
|
Bolalar adabiyoti MA'RUZA MATNI (2)
16-ma’ruza. Dilshod Rajabov va Abdurahmon Akbarlar ijodida uslubiy izlanishlar
Reja Dilshod Rajab hayoti va ijodi. Shoirning adabiy merosi. Abdurahmon Akbar hayoti va ijodi. Shoirning adabiy merosi. Bolalar uchun yaratilgan asarlari. Shoir asarlari tematikasi. Dilshod Rajab o'zbek bolalar she'riyatining istedodli vakillaridan biri. U 1964 yil Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida ziyoli oilasida tug'ildi. 1982 yil A.Navoiy nomli 4-o'rta maktabni oltin medalm bilan bitirib, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti (hozirda universitet) o'zbek tili va adabiyoti fakultetiga o'qishga kirdi. 1983 – 1985 yillar harbiy xizmatda bo'lib qaytgach tahsilni davom ettirdi. 1989 yil oliy dargohdagi tahsilni tugatib, o'zi o'qigan 4-maktabda o'qituvchi bo'lib ishladi. 1990 – 1993 yillar Nizomiy nomidagi TDPI aspiranturasida o'qib. Filologiya fanlari doktori, professor P.Shermuhamedov ilmiy raxbarligida “80-yillar o'zbek bolalar she'riyatida poetik mahoratning ayrim masalalari” mavzusida nomzodlik ishini yozib, himoya qildi. U 1994 – 2004 yillarda O'zbekiston Davlat matbuot qo'mitasida, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi “Adabiyot jamg'armasi” nashriyotida, Respublika “Shahidlar xotirasi” xayriya jamg'armasida turli lavozimlarda ishladi. 2005 yildan buyon O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Muhofaza+” jurnali, “Vaziyat” gazetasi birlashgan tahririyatida bosh muharrir lavozimida faoliyat yuritmoqda. Yuzdan ortiq ilmiy, ilmiy-ommabop va publisistik maqolalari chop etilgan. Jurnalistika sohasida VI “Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov sovrindori (2011 yil). Shoir, filologiya fanlari nomzodi Dilshod Rajab o'zining bolalarga atalgan qator kitoblari, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalari bilan o'zbek bolalar adabiyoti rivojiga o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Uning bolalarga atalgan “Qorqiz sovg'a keltirdi” (1989 yil, hammualliflikda), “Hazilkashlar davrasida” (1991, hammualliflikda), kitoblari chop etilgan. Xususan mustaqillik davrida faol ijod qilib quyidagi to'plamlarni chop ettirdi: “Otamning bog'i” (Cho'lpon nashriyoti, 1996 yil), “Daryo ko'ngil” (G'.G'ulom nomidagi nashriyot 1997 yil), “Jilvon o'g'loni” (O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg'armasi nashriyoti 2001 yil), “Alifbo” (O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg'armasi nashriyoti 2001 yil), “Tanish tovushlar” (Zarqalam nashriyoti 2006 yil), “Sukut sarhadi” (Zarqalam nashriyoti 2006 yil), “O'n o'rtoq” (“O'qituvchi” nashriyoti 2011 yil) “Hamro polvon” (Abu Matbuot nashriyoti 2011 yil) “Poezdning bolasi” (Muharrir nashriyoti 2013 yil) Dilshod Rajab shuningdek mustaqillik davrida davriy matbuotda yuzga yaqin chiqishlar qildi. O'ndan ziyod to'plamlarga so'z boshi va taqrizlar yozdi. U ayni paytda O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi bolalar va o'smirlar adabiyoti kengashi a'zosi sifatida ham faoliyat ko'rsatmoqda. O‘rdakchamning ovozi Jarangdor juda, Og‘zi tinmas «g‘a-g‘a»lab Yuvinsa suvda. Rostini aytsam, unga Havasim kelar- Mendan kichik bo‘lsa ham Suzishni bilar! Ha, bunday jozibali, quvnoq, ta’sirli misralar muallifi Abdurahmon Akbar 1962 yilda Yangiyo‘l tumani Niyozbosh qishlog‘ida tavallud topgan. U 1987 yilda hozirgi M.Ulug‘bek nomidagi Toshkent Milliy universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. A.Akbar «Kichkintoy va paxta oy», «Ehtiyotkor toshbaqa», «Uyquchining tushlari» kabi o‘ndan ortiq she’riy kitoblar muallifi. Abdurahmon o‘zbek bolalar adabiyoti rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun Usmon Nosir nomidagi mukofot va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlangan. Abdurahmon Akbar ijodi rangba-rang mavzuda, shirali, ta’sirli yozilganligi bilan ajralib turadi. Aksariyat she’rlarining qahramonlari ko‘ngillari osmon kabi musaffo, shaloladek quvnoq, orzulari buloqlar suvidek toza, shamoldek tinim bilmaydigan bolakaylar ekanligining guvohi bo‘lasiz. Kattalar his qiladigan narsalarni bu bolakaylar ham his qiladilar. Bunday kitobxonlarni o‘ylantiradigan, ularning qalbiga zavq bera oladigan she’rlar yozish uchun esa bolalar dunyosini chin dildan bilishi, sevishi, ardog‘lashi lozim. Yana bir gap. Ularning yuraklaridagi orzularni qidirib topish, ularni o‘rtagan narsalardan o‘rtanish, ular hayratlangan narsalardan hayratlanish talab etiladi. Kichkintoylar dunyoni o‘zgacha idrok qiladilar. Kattalar uchun oddiy tuyulgan narsalar ular ko‘z o‘ngida fojiaviy ko‘rinishi, kattalar uchun og‘riqli va armonli tuyulgan yechilmas masalalar esa ular nazarida oddiy yechimini topishi qiyin emas. Masalan, mana bu she’riy parchadagi kabi: Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling