1-ma’ruza: Kirish bolalar adabiyoti fan sifatida, uning maqsadi va vazifalari. Reja
Download 0,73 Mb.
|
Bolalar adabiyoti MA'RUZA MATNI (2)
«Aka, qanday yuribsiz,
Soz ketyaptimi xizmat? Askarlikka k10ikib Ketgandirsiz batamom. Buvim, q10i-qo‘shnilar Sizga yo‘llashdi salom. Q3oq-q3oq ch3moma Terib qaytsak adirdan. Ko‘chamizni nomlashib, Ketishibdi yangidan. «Ul. Zarechnaya» emas, Bilib qo‘ying, aka, siz, Endi bizning uy-hovli 1lik ko‘cha, 18! «Paxtakor» ham ketma-ket Q3ib turibdi zafar. 1mas, 3ta, to‘p urdi Ilhom kechagi safar Ha, aytmoqchi, sal bo‘lsa, Unutay debman qarang, Ra’no opamlar bilan Ishlar bo‘ldi vadavang. Tunov kun 4. 30 da Chiqib turib yo‘liga. Xatingizni tutqazdim Shaxsan o‘zin qo‘liga. «Shunaqa, akam sizni...» E, gapniyam d10dirdim. Xullasi, xat yozishga «Yanga»mlarni k10dirdim. Fursatingiz bo‘lganda Yozib turing, aka, xat. 3rashguncha xayr deb Ukangiz Abdurahmat». Bir qarashda askarlik burchini o‘tayotgan nevarsini sog‘ingan buvining topshirig‘i bilan ukaning akasiga yozgan odatdagi salom xati. Maktubda qishloq hayotidagi barcha o‘zgarish va yangiliklarni akasiga yetkazish uchun to‘lib-toshib, sevinchi ichiga sig‘mayotgan yosh bolaning timsoli bor bo‘yi bilan aks etadi. Sinchkov bolaning tiyrak nigohi bahorda tabiatning gul ochib yangilanishi, adirlardan bolalarning zavq-shavq bilan quchog‘-quchog‘ chuchmomalar terib kelishlari bormi, Istiqlol sharofati bilan ko‘chalarimiz nomlari milliylashgani («Zarechnaya» emas – «Birlik») bormi, «Paxtakor»ning ketma-ket zafar quchayotgani bormi, bo‘lg‘usi «yanga» – Ra’no opasiga akasining maktubini shaxsan topshirgani (!) bormi, Oltiariqqa mehmon bo‘lib borishgani bormi, bahor kelib, o‘riklar g‘uj-g‘uj gullashi bormi – xullas, barcha-barchasini maktubida erinmasdan, ba’zan ko‘pirib-toshib, hovliqib, ba’zan go‘yoki parishon- xotirlik qilganday («Ha, aytmoqchi, sal bo‘lsa, Unutay debman qarang»!) aslida esa ataylab, akasiga birinchi navbatda yetkazishi kerak bo‘lgan xushxabarni shunchaki gap orasida aytgandek bitadiki, bu ham aslida yosh bola qiyofasiga musavvir shoirning g‘aroyib mo‘yqalami chizayotgan turfa chizgilardir... Bunday she’riy usul o‘zbek bolalar adabiyoti uchun yangilik. Bu she’rlarning o‘ziga xosligi haqida fikr yuritilganda, dastavval ijodiy izlanish mahsuli sifatida baholash joiz. Zero, yosh kitobxon she’r o‘qir ekan, hatto, uning g‘ayritabiiy shaklidan ham zavq topadi. Harflar raqamlar bilan uyg‘unlashib ketgan bunday she’riy usul yosh kitobxon uchun ham hayratli, ham qiziqarli topilma. Bolalar tabiatni biz kattalar singari jonli va jonsizga ajratishmaydi, xayoliy va hayotiy voqea-hodisalar o‘rtasiga ham chegara qo‘yishmaydi. Ular uchun tabiat va inson bir butun, yaxlit. Shoir bolajonlarning mana shu xususiyatini yaxshi ilg‘agan holda yosh kitobxonlarga hayotiy va xayoliy voqealarni Uyg‘unlikda tag‘dim etadi. Masalan, bir she’rida chigirtkalar sokin tunda qo‘shiqimizni butun qishloq zavq bilan tinglayotir («Chigirtkalar qo‘shig‘i») deb ishonishadi. Kungaboqar chumoli uchun quyosh bo‘lib tuyuladi («Shirin quyosh»), Kichkintoy Yomg‘irvat esa onasi Bulutning gaplariga quloq osib, ko‘klam kelganda «zaminga shoshiladi» («So‘zlovchi yomg‘ir»), «Ko‘ngli tusab qolsa» ko‘kdan tushadi-yu, «gullarning qulog‘iga she’r o‘qiydi» («Yomg‘ir haqida she’r»). Shoirning ijodini kuzatgan adabiyotshunos Zamira Ibrohimova Abdurahmon Akbarning hayotiy voqea va xayoliy tasavvurlardan qanday ta’sirchan manzaralar yaratgani haqida jumladan, shunday yozadi: «Bu manzaralar xuddi aqlli farzand oilaga fayz-baraka, ota-onaga rahmat olib kelganday, ko‘ngillarda mamnuniyat tuyg‘ularini paydo qilib yosh kitobxonning xayolot olamini boyitadi, kengaytiradi: chirildog‘larning sokin og‘shomni to‘ldirib kuylashlarida osoyishtalik gashtini anglagandek, yog‘qan yomg‘ir tomchilaridagi mo‘’jizani tuygandek, asalari, chumolilarning mehnatiga xos go‘zallik, fayz-ziynatni ko‘rgandek bo‘ladi»: Yetti qalam, yetti rang, Yetti ohang – kamalak. Qaerlarda yuribsan, Quyosh – sochi jamalak. Qalamlaring topildi Bulut – qog‘oz ham tayyor. San’atingdan bahramand Bo‘laylik bizlar bir bor. Qalamdonni qo‘yatur Kel, quyoshjon, tezroq kel. Rasm chizib ber bizga, O‘chirg‘iching bo‘lar yel. ... Million yilki, ahvol shu Yerliklar kutib-tolar Qalamlar bor paytda Quyosh «yo‘qolib qolar. Bolalar olamida mayda va ahamiyatsiz narsalar uchramaydi, ya’ni kattalar mutlaqo nazarga ilmaydigan, e’tibor bermaydigan, ular uchun ahamiyatsiz ko‘ringan narsalar bola nazarida o‘zgacha, ajib bir qiyofada jonlanadi. Masalan, jajji Zeboxon birinchi marta qo‘shaloq giloslarni ko‘rib, ularning o‘rtoq bo‘lib olishganidan («O‘rtoqlar») quvonadi. Yoki Sevinchoy issiq choydan ko‘tarilayotgan bo‘g‘ni ko‘rib «choyni uchib ketayapti» deb («Sevinchoy haqida she’r») hayratlanadi. Yulduzoy esa o‘ziga yog‘qan fasl haqida samimiyat bilan «Yozda yoz fasli, kuzda bo‘lsa kuz» («Eng to‘g‘ri javob») deb ko‘nglidagini aytadi. Darhaqiqat, ularning dunyosida yolg‘on yo‘q. Shoir bolalikning musaffo olami, har kuni quvonchlarga, kashfiyotlarga to‘liq ekanini nozik did bilan kuzatadi va mahorat bilan badiiy obrazlarda gavdalantiradi. Gilos qoqib bergandim Zeboxonga erinmay. Oldiga qo‘shalog‘i Qarang, tushib qolibdi. Qiqirlar Zebogina Ularni qo‘ldan qo‘ymay: - Dada, giloslarimiz O‘rtoq bo‘lib olibdi! («O‘rtoqlar»). Shoir ko‘pgina she’rlarida hayotning «anglab bo‘lmas murakkab» tomonlari haqida fikrlarni ilgari surishga intiladi. «Yolg‘iz farzand», «Umid haqida she’r», «Iltimos», «Chivin» kabi she’rlarida nafaqat tabiatni, bolalarni ham asrash, qadrlash kerakligi kuyunchaklik bilan uqtiriladi. Bu she’rlarga xos umumiy xususiyat shundaki, ularda kattalar adabiyoti mavzuiga doir insoniy dardlar aks etgan. Shoir yosh kitobxonga ishonadi, uning nimalarnidir tushunmay qolishidan cho‘chimaydi. Ha, so‘zimizni muxtasar qilib aytadigan bo‘lsak, Abdurahmon Akbar qalamiga mansub she’r va tarjimalarda bolalar dunyosiga chuqurroq kirib boriladi, ularda fikr aniq va lo‘nda ifodalanadi. Asarlar tilining sodda va ravonligi, tasvir vositalarning puxtaligi, jahon bolalar she’riyatining eng yaxshi an’ana va usullarini, shakllarini o‘zida omuxta qilganligi bilan nafaqat yosh kitobxonlar, shu bilan birga katta yoshdagi adabiyot, she’riyat muxlislari e’tiborini haam torta oladi. Yoshlarning barkamollikda, bugunning va kelajakning egasi ekanini his etib ulg‘ayishlariga ko‘mak beradi. Download 0,73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling