1-ma’ruza: Kirish bolalar adabiyoti fan sifatida, uning maqsadi va vazifalari. Reja


Download 0.73 Mb.
bet16/31
Sana26.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1655091
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
Bog'liq
Bolalar adabiyoti MA'RUZA MATNI (2)

Bizning o‘lkamizda yo‘qolur ofat,
O‘limni yengishga sizlar kandidat.
Siz osmon ilmini suvday ichasiz,
Yulduzdan-yulduzga zumda ko‘chasiz.
A’lochi o‘g‘lonlar, a’lochi qizlar,
Vatan istagi ham xuddi ana shu.
Shoirning bu davrda yozgan noyob va go‘zal asarlaridan biri «Sen yetim emassan» she’ridir. Unda odamlarning ikkinchi jahon urushi yillarida yetim qolgan bolalarga bo‘lgan vatanparvarlik, qardoshlik, insonparvarlik his-tuyg‘ulari yuksak mahorat bilan tarannum etiladi:
Sen yetim emassan,
Tinchlan jigarim,
Quyoshday mehribon,
Vataning – onang,
Zaminday vazminu,
Mehnatkash mushfiq.
Istagan narsangni tayyorlaguvchi
Xalq bor – otang bor.
Cho‘chima jigarim,
O‘z uyingdasan.
Bu parchada Vatanning muazzamligi, uning mehri daryo kishilari quyma obrazlarda, lo‘nda, ta’sirli ifodalanganligi har bir misrada ko‘rinib turibdi. Shoir bolalarga yetimlik nima ekanligini tushuntirarkan, o‘zining achchiq yetimlik qismatini eslash orqali asarning ta’sir kuchini oshirishga erishgan:
... Men yetim o‘sganman,
Oh, u yetimlik.
... Voy, bechora jonim,
Desam arziydi.
Boshimni silashga,
Bir mehribon qo‘l,
Bir og‘iz shirin so‘z nondek arzanda,
Men odam edimku,
Inson farzandi...
Bu satrlarda shoir mahorati avvalo yetimlik tushunchasiga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi. Shoir nazdida haqiqiy yetimlik faqat ota-onadan judo bo‘lishgina emas, balki Vatan degan, xalq degan tushunchalarda ham mavjud bo‘lishdadir, degan falsafada namoyon bo‘ladi.
Shoir urushning dahshatli, fojiali voqealarini go‘dak xayolida gavdalantirib, mana shu vahshiylikning sababchisi bo‘lgan Gitlerni la’natlaydi:
Sut ko‘r qilgur, haromi, Gitler og‘padar,
Farzandning qadrini qaerdan bilsin?
Shoir she’rda g‘alabaning mug‘arrarligini zo‘r hayajon va ko‘tarinki ruhda, obrazli misralarda ifoda etadi:
Tong yaqin,
Tong yaqin,
Oppoq tong yaqin...
Ulug‘ oilaning go‘dak farzandi,
Bilib qo‘y endi:
Sen tezda ulg‘ayib,
Olam kezasan...
Hag‘orat yemirilur,
Zulm yanchilur,
Jahonda bo‘lurmiz,
Ozod muzaffar,
Sen yetim emassan,
Mening jigarim!
G‘afur G‘ulomning bu she’ri yoshlarda Vatanga sadoqat, vatanparvarlik va baynalminallik hamda bosqinchilarga nafrat tuyg‘ularini tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan barkamol asardir.
Urushdan keyingi tinch qurilish davrida G‘afur G‘ulom bolalar uchun «She’rlar» (1946), «Tongotar qo‘shiqi» (1949), «Bari seniki» (1953), «Bir g‘uncha ochilguncha» (1955), «Siz mening yoshligimsiz» (1958) she’riy to‘plamlari va «Mening o‘g‘rigina bolam» (1965) voqeiy hikoyasini yaratdi.
G‘afur G‘ulomning bu davr ijodida bolalarning o‘ziga xos orzu-umidlari, yuksak ma’naviy olami, odob va axloqi, o‘qish va intilishlari asosiy mavzuga aylandi. Jumladan, shoir «Oltin medal» she’rida o‘rta maktabni bitirayotgan o‘g‘il va qizlarga ishonch va umid ko‘zi bilan qaraydi. Ularni kelajagimizning ishongan kishilari – «zamonlar tongining charog‘lari» deb tasvirlaydi:
Sizsiz kelajak yo‘q, siz axir xalqning,
Ming yilni ko‘rajak qarog‘larisiz.
Sizsiz yorimaydi osmonda Zuhra,
Zamonlar tongining charog‘larisiz.
Shoir o‘lkamizning kelgusida yanada gullab-yashnashini, jahonda tengi yo‘q diyorga aylanishini orzu qiladi va yoshlarni ana shunday Vatanga munosib farzand bo‘lishga, ilm-fanni egallashga undaydi. U yoshlarning ilm-fanni o‘rganib kamol topishiga zo‘r ishonch bilan qaraydi.
G‘afur G‘ulom bolalar va yoshlarni kattalarga, ayniqsa, ota-onalarga mehr-muhabbatli qilib tarbiyalash mavzuida ko‘plab she’rlar yaratdi. Shulardan biri «Ona» she’ridir. Shoir bu she’rida bag‘ri ufqlardan ham keng onaning lirik obrazini yaratib, bolaning unga bo‘lgan mehr-muhabbatini ifoda etadi.
Shoir bolani chaqaloqligidanog‘ mehr-muhabbat bilan asrab, avaylab, tarbiyalab kelgan onani ta’riflab, bu mo‘’tabar zotni e’zozlaydi:

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling