1-ma’ruza: Kirish bolalar adabiyoti fan sifatida, uning maqsadi va vazifalari. Reja


Download 0.73 Mb.
bet12/31
Sana26.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1655091
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Bog'liq
Bolalar adabiyoti MA'RUZA MATNI (2)

Sevinaman, hali yoshman, ko‘p yashayman
Bu o‘lkaning saodati – baxti uchun.
Yana o‘qib, yana kulib ko‘p yashayman
Shu ko‘plarning biri bo‘lib o‘lkam uchun.
Ha! Mamlakat shunday va’da beray senga:
Butun umrim sening porloq hayotingga!
Asar yoshlarning ilm-fanga, kasb-hunarga, ona-Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalanishlarida muhim o‘rin tutadi.
Zafar Diyorning o‘ttizinchi yillar ijodi vatanparvarlik, baynalmilallik va mehnatsevarlik tuyg‘ularini aks ettiruvchi asarlarining ko‘pligi bilan xarakterlidir. Bu xil asarlar yoshlar xarakterini shakllantirishda, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta rol o‘ynab kelmoqda.
Shoir ijodidagi muhim mavzulardan biri inson va tabiat munosabati mavzuidir. «Binafsha», «Navbahor», «Qushlar haqida qo‘shiq», «Kapalak» singari she’rlari shular jumlasiga kiradi.
Rang-barang gullarni, turli-tuman qushlarni sevgan shoir bolalar ruhiyatini chuqur tahlil etib, ularni ham ona tabiatni sevishga va parvarish qilishga ruhlantiradi, yoshlarni mehnatdan zavqlanishga o‘rgatadi. Shoir bolalarda qushlarga muhabbat hissini uyg‘ota oladigan quvnoq vazn, o‘ynoqi misralar yaratadi. Shoir shu maqsadda so‘zlarning xilma-xil takroridan, misralarni esa Mayakovskiychasiga tizib, tasvirning ohangdorlik jarangini, kuchini yanada oshiradi:
Hoy qushlar, qushlar, qushlar,
Qanot qog‘ib kelinglar, sa’va,
Mayna, bulbullar
Sizga termular ko‘zlar...
Bizga ortiq yog‘adi
Quvnoq qo‘shiq –kuyingiz! («Qushlar haqida qo‘shiq»).
Shoir bolalarning tabiat hodisalariga, hasharotu jonivorlarga, ayniqsa, kapalakka qiziqishini, mehr-muhabbatini kichkintoylarga xos so‘z va ohangda ifodalab, hayotga diqqat-e’tiborlarini oshiradi, kuchli zavq uyg‘otadi, kapalak obrazi orqali kitobxonda insoniy tuyg‘ularni shakllantirishga harakat qiladi:
Uch, ucha ber, ucha ber,
Go‘zal bog‘cham – gulshanda.
Sira ozor bermayman,
Sevgim, fikrim ham sanda.
Kapalakjon, kapalak,
Do‘st bo‘laylik ikkimiz,
To‘xta, so‘zlayinandek! («Kapalak»)
Zafar Diyorning «Binafsha» she’rini yoddan bilmagan o‘quvchi bo‘lmasa kerak. She’r o‘zining ravon o‘g‘ilishi, qofiyalarining jarangdorligi bilan o‘quvchini o‘ziga tortadi:
Binafshaxon, binafsha,
Kulishlaring chiroyli;
Bog‘imizda ochilib,
Turishlaring chiroyli.
Shoirning «Mamlakat», «Kazbek», «Tilsiz o‘rtoq», «Madriddan kelgan mehmon» kabi she’r va dostonlari Zafar Diyor ijodining har tomonlama yuksalishidan dalolat beruvchi liro-epik asarlardir.
Zafar Diyor bolalarning xatti-harakatlarini, orzu-intilishlarini yaxshi biladi. Shu jihatdan qaraydigan bo‘lsak, uning «Kel, uchaylik shimolga» she’ri g‘oyat xarakterlidir. Bunda shoir «Quyosh tushmaydigan» qutbni borib ko‘rishni orzu qilgan bolaning lirik obrazini gavdalantiradi. Yosh bolaning murg‘ak xayoti shimoliy qutbni borib ko‘rishni, undagi hodisalar bilan tanishishni xohlaydi. Shoir lirik qahramonning ulug‘ maqsadlarga erishish uchun fan va texnika asoslarini amalda egallashi kerakligini chuqur anglaydi. Buni shoir modelcha yasash jarayonida kichik yoshdagi bolalarning ruhiyatiga mos, sodda holda tushuntiradi va ularda katta ishlarga - qahramonlikka havas uyg‘otadi:
Yosh bo‘lsam ham mayliga
Qanot bog‘lab uchayin;
Muz sahrosi – Qutbning
Sirin men ham ochayin.
Hoy, suyukli modelcham,
Tayyormisan safarga?
Fikrim senda hamisha,
Kel, uchaylik Shimolga!
Shoir dovyurak uchuvchilarning tarixda birinchi bo‘lib qutb yo‘lini ochganligi bilan bolalarni tanishtirib, ularni chkalovlar kabi mard uchuvchi bo‘lishga undaydi.
Shu narsa xarakterliki, she’rda Zafar Diyor bolalarning yangilikka intilishi va qiziqishini qizg‘in qo‘llab-quvvatlaydi, ulardagi oliy his-tuyg‘ularni o‘stirishga, vatanparvarlik hislarini tarkib toptirishga yordam beradi. Shoir bunday yuksak tuyg‘ularni badiiy sodda, ta’sirchan va mazmundor misralar bilan ifodalaydi:

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling