1-ma’ruza: Kirish bolalar adabiyoti fan sifatida, uning maqsadi va vazifalari. Reja
Download 0.73 Mb.
|
Bolalar adabiyoti MA'RUZA MATNI (2)
Ertakdagi parilar sarvqomat desalar,
Ulardan go‘zal derdim Lobaray kennayimni. Kasal bo‘lib qolasiz yig‘layversangiz agar, Desam ham ko‘zin yoshlab solib berdi joyimni, Ona, tog‘amning nega bitta ham bolasi yo‘q? Akam, opachalarim xafa bo‘lishsa bo‘lar Mening aytganimga ham bir borgina kiringlar Ko‘nmasangiz agarda uydan qochib ketaman, Meni kichik tog‘amga o‘g‘il qilib beringlar. Shoirnnig «Iltimos» deb atalgan she’rining adabiy qahramoni tog‘asining armoniga ana shu yo‘sinda nuqta qo‘yishga bel bog‘laydi. «Abdurahmonning o‘ziga xosligi – bolalar qalbini so‘zlatishda», - deb yozadi shoira va adabiyotshunos Kavsar Turdieva «Yangilanayotgan qadamlar» nomli maqolasida muallif qayd etganidek, shoir she’riy misralarga tushirgan so‘zlar bolalar qalbining qa’riga yashiringan tuyg‘ularning jilovini tortib, biz kutmagan buloqchalar, ma’danlar, kashfiyotlar ochgandek bo‘ladi. Bu xazinalar bolalar qalbida yashiringan his-tuyg‘ular, mehr-muhabbat, sog‘inch, armon, o‘kinch, nafrat va hokazolardir. A’lochi qiz edi Nigora Darslaridan sira qolmasdi. Ahvol so‘rab borgan paytimiz – U o‘rnidan tura olmasdi. Bu A.Akbarning armon haqidagi she’ri. Shoir she’rlarining ikki xususiyati mazkur she’rda yaqqol namoyon bo‘ladi. Birinchisi: holat qarama-qarshiliklarini berish (Nigoraning darslardan sira qolmasligi va sal o‘tib uning o‘rnidan tura olmasligi). Bu qarama-qarshi holat zamirida ilojsizlik, taqdirning achchiq haqiqati yotadi. Va ikkinchi xususiyat – bolalar she’riyatida ham tabiat tasvirini voqealar rivoji bilan Uyg‘unlikda berish. Sog‘aymadi sinfdoshimiz Oxirgi kun qorayganda qosh, ... Derazada bizlar keltirgan Atir – gullar qolgandi so‘lib... Armon, ilojsizlik, ko‘z yosh va g‘am uning ko‘rinishlaridir. Bu ilojsizlikka she’rning so‘nggi misralari go‘yo so‘nggi nuqta qo‘ygandek bo‘ladi: Ko‘zimizni qizartirdi g‘am, Qalbimizdan armon ketmadi. Ko‘taraylik tobutin desak, Bo‘yimiz yetmadi, yetmadi... Bu kabi qarama-qarshiliklar ko‘plab shoirlarning ijodiga xos. Asosiy fikr bu emas. Asosiysi shundaki, Abdurahmon Akbar ijodi hozirgi zamon o‘zbek bolalar she’riyatiga lirik kayfiyat va bola kechinmalarini qahramon tilidan berishning o‘ziga xos uslubini olib kirdi. Ancha qiyin bugungi mavzu, Quloq soling dedi muallim. Chor-atrofni bosgandayin suv Zum o‘tmasdan sinf bo‘ldi jim, Meni esa Nodira bilan Suhbatlashgim kelaveradi. Muhabbatdek ulug‘vor tuyg‘uni bera bilish bolalar she’riyatida ayniqsa, mushkuldir. Shuning uchun ham qahramon bu tuyg‘uni tushunib yetmasligi tabiiy. Nodira bilan suhbatlashishga ehtiyoj qahramon qalbida turadi savollar tug‘diradi. Eng avvalo, nima sababdan kelib chiqqan ekan bu suhbat ehtiyoji. She’r qahramoni savollarga javob topish jarayonida goh o‘zi ham chalkashib ketadi. Chunki uning mantiqiy xulosalari ham bolalarcha sodda. Balki shuning uchun ham javob topilmay, savol oxirigacha ochiq qolar. Bola hayron. Nodira bilan suhbatlashgisi kelgani bilan uning qiyofasida yaxshi sifatlar topa olmaydi. Orqaga hech boqmas Nodira, Taqinchog‘lar taqmas Nodira Bir oyog‘i shikasta, shundan Bolalarga yoqmas Nodira, Meni esa Nodira bilan Suhbatlashgim kelaveradi. Mensimasdan avvallar atay, Yig‘latardim sochidan tortib. Uzoq fursat unga gapirmay Ranjitardim sho‘xligim ortib. Endi o‘sha Nodira bilan Suhbatlashgim kelaveradi. She’rdagi holatlar ifodasini tahlil qilib ko‘raylik. O‘qituvchining dars mavzusining qiyinligini ta’kidlashi – so‘z ifodasi. Atrofning jimjit bo‘lishi - holat ifodasi. Nodiraning xayoliy portreti – chizgilar ifodasi. Nodiraga befarq bo‘lgan vaqtga ekskurs harakatlar ifodasi. Nodira haqidagi savollarning ochiq qolishi – mantiq ifodasi. Abdurahmon qiyoslash usulini bu she’rda juda muvaffaqiyatli qo‘llaydi. Taniqli adabiyotshunos Rahmatilla Barakaevning Abdurahmon Akbar ijodiga bergan bahosi ham e’tiborga molik. Muallif «Istiqlol davri bolalar adabiyoti: an’ana, vorislik va izlanish» nomli tadqiqotida shoir ijodining quyidagi qirrasiga alohida e’tibor qaratadi: «Abdurahmon Akbarning mumtoz adabiyotimiz»dagi qofiyali nasr (saj’)ni eslatuvchi «Shoir dadam haqida she’riy hikoyalar» turkumini she’riy shaklga sig‘magan fikrlar tizimi deyish to‘g‘riroq bo‘lar edi. Abdurahmon bu she’rlari bilan bolalar adabiyotimizga fikrlovchi, o‘ychan bola timsolini olib kirdi. Besh she’riy hikoyadan tarkib topgan turkum shoir dadasining armonu iztiroblarini, dardu tashvishlarini eshitib qolib, jajji yuragiga sig‘dira olmay, to‘lqinlanib so‘zlayotgan bolakay tilidan hikoya qilinadi. Jumladan, «Dadamning qalbi» she’riy hikoyasida shunday deyiladi: «Armon uyasimish dadamning qalbi, Dadamning qalbida kularmish sevinch. Dadamning qalbida ummon bor emish. Bor emish dadamning qalbida ilinj. Yozgan uch-to‘rt she’ri dadam qalbining topgan quvonchi-yu, ozori emish. Dadamning yuragi dunyo ko‘rmagan sonsiz fikrlarning mozori emish...». Ichki qofiyalanishga uyg‘un bo‘lgan so‘z takrorlari va bolakayning mo‘’jaz taxayyul olamiga sig‘magan nogahoniy qiyoslar ushbu turkumga mansub she’riy hikoyalarning shaklan va mazmunan mukammaligini ta’minlaydi. Binobarin, olti jumladan tashkil topgan she’riy hikoyada besh marta takrorlangan «dadamning qalbi» (bir o‘rinda dadamning yuragi) ifodasi, dastavval, uyg‘og‘ inson qalbining notinch to‘lqinlari yanglig‘ jaranglasa, bolakay uchun bir qarashda Qayritabiiy tuyuladigan qiyoslar («qalbda sevinch kularmish», «qalb-ummon», «qalbdagi ilinj», «qalbning quvonchi-yu, ozori», «yurak-fikrlar mozori») esa bolakay hayratining Qaroyib suvratlari yanglig‘ namoyon bo‘ladi. «Dadamning fikri», «Ari», «Supacha», «Dadamning hazili» she’riy hikoyalarida ham ana shunday mag‘zi to‘q fikrlar saj’ yo‘sinida hikoya qilingan va ular ham yosh kitobxon qalbida balog‘atga oshno hissini uyg‘otishga xizmat qiladi. A.Akbarning shakliy izlanishlari ham e’tiborga molik. Uning raqamli she’rlari kichik maktab yoshidagi bolalar she’riyatini yangicha shakl va mazmun bilan boyitdi. «Salom xat» she’ri shu jihatdan xarakterlidir. Harbiyda yigitlik burchini o‘tayotgan nevarasini sog‘inish hissi ko‘ngliga tinchlik bermayotgan, «ko‘zlari ham uchayotgan» buvining topshirig‘i bilan akasiga maktub bitayotgan Rahmatjon degan bolaning shu jiddiy holatda ham o‘ynab-kulgisi keladi, o‘zicha so‘zlar orasidan raqamlar qidirib topadi. Dastlab «qisqagina» ma’nodagi «ikki enlik» iborasidagi «ikki» so‘zini raqam bilan yozib qo‘yadi. Qarasaki, o‘zgacha ifoda, g‘ayritabiiy shakl paydo bo‘libdi. Ushbu g‘ayritabiiylikdan bolakay o‘ziga xos zavq tuyadi va boshqa so‘zlardan ham harf va raqamlardan tashkil topgan yangicha ifodalar «yarata» boshlaydi: Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling