1-ma’ruza: Kirish bolalar adabiyoti fan sifatida, uning maqsadi va vazifalari. Reja
Download 0.73 Mb.
|
Bolalar adabiyoti MA'RUZA MATNI (2)
Achchiq tajribamning o‘zi sabog‘,
Ol darsxonam ishq dilimni! Bor kuchimni berayki, bu “yomon” Yondoshmasin menga ertadan. Nomim Mamat bo‘lmay ketsin agar Va’da qilgan bo‘lsam jo‘rttaga! Sulton Jo‘ra qissadan hissa chiqarib, a’lo o‘qish katta ahamiyatga ega ekanligini bolalar quloqiga qo‘yadi: A’lo o‘qish o‘zi yuksak shuhrat, Har shuhrating tillarda doston. She’rda barcha tasviriy vositalar g‘oyaviy, badiiy niyatni yorqin amalga oshirishga qaratilgan Shoir tabiat lavhalari, go‘zal hayotiy tasvirlar vostasida qahramonning ichki holatini ochadi va ta’sirchanlikka erishadi: Barcha uxlar... Kumush ariqchaning Eshitilar shildir-shildiri, Yaprog‘lar ham “alla” deb tebratar Sirtlariga qo‘ngan oy nurin. “Mamatning kechirmishi”da yalqovlikni tashlab, a’lo o‘qishga mahkam bel bog‘lagan bolarning ijobiy namunasida jamoaga suyanish, do‘stlar davrasida bo‘lish, bundan tashqari o‘z kuchiga ishonish, nuqsonlarga tanqidiy qaray bilish g‘oyat katta kuch degan ta’lim-tarbiyaviy, pedagogik o‘qit ilgari suriladi. Ta’lim-tarbiya sohasida yozma nutq san’atini egallash eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ba’zi o‘quvchilar grammatik mashqlar bilan jiddiy shug‘ullanmasligi, badiiy adabiyotni kam o‘qishi natijasida yozma ishlardan og‘saydilar. Chiroyli yozuv qoidalarini buzib xunuk xat yozishdan tashqari, turli xolatlarga yo‘l qo‘yadilar. Pedagog-shoir Sulton Jo‘ra ta’lim-tarbiya ishidagi bunday nuqsonlarni tugatishda o‘quvchilarga yordam berish maqsadida “Kimning xati chiroyli”, “Tinish belgilarining majlisi”, “Harflar paradi” she’rlarini yozdi. “Kimning xati chiroyli”da bolaning sog‘lom, baquvvat bo‘lib kamol topishida, yozuvining go‘zal bo‘lishida partada to‘g‘ri o‘tirish qoidasiga qat’iy rioya qilish katta ahamiyatga ega ekanligini ham uqtirib o‘tadi: O‘tirishim to‘g‘ri, soz, Qoidaga juda mos. Ko‘kragimni men sira O‘ltirganim yo‘q tirab! Chiroyli yoz, yozsang xat! Chunki bu ham zo‘r san’at... Shoir ijodiy faoliyatida “Tinish belgilarining majlisi” katta ahamiyatga ega. She’rda o‘zbek tilining eng muhim qoidalari – tinish belgilarining vazifalari bolalarga mos ravishda jonlantirish badiiy tasvir vositasi orqali ifoda etiladi. Unda har bir tinish belgisi jonlantirilib, qo‘llanishiga mos tarzda gapirtiriladi va o‘ziga xos joyiga qo‘yiladi. Bu hol kitobxonda aniq tasavvur hosil qiladi. Bu esa shoirning pedagoglik va badiiy mahoratini egizak holda namoyish qiladi. Shoir she’rda o‘xshatishdan ham ustalik bilan foydalanib, undov belgisini mirzaterakka, nuqtani koptokka; so‘rog‘ belgisini o‘rog‘qa. Zirak tag‘qan quloqqa, vergulni kichik to‘g‘mog‘qa, qo‘shtirnog‘ni qiziqchilarga, tireni gugurtga o‘xshatib shoirona tasvirlaydi. Gapda esa nuqta “fikrlarning stantsiyasiga”, vergul “fikrlarning raz’ezdi”ga o‘xshatiladi. Bunaday o‘xshatishalr tinish belgilari qoidasini oson o‘zlashtirishga yordam beradi. So‘roq belgisi: Uqdingizmi? Yetadimi? Bormi savol? Yoki o‘zim so‘rayinmi sizdan savol? Vergul: Gar undalma gap kelsa qog‘ o‘rtada, Uning ikki yonboshida men jo‘rttaga, “Qani endi undalmaxon, qochib bog‘chi”- Deb bo‘lurman yubormayin unga sog‘chi, Gar undalma gap so‘ngida kelsa, u chog‘, Undan oldin qo‘yilarman, tushun o‘rtoq! Qo‘shtirnog‘lar: Mana rais:-“Vaqt tamom, to‘xtangiz!” Tire: Biroq shartim-so‘z qolmasin o‘lda-jo‘lda. Ko‘rinib turibdiki, shoir tinish belgilarining xususiyatlarini tasvirlabgina qolmay, balki unga muvofiq misollarni ham she’riy yo‘l bilan ko‘rsatgan. Shuning uchun bu she’rni ko‘rgazmali she’r deyish va darslarda ijodiy foydalanish mumkin. “Yolg‘onchi” dostonida bolalarni rostgo‘y bo‘lishga, yaxshi va a’lo o‘qishga chaqiradi. Doston qahramoni No‘’mon maktabda ta’lim-tarbiya qoidasini buzuvchi, o‘qituvchi va ota-onasiga nisbatan hurmatsizlik qiluvchi yolg‘onchi bola sifatida gavdalanadi. Shoir No‘’mon qoniqarsiz o‘qishiga qaramay, o‘zini tuzatish o‘rniga o‘qituvchiga zarda qilishi, yolg‘on gapirishi, o‘jarligi, dars tayyorlamasligini va ishyoqmasligini turli hayotiy parchalarda juda ishonarli ochadi. Chunonchi, No‘’mon o‘qituvchi yozib bergan xatni yirtib tashlab, “2” baholarini yashirib, o‘zini a’lochi qilib ko‘rsatib, beodobligini ko‘rsatadi. No‘’mon o‘qituvchi va ota-onasi ta’sirida butun kamchiliklarini anglab yetadi, yaxshi o‘qishga va’da beradi va va’dasining ustidan chiqadi. Doston o‘z kamchiliklarini anglab, o‘qishga astoydil berilgan No‘’monning ijobiy xatti-harakatini ulug‘lash bilan tamomlanadi. O‘zbek bolalar she’riyatida “Qaldirg‘och” ertagi katta o‘rinda turadi. Unda mamlakatimizning tinchliksevar yurt ekani Qaldirg‘och sarguzashti orqali hikoya qilinadi. Shoir chet mamlakatlardagi urushlarni, uning dahshatli oqibatlarini Qaldirg‘och obrazi orqali ochadi. “Qaldirg‘och” chet ellardagi ayanchli hayotni juda jonli, obrazli tilda bolalarga hikoya qiladi. Ona-diyorimiz tinchlik makoni ekanini esa shoir Qaldirg‘och vositasida, ta’sirli ifodalaydi: Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling