1-ma’ruza: Kirish bolalar adabiyoti fan sifatida, uning maqsadi va vazifalari. Reja


-ma’ruza. Mumtoz davr bolalar adabiyoti janrlari


Download 0.73 Mb.
bet5/31
Sana26.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1655091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Bolalar adabiyoti MA'RUZA MATNI (2)

4-ma’ruza. Mumtoz davr bolalar adabiyoti janrlari
Adabiyotga, kitobga muhabbat qo‘yishning o‘zida hikmat bor. Avvalo, kitob hayotda odamga katta yo‘lni topib olishga ko‘maklashadi. Yaxshi bilan yomonni ajratish, milliy qadriyat- larimiz — ajdodlarimiz qoldirgan boy meroslarga hurmat hissini uyg‘otib, yoshlarning ongini yuksaltirishga yo‘l ochadi.
Mana shunday buyuk maqsadni ado etadigan bolalar adabiyotimizning paydo bo‘lishida xalq og‘zaki ijodining ta’siri kuchli bo‘ldi. Shuningdek, bolalar adabiyoti taraqqiyoti jamiyatning umumiy rivoji bilan ham uzviy bog‘liqdir. Bu jihatdan Mahmud Koshg‘ariyning „Devoni lug‘otit turk“ asarini eslash o‘rinli. XI asrning buyuk tilshunos olimi o‘z kitobiga juda ko‘p ma’lumotlarni jamlagan. Kitobda XI asr adabiyoti bilan birga, avvalgi zamonlarda paydo bo‘lib, og‘izdan og‘izga, avloddan avlodga ko‘chib yurgan maqollar, rivoyatlar, qo‘shiq va lirik she’rlardan namunalar keltirilgan. Ayniqsa, mehnat, qahramonlik, marosim, mavsum qo‘shiqlari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.
Shuningdek, Urxun-Enasoy obidalarida, Yusuf Xos Hojibning „Qutadg‘u bilig“ („Saodatga olib boruvchi bilim“),
Ahmad Yugnakiyning „Hibat ul-haqoyiq“, („Haqiqatlar armug‘oni“) dostonlarida hamda Ahmad Yassaviy, Rabg‘uziy, Sulaymon Boqirg‘oniylarning asarlarida til, ilm, fan, axloq- odob masalalari keng qamrab olinadi. Haydar Xorazmiy, Qutb, Durbek, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy singari shoirlarning xalq turmushini, orzu-armonlarini yorqin aks ettirgan asarlari adabiyotimiz tarixida muhim ahamiyatga ega. Bu mumtoz shoirlar ijodi Alisher Navoiydek buyuk san’atkorning voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlarni tayyorladi.
Alisher Navoiy butun faoliyati va ijodiyotini insonning baxt-saodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligiga, o‘zaro urushlarning oldini olishga, obodonchilik, ilm-fan, san’at va adabiyot taraqqiyotiga bag‘ishladi. U adolatparvar, donishmand davlat arbobi, o‘zbek mumtoz adabiyotini yangi taraqqiyot pog‘onasiga ko‘targan buyuk so‘z san’atkori bo‘lib, davrning madaniy hayotiga rahbarlik qildi, ilm-fan, san’at va adabiyot ahllariga homiylik ko‘rsatdi, ko‘plab shogirdlar yetishtirdi.
XV—XVI asrlarda yashab ijod etgan Zahiriddin Muham­mad Boburning „Boburnoma“ asarida o‘sha davr hayotiga doir tarixiy voqealar bilan birga, ilm-fanga oid qimmatli ma’lu- motlar berilgan, turli xalqlarning urf-odatlari, tili, san’ati va adabiyoti yoritilgan.
XVIII asrning oxiri, XIX asrning boshlarida yashab ijod etgan ikki buyuk shoir Muhammadniyoz Nishotiy va Muhammad Sharif Gulxaniylar ijodi mumtoz adabiyotimiz tarixida alohida ajralib turadi. Nishotiyning xalq og‘zaki ijodi asosida yaratgan „Husni dil“ dostoni ishq-muhabbat, aql- farosat, odob-axloqqa bag‘ishlangan. Shu narsa diqqatga sazovorki, dostonda har biri mustaqil asar bo‘la oladigan „Shohboz va bulbul“, „Gul va Daf“, „Nay va Shamshod“, „Binafsha va Chang“ kabi masallar ham berilgan. Bu masallarning barchasi el-yurtga foyda keltirish, maqtanchoq bo‘lmaslik, ortiqcha kibr-havoning zarari kabi mavzularning yoritilishi jihatidan bolalar uchun ibratlidir.
Gulxaniy ham „Zarbulmasal“ asarida o‘zining muhim ijtimoiy qarashlarini, el-ulus taqdiriga munosabatini hayotiy timsollar orqali ifodaladi.
Munis mehnatkash xalqning og‘ir ahvoliga qattiq achindi, ilm-fan va adabiyot ahlining xor-zorligidan qayg‘urdi. Shoir kishilarni bilim olishga, kitob o‘qishga, johil va yomonlardan uzoq bo‘lishga chaqirdi. Munis „Savodi ta’lim“ risolasi orqali bolalarni o‘qitish va tarbiyalash ishiga katta hissa qo‘shdi. Uning ma’rifatparvarlik g‘oyalari Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Komil, Zavqiy, Avaz O‘tar kabi shoirlarga ham katta ta’sir ko‘rsatdi.
Ma’rifatparvarlikni bayroq qilib ko‘targan Abdulla Avloniy, Behbudiy, Hamza, Fitrat, Munavvarqorilar tomonidan yozil­gan darslik va qo‘llanmalarda bolalar hayoti, o‘qishi, axloq- odobi haqida materiallar beriladi.
O‘zbek xalqining ulug‘ ma’rifatparvari, mutafakkiri va buyuk shoiri Alisher Navoiy ijodida yoshlar tarbiyasiga bag‘ishlangan sahifalar nihoyatda ko‘p. U bolalarni ilm-hunar egallashga, mehnatni sevishga undaydi, bu ilm va hunarni xalq, vatan manfaatlari yo‘lida sarf qilish zarurligini alohida uqtiradi.
Navoiyning fikricha, ilm-fanni egallash uchun yoshlikdan boshlab astoydil o‘qish-o‘rganish kerak: „Yoshligingda yig‘ ilmning mahzanin, qarigan chog‘da sarf qilg‘il ani“ — shoir- ning shiori ana shunday. U yoshligidan o‘qishga beriladi. Bolaligidanoq ko‘p she’rlarni yodlaydi. Jumladan, Farididdin Attorning „Mantiq ut-tayr“ („Qush nutqi“) asarini qayta- qayta o‘qib, yod oladi. Alisher Navoiy davlatda yuqori mar- tabaga erishgach, maktab va maorif ishlarini rivojlantirishga katta ahamiyat berdi. U bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun maktablar ochish va madrasalar qurishda g‘amxo‘rlik ko‘rsatdi. Alisher Navoiy Astrobodda surgunda yurganida do‘sti, podshoh Husayn Boyqaroga yozgan xatida o‘g‘il va qiz bolalar uchun maktablar ochishni talab qiladi. Shaxsan o‘zi madrasalar qurishda tashabbus ko‘rsatgani buning yaqqol dalilidir. Navoiyning fikricha, maktab xalqqa nur keltiradi, unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, bolalarni bilimli qiladi. U o‘zining „Ixlosiya“ madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun zarur sharoit yaratadi. Buning uchun o‘z hisobidan lozim bo‘lgan mablag‘ni ajratadi.
Navoiy o‘qituvchini quyoshga o‘xshatadi. Quyosh o‘z atrofidagi yulduzlarga nur sochganidek, mudarris „abjalxona- lar“ni yoritadi, hali ilmdan bexabar bo‘lgan toliblarni ilm nuridan bahramand etib, ma’rifat beradi, deydi. Alisher Navoiy ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlarini badiiy asarlarida komil insonlar sifatida tasvirlangan ijobiy obrazlari orqali bayon qiladi. Navoiy aql kuchiga cheksiz ishonadi, ilm-fanning xislati, qudratiga juda katta baho beradi.



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling