1-ma’ruza: Kirish bolalar adabiyoti fan sifatida, uning maqsadi va vazifalari. Reja
-ma’ruza. Zafar Isomiddinov, Abdusaid Ko’chimov ijodida bola ruhiyati talqini
Download 0.73 Mb.
|
Bolalar adabiyoti MA'RUZA MATNI (2)
17-ma’ruza. Zafar Isomiddinov, Abdusaid Ko’chimov ijodida bola ruhiyati talqini.
Reja 1. Zafar Isomiddinov hayoti va ijodi. 2. Zafar Isomiddinov ijodida bola ruhiyati talqini. 3. Abdusaid Ko’chimov hayoti va ijodi. 4. Abdusaid Ko’chimov adabiy merosi. Abdusaid Ko‘chimov 1951 yil 15 mayda Samarqand viloyatining Urgut tumanida tug‘ilgan. 1967 yili tumandagi 37-o‘rta maktabni bitirgan. 1968-1972 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan. Mehnat faoliyati 1972 yilda "O‘qituvchi” nashriyotida korrektorlikdan boshlandi. Mazkur nashriyotda olti oy ishlaganidan keyin, bolalarning respublika gazetasi – "Lenin uchquni”ga adabiy xodim bo‘lib ishga o‘tdi va 1984 yilgacha ana shu gazetada bo‘lim mudiri, mas’ul kotib vazifalarida mehnat qildi. 1984-87 yillarda "Sharq yulduzi” jurnalida mas’ul kotib, 1987-91 yillari "Lenin uchquni” gazetasida bosh muharrir,1991-92 yillarda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida uyushma raisining o‘rinbosari,1992 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Madaniyat, axborot va turizm bo‘limi mudiri, 1992-1996 yillarda O‘zbekiston teleradiokompaniyasi raisining o‘rinbosari, 1996-1997 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida Axborot markazi rahbari,1997-2005 yillarda O‘zbekiston teleradiokompaniyasi raisi, 2005-2006 yillarda O‘zbekiston teleradiokompaniyasi raisining o‘rinbosari, "Toshkent” teleradiokanali bosh derektori vazifalarida xizmat qildi. 2006-yilning iyul oyidan buyon "Xabar” gazetasida bosh muharrirlik qilayotir. Abdusaid Ko‘chimov 1951 yil 15 mayda Samarqand viloyatining Urgut tumanida tug‘ilgan. 1967 yili tumandagi 37-o‘rta maktabni bitirgan. 1968-1972 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan. O‘zbekiston jurnalistlari va Yozuvchilari uyushmalarining a’zosi bo‘lgan A. Ko‘chimovning birinchi kitobi – "Kashfiyotchi bolalar” 1978 yili chop etilgan edi. O‘tgan yillar davomida "Mening O‘zbekistonim”( 1979 yil). "Toshburgut” (1981 yil), "Mening yulduzim”(1984 yil), "Chanoq”(1985 yil), "Halqa”(1987 yil), "Ikki bahor”(1990 yil), ”Umid daraxtlari”(1992 yil), "Qiyofa”(1996 yil), ”Yosuman”(2000 yil), "Baland tog‘lar”(2002 yil), "Ko‘zlarimning qarog‘idasan” (2006 yil), "Muhabbat bog‘lari” (2008 yil), "El suv ichgan daryolar” (2009 yil), "Saylanma"(2011 yil), "Safar"(2010 yil) nomli publitsistik, she’riy va nasriy kitoblari chop etildi.Tatar adibi M.Xarisovning "Qizil sayyoraga sayohat” nomli qissasi A.Ko‘chimov tarjamasida o‘zbek kitobxonlariga taqdim etilgan. Adibning "Baland tog‘lar” qissasi va "Boychechak” hikoyasi asosida ko‘p qismli badiiy filmlar yaratilgan. "Halqa” va "Hayot hukmi” nomli kitoblari Xitoy Xalq Respublikasida nashr etilgan.Bir qancha hikoya, qissa va sherlari rus, ukrain, moldovan, turk va boshqa jahon tillariga tarjima qilingan. Unga tabiatni asrab-avaylash mavzuidagi asarlari uchun Xalqaro YuNESKO mukofoti, "Halqa” kitobi uchun G‘afur G‘ulom nomidagi mukofot berilgan. A. Ko‘chimov "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvoni, "Shuhrat” medali,”Mehnat shuhrati” ordeni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston respublikasi Oliy Kengashining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. 1990-1994-yillarda O‘zbekiston Oliy Soveti deputatligiga, 1994-1999 va 1999-2004-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga saylangan. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling